15-amaliy mashg‘ulot mavzu: 2-, 3-, 4- sinflarda bayon o‘tkaziladigan darslar jadvali va ishlanmasini tuzish


Download 26.51 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi26.51 Kb.
#1798486
Bog'liq
15-amaliy


15-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: 2-, 3-, 4- sinflarda bayon o‘tkaziladigan darslar jadvali va ishlanmasini tuzish


O‘qituvchining maqsadi:
1.Talabalarda ona tili o‘qitish metodikasi darslaridagi 2-3-4-sinflarda bayon turlari, ularning jadvali va dars-reja konspektini tuzish, tahlil qilishga oid mashqlar yuzasidan o‘tkaziladigan nazorat ishlari, qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish.

  1. 2- 4- sinf ona tili darsligidagi bayonga ajratilgan soatlar;

  2. Dars ishlanmasi yuzasidan fikr-mulohaza bildirishga o‘rgatish.

V) 2-4- sinf ona tili darslarida o‘tkazilgan nazorat ishlarini tahlil qilishga, yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlashga o‘rgatish.
Talabaning maqsadi:

  1. 2- 4- sif ona tili darsligida berilgan dars ishlanmasini tuza olish.

  2. Eshitilgan dars ishlanmasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazasini bildirish.

  3. 2- 4- sif ona tili berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish.

  4. Mashg‘ulotda faol qatnashish.

Mashg‘ulot metodi:
Kuzatish, yarim izlanishli, savol-javob, klaster.
Mashg‘ulot jihozi;

  1. 4- sinf “Ona tili” darsligi, nazorat ishlari bo‘yicha metodik qo‘llanmalar.

Mashg‘ulot rejasi:

    1. O‘tilganlarni eslatish.

    2. Talabalarning dars ishlanmalarini eshitish.

    3. Eshitilgan dars ishlanmalarini tahlil qilish.

    4. 2-4- sinf ona tili darslarini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berish.

Mashg‘ulotning borishi;
Diktant turlari haqida:

  1. Lug‘at diktanti;

  2. Saylanma diktant;

  3. Ko‘rsatuv diktanti;

  4. O‘z diktant yoki yoddan yozuv diktanti;

  5. Ta’kidiy diktant;

  6. Izohli diktant;

  7. Ijodiy diktant;

  8. Erkin diktant;

  9. Tekshiruv diktanti.

Ditant turlari va ularni o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot berish.
Bayon turlari haqida ma’lumot berish:
1. Tartibsiz
Mashg‘ulot ikki qismdan iborat bo‘ladi;

  1. qism:

    1. Mashg‘ulot tashkil qilinib, nazorat darsi o‘tkaziladi.

    2. Topshiriqqa barcha talabalar qatnashadilar. Javoblar mazmun jihatdan bog‘langan, hozirgi kun talabiga javob bera oladigan, uslubiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi lozim.

    3. Ma’ruzada 2- 4- sinfda ona tili darslari yuzasidan o‘rganilganlar quyidagi savollar asosida eslatiladi.

  1. 2- 4- sinfda ona tili darslarida bayon matnlarini tahlil qiling.

  2. 2- 4- sinfda ona tili darslaridagi nazorat darslari maqsad va vazifalarini ayting.

  3. 2- 4- sinf ona tili darslari necha soatni tashkil etadi? Nazorat darslariga soatlar ajratilganmi? Necha soat ?

  4. 1- sinf ona tili fanining 2- yarim yillik davrida, 2-4-sinflarda o‘tkaziladiga nazorat darslari haqida gapiring.

  1. qism

1-bosqichda nazorat darslarini o‘tkazish usullari haqida, ularda nazorat soatlarini o‘tkazishni bilish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o‘quvchilarning nutqi ustida ishlanadi. Ularga ona tili darsligida berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, bu hikoyalarda ishlatiladigan tinish belgilari, mazmun o‘zgarishi, (ya’ni satr boshi), dialoglar qanday yoziladi, ko‘chirma gaplar qanday yosiladi, so‘zlarnig sinonimlari haqida savol-javoblar qilinadi.
Tayanch so‘zlar asosida gap tuzdirish, berilga rasmlar, yoki matnlardagi so`ziarning talaffuzi, o‘qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi ishlar har bir nazorat darsiga tayyorgarlak bosqichlarida izchil davom ettirib boriladi).
Bu bosqichdagi ishlarning barchasi o‘quvchilarning savodxon yozish va so‘zlash haqida bo‘lib, quyidagi vazifalar o‘quvchilar savodxonligiga xizmat qiladi.

    1. Har bir uch daqiqa davomida o‘zaro maslahatlashib, eng ma`qul dars ishlanmasi va unga tayyorlangan ko‘rgazmani aniqlaydilar. Tanlangan dars ishlanmasi asosida guruh ona tili darslaridagi mini darslarni o‘tadilar.

    2. Dars ishlanmalari eshitilgach, talabalar darsini tahlil qiladilar, ya`ni darsning mavzusi, maqsadining belgilanishi, dars qurilishi, tanlangan metod va ish turlari, ko‘rgazmalar haqida yutuq, kamchiliklarini aytadilar, fikr-mulohaza bildiradilar.

    3. O‘qituvchi talabalarning javoblarini umumlashtiradi va tegishli tavsiyalarni beradi.



Adabiyotlar:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.
2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 70 b.
3. G‘afforova T., Shodmonov E., G‘ulomova X. Ona tili (1-sinf uchun darslik). – T.: Sharq, 2019. – 112 b.
4.Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili (2-sinf uchun darslik). –T.:Cho‘lpon, 2018. -144 b.
5.Fuzailov S., Xudoyberganova M.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili (3-sinf uchun darslik). –T.:O‘qituvchi, 2019. -152 b.
6.Ikromova R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonqulova D. (4-sinf uchun darslik). –T.:O‘qituvchi, 2017. -192 b.
Download 26.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling