15-amaliy mashg’ulot mavzu: Bog‘lovchi moddalarni tashish va saqlashda texnika xavfsizligi bilan tanishish


Download 14.78 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi14.78 Kb.
#1538683
Bog'liq
15-AMALIY


15-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Bog‘lovchi moddalarni tashish va saqlashda
texnika xavfsizligi bilan tanishish
Bog'lovchi modda — bu tuyilgan kukunni ma'lum bir sharoitda suv bilan qorishtirganda quyuqlashib, asta-sekin bo'tqa holatidan qotish jarayoniga o'tib sun'iy toshgaaylanadigan qurilish ashyosidir. Bog'lovchi ashyolarni ishlatishda quyidagilarni bilish zarur:
---qorishmaning quyuqlanish davri,
---normal qorishma olish uchun suv miqdori,
--suvning qorishma bilan birikish darajasi,
--quyuqlanishida chiqadigan issiqlik miqdor va h.k.
Mineral bog'lovchilar to'g'risida mukammal bilim olishda ularning tasnifini o'rganish alohida o'rin tutadi. Aslida bog'lovchi moddalar tasnifini bir necha guruxlarga bo'lish mumkin. Jumladan, bog'lovchi moddalarni mexanik xossalariga doyr tasnif, ularni sharoitga ko'ra qotish jarayoni to'g'risidagi tasnif va dunyo miqyosida eng keng qo'llaniladigan tasnif bog'lovchilar tarkibida har turli moddalarni kimyoviy birikishini ifodalovchi guruxdir.
Anorganik bog'lovchi moddalar ushbu guruxga ko'ra xavoyi, gidravlik va avtoklav bug' kamerasida qotuvchi xillarga bo'linadi (5.1-rasm).
Xavoyi bog'lovchi moddalar faqatgina quruq muxitda qotadi va mustahkamligi oshadi. Bularga gips-angidrit, havoyi ohak va uning barcha xillari, magnezial bog'lovchi moddalar hamda eruvchan suyuq shisha kiradi.
Gidravlik bog'lovchilar - faqatgina havoda emas, balki suvda va namlikda ham qotish xususiyatiga ega. Masalan, gidravlik ohak, portlandtsement, giltuproqli sement, putstsolanli portlandtsement, toshqolli portlandtsement, kengayuvchi sement, romantsement, ishqorli sementlar (7-ilova), ishqor-alyumosilikat (tuproq-sement), giltuproq va ko'pgil tuproqli sementlar kiradi.
Avtoklavda qotadigan bog'lovchi moddalarga (yuqori harorat - 150...170°S, bosim 8...10 atm va nam sharoitda) ohak-kremniy, ohak- toshqol va ohak-kul kabi bog'lovchilar kiradi. Bu guruxga taalluqli bog'lovchilarni boshqalardan farqi ular asosida tayyorlangan buyum va konstruktsiyalar tarkibidagi mayda va yirik to'ldirgichlar bog'lovchi modda bilan kimyoviy birikadi va ularning mustahkamligini oshirishda katta o'rin tutadi.
Bog'lovchilar tarkibida moddalarni kimyoviy birikish jarayonini ifodalovchi tasnif kuyidagi 4.1-rasmda ko'rsatilgan. Anorganik bog'lovchi moddalarning gidratatsiya-kondensatsion bog'lanish jarayonida bog'lovchi tarkibidagi moddalar kimyoviy murakkab birikmalar holatiga aylanadi va natijada erimaydigan yangi mustahkam toshsimon jism hosil bo'ladi
Nazorat uchun savollar

    1. Bog’lovchi moddalarni ko’rsating?

    2. Bog’lovchi moddalarning turlari?

Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: kompyuter texnologiyalari, laboratoriya jixozlari, ko‘rgazmali qurollar( beton kubiklar, qorishmalar, slaydlar);
Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik metod turlari:
- Aqliy hujum, klaster,
Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi:

  • Ko’rgazmali qurol

  • Proyektor

  • Slayd

  • Tarqatma material

Download 14.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling