15-amaliy mashg’ulot


Download 53.16 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi53.16 Kb.
#256706
Bog'liq
15 amaliy mashg'ulot


15-amaliy mashg’ulot


O‘zbek izohli lug‘atlari: nazariy va amaliy muammolar


Reja:
1.Leksikografiya – til lug‘at boyligini to‘plash va tushuntirish
muammosi yechimiga ixtisoslashgan lingvistik soha ekanligi.
2.Nazariy va amaliy leksikografiya farqlanishi. Bu terminlarni
o‘zbek tilidagi lug‘atshunoslik va lug‘atchilik terminlarining muqobillari
sifatida tushunish mumkinligi.

JAVOBLAR:

  1. “Leksikografiya” va leksikografiya. Leksikografiya – til lug’at boyligini to’plash va tushuntirish muammosi yechimiga ixtisoslashgan lingvistik soha. Odatda, nazariy va amaliy leksikografiya farqlanadi. Bu terminlarni o’zbek tilidagi lug’atshunoslik va lug„atchilik terminlarining muqobillari sifatida tushunishmumkin.

Lug’atchilik yoki amaliy leksikografiya atamasi lug’atshunoslik terminiga nisbatan kengroq mazmun-mohiyatga ega, u qator ijtimoiy vazifani bajaradi:

Tushuntirish va ko’rsatish – leksikografiyaning bosh tamoyili. Izohli,


etimologik va tarjima lug’atlar tushuntirish vazifasini bajarsa, imlo va talaffuz lug’ati ko’rsatish vazifasini bajaradi. Ilk lug’atlar manbalar mazmunini tushuntirish maqsadida tuzilgan.

Tushuntirish ikki yo’nalishda namoyon bo’ladi:

Birinchi yondashuv leksikografik tabdil, ikkinchisi esa leksikografik tarjima mohiyatiga ega.


Eskirgan til birliklarini shu til sohibiga tushuntirish amaliyoti ikki holatda amalga oshiriladi:


Dastlabki lug’atlar foydalanishi jihatdan umumlashgan (hammabop) va
mazmun-mundarijasi jihatdan kontekstual xarakterga ega bo’lgan. Boshqacha aytganda, ular sotsial yoki professional xoslanmagan bo’lib, ma’lum bir matnlarni o’qib tushunish imkonini berish xususiyati bilan xarakterlanadi.

Demak, “lug’atshunoslik” ma’nosidagi o’zbek leksikografiyasi mutlaqo


yaqin tarixga ega, “lug’atlar tartib berish” semasi yetakchilik qiladigan lug’atchilik atamasi denotati esa ancha qadimiyligi bilan xarakterlanadi. Xususan, Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’oti-t-turk” asari – o’zbek leksikografiyasining emas, balki o’zbek lug’atchiligining ibtidosi. Shuningdek, Mahmud Zamaxshariyning “Asosu-l-balog’a”, “Muqaddimatu-l-adab” asarlari, muallifi noma’lum Abushqa”
izohli lug’ati, Tole Imoni Hiraviyning “Badoyye u-l-lug’at”, Muhammad Rizo Xoksorning “Muntaxabu-l-lug’at”, Mirzo Mehdixonning “Sangloh”, Muhammad Yoqub Chingiynint “Kelurnoma”, Sulaymon Buxoriyning “Lug’ati chig’atoiy va
turki usmoniy” (“Chig’atoycha-turkcha lug’at”), Ishoqxon Ibratning “Lug’ati sittaa-s-sina” (“Olti tilli lug’at») kabi lug’atlarini “O’zbek leksikografiyasi” mavzusi ostida berish urfga aylandi.

  1. Amaliy lug’atchilik muammolari, ular bevosita lug’atlar yaratish jarayonida amalga oshiriladi va bu jarayondan oldingi bir nisbiy mustaqil jarayonni o’zida
    ifodalamaydi:
    - lug’atlarning umumiy tipologiyasi va yangi lug’atlarni ishlab chiqish;
    - lug’atlarning umumiy strukturasini yaratish (so’z tanlash, so’z va lug’at maqolalarini tartiblash, omonim, sinonim, polifunksional va polisemantikbirliklarni belgilash, lug’at tarkibiga havola materiallarni kiritish);
    – lug’atlarning xususiy strukturasini yaratish (ya’ni har bir lug’at
    maqolasini ishlab chiqish, so’zga grammatik va fonetik izoh berish, so’z
    ma’nolarini ajratish va tasniflash, dalil sifatidagi illyustratsiya turlari, ta’riflash turlari, belgilar tizimi, so„z etimologiyasi haqidagi ma’lumot).
    Leksikografik tadqiqotlar natijalari lug„atchilik amaliyotiga tatbiq etiladi. Shunga ko’ra, leksikografiya tatqiqiy va tavsifiy nazariy bosqich bo’lsa, lug’atchilik tatbiqiy mazmundagi amaliy bosqichdir.
    Leksikografiya va lug’atchilik tilshunoslikning barcha bo’limlari, xususan, leksikologiya bilan zich bog’langan. Shu ma’noda bu uch bo’lim fanlar tarkibidagi uch bosqichni o’zida ifodalaydi:



Leksikologiya fundamental soha, til lug„at boyligining mohiyati va
mavjudlik xususiyat va imkoniyatini tadqiq qilar ekan, bu jihati bilan leksikografik tadqiqotlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Leksikografik tadqiqotlar o’zida ham nazariy, ham amaliy jihatni birlashtiradi. Nazariy lingvistik xulosalarning yangi amaliy leksikografik mahsulotlar uchun innovatsion modellarini yaratish – leksikografik tadqiqotlarning asosiy vazifasi. Demak, shu yo’nalishda borib, leksikografiya (lug„atshunoslik) va lug’atchilikni, leksikograf va lug’atchini farqlash lozim. Aksar hollarda lug’atshunos va lug’atchi bir shaxsda mujassam bo’lgan holatlar kam. Masalan, tilshunos A.K.Borovkov o’zining birorta lug’at yaratmaganligini, biroq leksikografiya masalalari bilan shug’ullanishini ta’kidlaydi. Shuningdek, bugungi kunda kitob peshtaxtalaridagi son-sanoqsiz lug’atlarni “lug’at” deb ataydigan bo’lsak, ularning tuzuvchilari faqat lug’atchilardir, xolos.

Lug’atlarda “zamonaviylik” va “eskirganlik” tamoyili. Har qanday


zamonaviy (yaratilayotgan davrni aks ettiruvchi) lug’atni yaratishda “zamon” tushunchasi muayyanlashtirishni taqozo etib kelgan. Zero, tilning leksik sathiday o’zgaruvchan, o’zida barqarorlik va beqarorlik ziddiyatini aks ettiruvchi tilning boshqa sathi yo’q. Shuningdek, “zamonaviy” so’zi “eng keyingi nuqta” ma’nosiga ham, “eng keyingi kesma” ma’nosiga ham ega. Ular bir jihatdan birlashsa-da, ikkinchi jihatdan zid ham keladi. Masalan, zamonaviy so’zi bugungi kunni ham,
bugungi asrni ham, bugungi yuz yillikni ham ifodalashi mumkin.
Download 53.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling