15-ma’ruza. Geteroo’tishlar olishning texnologik usullari


Download 115 Kb.
bet1/3
Sana28.03.2023
Hajmi115 Kb.
#1301865
  1   2   3
Bog'liq
15-ma’ruza. Geteroo’tishlar olishning texnologik usullari


15-ma’ruza. Geteroo’tishlar olishning texnologik usullari.
Ikkita har xil moddalarning bir-biriga tutashuvi (kontaktga keltirilishi) geteroo’tishlar (GO’) deyiladi. GO’ ning har xil turlari mavjud:

  1. Ikkita har xil yarim o’tkazgich asosidagi GO’. Misol, GaAs va Ge, GaP va Si, CdTe va CdS va boshqalar.

  2. Metall va yarim o’tkazgich asosidagi GO’ (Shottki baryeri misolida). Misol, Au va Si, Ge va boshqalar.

  3. Metall va yarim o’tkazgich orasidagi omik kontakt.

Geteroo’tishlarning fizikaviy xossalarini o’rganish va uni tahlil qilish, ularning energetik diagrammalarini tuzish asosida olib boriladi. Shuning uchun, qisqacha GaAs-Ge geteroo’tishining energetik diagrammasi misolida ko’rib o’tamiz. Faraz qilaylik, berilgan yarim o’tkazgichlarning hajmdagi xususiyatlari ajralish chegarasigacha o’zgarmaydi va chegara qismida keskin bir material xususiyatidan boshqa material xususiyatiga o’zgaradi. GaAs va Ge materiali uchun man qilingan zonalar kengligi (Eg) mos ravishda 1,45 va 0,7 eV ga teng.
Chiqish ishining kattaligi Fermi sathidan to vakuum sathigacha bajarilgan ish miqdoriga teng bo’lgani uchun va Fermi sathining kirishmalar konsentrasiyasiga bog’likligi sababli, uning o’rniga elektronga moyillikni olish maqsadga muvofiqdir, ya’ni o’tkazuvchanlik sohasi chegarasidan vakuum sathigacha bajarilishi kerak bo’lgan ish kirishmalar energiyasiga bog’lik emas. Jadvalda GaAs va Ge ni xarakterlaydigan energetik diagramma tuzish uchun kerak bo’ladigan parametrlar keltirilgan.

PARAMETRLAR

GaAs

Ge

Elektronga moyillik, χ va man qilingan zona kengligi, Eg , (eV)

4,07, 1,45

4,13, 0,7

Kompensasiya qilinmagan donorlar konsentrasiyasi,Nd-Na, sm-3

1016




Kompensasiya qilinmagan akseptorlar konsentrasiyasi, Na-Nd, sm-3




3 1016

EC-EF = δGaAs, eV

0,1




EF-EV = δGaAs, eV




0,14

Panjara doimiysi, α,Å

5,654

5,658

Nisbiy dielektrik kirituvchanlik, ε

11,5

16

Elektronning EFp sathdagi energiyasi uning EFn sathdagi energiyasidan kam, shuning uchun Fermi sathlari tenglashuvi uchun ( materiallar kontaktga keltirilgan hol) bir qism elektronlar GaAs dan Ge ga o’tadi. Bunday harakat (ko’chish) chegaraviy qismda arsenid galliyda Ec sathining yuqoriga qayrilishiga olib keladi. Fermi sathining siljishi
EFp – EFn = (χGe Q Eg(Ge) – δGe) – (χGaAsGaAs) =VDn Q VDp (7)
bo’lib, bu miqdor 0,52 eV ga teng bo’ladi.
Bu yerda VDn, VDp – mos ravishda GO’ ning energetik sohasidagi elektronlar va teshiklar uchun bo’lgan energetik uzilishlar, δGe va δGaAs – mos ravishda Ge va GaAs geteroo’tish chegarasida materiallar o’tkazuvchanlik va valent sohalari energetik nomuvofiqligi hisobiga hosil bo’ladigan qo’shimchap uzilishlar qiymati. Gomoo’tishdagi kabi, chegara yaqinida χn va χp qalinliklarda zaryadga kam hududlar mavjud bo’lib, zaryad saqlanish qonuniga asosan
χn va χp =Na/Nd (8)
saqlanishi kerak. Puasson tenglamasiga asosan
VDn =ND n2) / 2εGaAs va VDp= NA(χp)2 / 2εGe (9)
bu tenglamadan
VDn/VDp = NA εGe / ND εGaAs (10)
kelib chiqadi. Bizning hol uchun bu nisbat 4:1 ni tashkil qiladi. Shuning uchun, bu nisbat 0,42 eV va 0,10 eV ga tengdir.
Oddiy geometrik mulohazalar asosida ∆Ec uzilish uchun quyidagi tengliklarni keltirish mumkin.
∆Ec =q δGaAs Q VDn – (Eg(Ge) – δGe) Q VDp (11)

∆Ec= χGe – χGaAs (12)


Valent sohadagi energetik uzilish uchun esa quyidagi tenglikni keltirish mumkin.
∆EV = ( Eg(GaAs) – Eg(Ge)) – (χGe- χGaAs) (13)
va (12), (13) ifodalardan.
∆EcQ∆EV= Eg(GaAs) – Eg(Ge) (14)
hosil bo’ladi. Shunday mulohaza asosida boshqa geterojuftliklar uchun ham energetik diagrammalarni tuzish mumkin. Bu diagrammalar ajralish chegarasida zaryad bo’lmagan hol uchun to’g’ri bo’ladi.

Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling