15-ma’ruza. 15-mavzu. Murakkab quvurlarni hisoblash. Ma’ruza rejasi
Download 235.1 Kb.
|
MA RUZA-15.docx filename=utf-8 MA RUZA-15
Quvur tarmoqlari
Ko’pchilik suv ta’minoti tizimlari birgina quvurlardan iborat emas balki ular bir necha shaxobchalardan yoki quvur tarmoqlaridan iborat bo’ladi. Ular suv bilan bir necha rezervuarlarni yoki qishloq yoki shahardagi turar-joylarni ta’minlaydi. Ba’zi tarmoqlar sodda va bir necha quvurlardan iborat ammo ba’zilari o’z ichiga turli xil quvurlar va ulanishlarni olgan holda murakkab. Ba’zi quvurlar halqa yoki sirtmoq ko’rinishida bo’ladi agar biron-bir qismda uzilish sodir bo’lsa u boshqa bir yo’nalishdan ta’minlanishi mumkin. U gidravlik afvzallikka ham ega. Har bir tarmoqlanayotgan nuqta ikki tomondan ta’minlanadi va halqadagi quvur o’lchamlari bitta quvur bilan ta’minlanganidan ko’ra kichikroq bo’lishi mumkin. Halqa yoki sirtmoq tarmoqlariga uchburchaknquvur maketi misol bo’ladi. Suv A nuqtadan sirtmoqqa oqib kelmoqda, u B va C nuqtalarga oqib o’tadi. Demak, suv A nuqtadan B va C tomonga oqib keladi. Lekin BC quvurda ham oqim vujudga keladi u B va C orasidagi bosimga bog’liq ravishda BC yoki CB yo’nalishida oqishi mumkin. Agar B nuqtadagi bosim C nuqtadagi bosimdan balandroq bo’lsa Bdan C tomonga oqim paydo bo’ladi. Teskari ravishda agar B nuqtadagi bosim C nuqtadagi bosimdan balandroq bo’lsa Cdan B tomonga oqim paydo bo’ladi. Tarmoqdagi bosim va sarf muammolarini yechishda uchta qoida mavjud: Birlashishdagi barcha sarflarning yig’indisi nolga teng; Tarmoqning bir qismidagi oqim bosim pasaygan yo’nalishda bo’ladi; Yopiq halqadagi napor yo’qolishlari yig’indisi sirtmoqdagi har qanday birlashishning boshi va oxiri uchun nolga teng. Bu qoidalarni bittalik liniyalardn tashqari barcha tarmoqlar uchun qo’llasa bo’ladi. bundan tashqari, hisoblashlar a’zi chalkashliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Download 235.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling