15-ma’ruza. Atom yadrosi fizikasi reja


Download 330.24 Kb.
bet5/6
Sana20.06.2023
Hajmi330.24 Kb.
#1637204
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-ma\'ruza

6. Elementar zarrachalar


Elementar zarrachalar - o‘zlari bo‘linmaydigan boshlang‘ich zarrachalardir. Jismlar asosan shu zarrachalar to‘plamidan hosil bo‘ladi. Bu albatta shartli tushuncha, chunki XIX asr boshlarida jismlarni tashkil etuvchi eng kichik elementar zarracha atom deb hisoblanar edi.
XX – asr boshlariga kelib elementar zarrachalar deb elektron, proton va neytronlar hisioblanardi. Hozirgi vaqtga kelib, bunday “elementar” deb ataluvchi zarrachalarning 100 dan ortiq turi mavjud. Elementar zarrachalarning ko‘pchiligi kosmik nurlarni o‘rganish orqali aniqlangan. Koinotdan Yerga har doim atom yadrosining tashkil etuvchilari oqimi kelib turadi. Bu nurlar Yer atmosferasi bilan to‘qnashib, ikkilamchi nurlanishni hosil qiladi.

Yerning magnit maydoni kosmik nurlanishning asosiy qismini Yer atrofida ushlab qolib radiatsiyaviy kamar hosil qiladi. Radiatsiyavmy kamarlar Yerni o‘rab turadi. Ekvator tekisligida ichki radiatsiyaviy kamar 600 dan 6000 km gacha va tashqi kamar 20000 dan 60000 km gacha cho‘zilgan. 60-700 kengliklarda ikkala kamar (poyas) Yerga bir necha yuz kilometr chamasida yaqin turadi.
Zaryadlangan zarralarni tezlashtirish qurilmalari yaratilgandan so‘ng elementar zarralarni o‘rganish juda jadallashib ketdi.
Hozirgi vaqtda elementar zarrachalar orasida bo‘ladigan to‘rt xil o‘zaro ta’sir ma’lum: kuchli o‘zaro ta’sir, kuchsiz o‘zaro ta’sir, elektromagnit ta’sir va gravitatsiyaviy o‘zaro ta’sirlar.
Kuchli o‘zaro ta’sir. Bunday o‘zaro ta’sirlashuv yadro nuklonlari orasida mavjud bo‘ladi, ularni o‘zaro bog‘laydi. Zarralarni o‘zaro ta’siri ta’sir doimiysi deb ataluvchi kattalik bilan xarakterlanadi. Bu o‘lchamsiz kattalikdir. Bundan tashqari, zarrachalar ta’sir sferasining radiusi bilan ham xarakterlanadi. Kuchli o‘zaro ta’sirda o‘zaro ta’sir doimiysi 1 ga va o‘zaro ta’sir vaqti 10-23 s ga tengdir.
Elektromagnetik o‘zaro ta’sirda ta’sir sferasining radiusi cheklanmagan, ta’sir doimiysi esa ~10-2 atrofida bo‘ladi.

Download 330.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling