15-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Texnologik mashinalarni ta’mirlash va texnik servis xizmat ko’rsatish asoslari bilan tanishish
Yaroqsiz asbob (instrument) va jihozlarni hisobdan chiqarish
Download 222.63 Kb. Pdf ko'rish
|
15-amaliy mashg'ulot
Yaroqsiz asbob (instrument) va jihozlarni hisobdan chiqarish
Buyurtma tuzish uchun tayyorlovchi - zavod yo’riqnomasiga "Tez yeyiladigan va zahira detallar katalogi" ilova qilinadi. Yeyilgan detallar zavod va hisobdor shaxs hisobidan quyidagi hollarda ro’yxatdan chiqariladi: -tayyorlovchi - zavod tomonidan belgilangan muddat ishlagan detallar; - qayta tiklab bo’lmaydigan, singan detallar; -baxtsiz hodisalar (yong’in, zilzila) va avariya natijasida yirik shikastlangan jihozlar; - ma’naviy eskirgan jihozlar. Jihozning ishga yaroqsizligi bosh muhandis (rais), bosh mexanik (yoki bosh energetik), bosh texnolog (ishlab chiqarish mudiri), laboratoriya mudiri, bosh hisobchi, kasaba uyushmasi raisidan iborat komissiya tomontdan aniqlanadi. Komissiya tomonidan tuzilgan aktda jihozning tayyorlangan yili, inventar raqami, korxonaga keltirilgan vaqti, ishga tushirilgan vaqti, buxgalteriya jurnali bo’yicha qiymati, o’tkazilgan kapital ta’mirlar soni va xarajatlari ko’rsatiladi. SHuningdek, aktda ro’yxatdan chiqarish sabablari ham o’z ifodasini topishi lozim. 3 nusxada tuzilgan akt tasdiqlanmaguncha jihozni demontaj qilish va ajratish man qilinadi. Tasdiqdan so’ng, jihoz demontaj qilinadi, yaroqli detallari olinadi, qolganlar metallomga topshiriladi. Jihozlarni ishlatish davomida uning texnik ko’rsatkichlari o’zgaradi: Ish unumdorligi kamayadi, iste’mol quvvati ortadi, ayrim detal va mexanizmlar ish aniqligi kamayadi. Jihozni doimo ishga yaroqli holatda ushlab turish uchun ularni o’z vaqtida ta’mirlab turish lozim. SHuni ta’kidlash lozimki, ta’mirlashni haddan tashqari erta yoki kech amalga oshirish ham maqsadga muvofiq emas. Ta’mirlashdan so’ng jihozning dastlabki ish parametrlari tiklanishi lozim. Ta’mirlash texnologik jarayoni quyidagi operatsiyalarni o’z ichiga oladi: tashqi ko’rik va mashinaning texnik holatini aniq lash; uni tarkibiy qismlarga ajratish; yuvish va tozalash; nuq sonlash va saralash; nuqsonlar ro’yxatini tuzish; ta’mirlash; yig’ish; sozlash va ishga tayyorlash, sinovdan o’tkazish. Download 222.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling