15. Korxona qudratini boshqarish


Download 21.19 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi21.19 Kb.
#1515049
Bog'liq
korhona qudratini boshqarish


15. Korxona qudratini boshqarish 
Reja: 
1. Korxona qudrati tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. 
2. Korxona qudratining raqobatbardoshliligi. 
3. Korxonaning iqtisodiy qudrati. 
4. Korxona qudratidan foydalanish imkoniyatlari, yo’qotishlarni aniqlash. 
1. Korxona qudrati tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. 
Har qanday tadbirkorlak faoliyatining muvaffaqiyati ko’proq xorijiy biznesda 
menejmentnig tarkibiy elementi bo’lgan korxona (bu yerda korxona ostida firma, kontsern, 
kompaniya, aktsiyadorlik jamiyati, kooperativ, ijara, kichik korxona va biznesning boshqa 
birliklari tushuniladi) xodimlarini boshqarishning to’g’ri tanlangan strategiyasiga bog’liq. 
Strategiyani tanlash o’z navbatida bir necha omillarga bog’liq: korxona salohiyati qanday 
hajmiga ega; korxona salohiyatining raqobatbardoshligi darajasi qanchalik yuqori; bozordagi 
uning ulushi qanday va u yetakchimi, raqibmi yoki orqada qoluvchimi; korxona o’zining oldiga 
qanday maqsadlar qo’ygan – yetakchilikni mustahkamlash, yetakchilar safiga kirish, “o’rtada” 
mustahkamlanish yoki inqirozdan qochish. Korxona qo’yilgan maqsadlarga ko’ra bozordagi 
hulqning u yoki bu strategiyasini tanlaydi. Bunda korxona salohiyatini boshqarish 
texnologiyasining o’zi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 
1) 
Korxona salohiyatidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, 
uning bozordagi ulushini baholash; 
2) 
korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash; 
3) 
korxona salohiyati rezervlari va yo’qotishlarini tahlil qilish;
4) 
korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha strategiya va taktikani 
tanlash; 
5) 
tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona salohiyatining 
raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tadbirlarni o’tkazish. 
SHunday qilib, bozor sharoitlarida korxona salohiyatni boshqarish, mohiyatiga ko’ra,
uning raqobatbardoshligini boshqarish (korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshiruvchi yoki 
pasaytiruvchi omillarni baholash va tahlil qilish, u yoki bu mo’ljallangan maqsadga erishish 
uchun tegishli strategiya va taktikani tanlash)dan iborat bo’ladi.To’g’ri strategiyani tanlash 
uchun menejerga hammadan avval iqtisodiy salohiyat nimadan iborat ekanligini bilish darkor. 
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati – bu korxona ixtiyorida bo’lgan 
resurslar (mehnat, moddiy, nomoddiy, moliyaviy va boshqalar)ning majmuasi va uning 
xodimlari va menejerlarining tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq daromad olish maqsadida 
resurslardan foydalanish qobiliyatidir. Korxonaning iqtisodiy salohiyati to’rtta asosiy alomatlar 
bilan ta’riflanadi. 
Birinchi alomat. Korxonaning iqtisodiy salohiyati – uning iqtisodiy faoliyatning u 
yoki bu sohasidagi haqiqiy imkoniyatlari bidan belgilanadi. Buning ustiga nafaqat amalga 
oshirilgan, balki qandaydir sabablar bo’yicha amalga oshirilmagan imkoniyatlar ham.
Ikkinchi alomat. Har qanday korxonaning imkoniyatlar ko’proq unda mavjud bo’lgan 
resurslar va ishlab chiqarishda ishga tushirilmagan rezervlar (iqtisodiy, sotsial)ga bog’liq. 
SHuning uchun korxonaning salohiyati yana ham ishlab chiqarishga jalb qilingan va ham jalb 
qilinmagan, ammo unda foydalanish uchun tayyorlangan resurslar va rezervlarning hajmi bilan 
belgianadi.
Uchinchi alomat. SHaxsiy va xorijiy tajriba bizni ishontirishicha, har qanday biznesda 
muvaffaqiyat uchun resurslarga ega bo’lish zarur, ammo hali bu yetarli emas. Biz resurslarning 
hajmi bo’yicha AQSH bilan tenglasha olishimiz va hatto undan ustun kelishimizdan qanday 
ma’no bor! Ishlab chiqarish natijalarichi? Amerikaliklar va bizning turmush darajamizchi? Bu 
qanchalik siyqa bo’lib yangramasin, yana mavjud resurslardan foydala- nishni bilmoq kerak. Bu 
esa – har qanday biznesda birinchi darajali vazifadir. Menejer shuni esdan chiqamasligi kerakki, 
korxonaning salohiyati nafaqat unda mavjud bo’lgan imkoniyatlar va resurslar bilan, balki uning 

ulardan tovarlar , xizmatlarni yaratish va kattaroq foyda olish maqsadida foydalanish 


qobiliyatilari bilan ta’riflanadi.
Xorijiy biznesning nazariyasi va amaliyotida yaqin yaqingacha bu barcha to’rtta 
alomatlarni, ya’ni korxonalarning “iqtisodiy salohiyati”ni birlashtiruvchi tushuncha mana nima 
uchun bo’lmagan. G’arbdagi texnologik ko’tarilish paytida ustivorlik asosiy kapital: mashinalar, 
dastg’ohlar, uskunalar va boshqa moddiy-ashyoviy resurslar turlarida bo’lgan. Keyin esa texnik 
omildan katta samara olish imkoniyatlari tugashi munosabati bilan asosiy e’tibor kishilik 
kapitalga, xuddi xodimlarning qobiliyatlariga, ularning shaxsli salohiatidan to’liq foydalanishga 
qaratilgan. SHunday strategiya firmaga hatto barcha boshqa texnik imkoniyatlar tugagan bo’lib 
ko’ringan paytda ham katta daromadlar keltirgan. SHuning uchun bugun muvaffaqiyat 
qozonayotgan firmaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha ko’rinadi: kishilik kapital + 
asosiy kapital + aylanma kapital = firmaning iqtisodiy salohiyati. G’arbiy biznesmenlar 
iqtisodiy salohiyatning barcha ko’rsatib o’tilgan elementlarini, va hammadan avval kishilik va 
asosiy kapitalni muvafiqlashuvida har qanday tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyatiga 
“kalit”ni ko’radilar. SHuning munosabati bilan biznes doiralarida katta obro’ga ega Li 
Yakokkning fikrini dalil qilib keltiramiz. U quyidagicha yozadi: “Barcha xo’jalik operatsiyalarni 
pirovardida uchta so’zlar bilan belgilanganga olib kelish mumkin: odamlar, mahsulot, foyda. 
Birinchi o’rinda odamlar turadilar. Agar sizda ishonchli jamoa bo’lmasa, qolgan omillardan juda 
kam narsa qilish mumkin”. 
An’anaviy ravishda xorijiy biznesda kishilik kapitali faqat qisman va to’g’ridan to’g’ri 
bo’lmagan holda (aylama kapital tarkibidagi ish haqiga xarajatlar shaklida) hisobga olingan, 
shuning bilan bir vaqtda hozir kishilik kapitali ishlab chiqarishni rivojlanishidagi mustaqil asosiy 
omil bo’ladi. Pulni hisoblashni biluvchi xorijiy biznesmenlar o’zlarining tajribalarida shunga 
iqror bo’ldilarki, insonga kiritma(malakani oshirish, ta’lim, sog’liqni saqlash, firma hisobidan 
bo’sh vaqt va dam olishga xarajatlar) daromadlarni ko’paytiradi va raqobarbardoshlikni oshiradi. 
Bizda esa ish qanday bormoqda? Afsuski, korxona iqtisodiy salohiyati modeli uzoq vaqtlar 
amaliyot tomonidan talab qilinmagan. Bizning rivojlanmagan biznesimizda ham ko’rsatib 
o’tilgan modelning ayrim elementlarini qo’llash zarurligini his qilgan korxonalar bo’lsa ham.
Masalan, “Plastik” kooperativi xodimlar uchun bepul tushliklar, kooperativ hisobidan 
shifokorlarning navbatchiligi, o’z xodimlari uchun uy-joylarni ularning qiymatini qisman to’lash 
bilan qurishga pul kiritgan. Buning ustiga kooperativ pulardan bir qismini hayriya ishlariga 
ajratadi. Ammo iqtisodiy salohiyat modelidan majmuaviy foydalanishni bizning korxonalarimiz 
hozircha orzu qiladilar. Xorijiy biznesda iqtisodiy salohiyat modelidan tashqari boshqalardan 
ham keng foydalaniladi. Masalan, insonparvarlik, innovatsion, ilmiy-texnik va moliyaviy 
salohiyat modellari.
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha belgilaniladi: 
- unda mavjud bo’lgan resurslarning hajmi va sifati bilan (asosiy ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish fondlarida band bo’lganlarning soni, aylanma fondlar va moddiy zaxiralar, 
moliyaviy va nomoddiy resurslar – patentlar, litsenziyalar, axborotlar, texnologiyalar bilan); 
- xodimlar (mutaxassislar, ishchilar, yordamchi xodimlar)ning qandaydir mahsulotni 
yaratishga qobiliyatlari, boshqacha qilib aytganda ularning ma’lumotli, malakali, psixofiziologik 
va undovchilik salohiyatlari bilan; 
- menejerning korxonadagi mavjud resurslardan muvofiq foydalanishga qobiliyati ( 
menejerning tayyorgarligi, ist’edodi va kasbiy moslashganligi, korxona tashkiliy tuzilmasini 
yaratish va yangilashni bilishi) bilan;
- innavtsion qobiliyatlari bilan ( ya’ni korxonani ishlab chiqarishlarni yangilash, 
texnologiyalarni almashtirish va h.k.ga qobiliyatlari bilan); 
- axborotli qobiliyatlari bilan (ya’ni axborotlarni ulardan ishlab chiqarishda foydalanish 
uchun ishlab chiqish va “qo’shimcha ishlov berish” usuli); 
- moliyaviy qobiliyatlari (korxonaning raqobatbardoshligi, moliya sohasidagi ichki va 
tashqi qarzdorligi) va boshqalar bilan. 

Etarlicha ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lgan holda, korxona o’z salohiyatining 


raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha ustivor tadbirlarni tanlab olishda bozorning eng muhim 
va barqaror talablari (“ko’rinmas qo’lini”) tanlab olish va nafaqat texnologik siyosat 
yo’nalishini savodli tasniflash, balki ulardan eng ishonchli va birinchi navbatdagilarini tanlashga 
qodirdir. Tabiiyki, har qanday baholarda ham tavakkalchilik elementi saqlanib qoladi. Ammo 
usiz na raqobat va na bozorning o’zi bor. 
QAYTARISH UCHUN SAVOLLAR: 
1. Korxona qudrati tushunchasi, mohiyati va ahamiyati. 
2. Korxona qudratining raqobatbardoshliligi deganda nimani tushunasiz? 
3. Korxonaning iqtisodiy qudrati nima va uning ahamiyati qanday? 
4. Korxona qudratidan foydalanish imkoniyatlari to’g’risida nimalarni bilasiz?
 
Download 21.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling