15-ma’ruza: Majburiyatlar tushunchasi va ularni baholash. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar. Reja


Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar


Download 0.63 Mb.
bet75/105
Sana07.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1440134
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105
Bog'liq
2 5208956230877321573

Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar
Plastik kartochkalar bank tomonidan chiqarilgan personifitsirlangan to’lov vositasi bo’lib, kartochka egasining tegishli bankdagi schyotida mablag’ borligiga guvoxlik beruvchi va naqd pul to’lamasdan tovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish huquqini o’zida aks ettiradi.
Plastik kartochkada emitentning nomi bosma usulda terilgan harflarda ko’rsatiladi.
Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, huquqiy shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar orasida sodir bo’ladigan o’zaro naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda, shuningdek naqd pul beradigan shaxobchalardan va bankomatlardan naqd pul mablag’larini olishda qo’llaniladi.
Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalarini muomalaga chiqarishlari va ularga xizmat ko’rsatishlari mumkin, bunda ular xalqaro to’lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq operatsiyalarni o’tkazish qoidalariga va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 3 iyunda 2465-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi Nizom talablariga amal qilishlari kerak.
Tegishligiga ko’ra plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporativ xillarga bo’linadi:
1. Shaxsiy kartochka-bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka;
2. Oilaviy kartochka-bu foydalanuvchiga shaxsiy kartochka ushlovchining ishonchnomasiga asosan berilgan plastik kartochka;
3. Korporativ kartochka-bu huquqiy shaxslar va yuridik shaxsni tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko’rsatishga berilgan plastik kartochka. Korporativ kartochkalardan ish haqi va boshqa ijtimoiy tusdagi to’lovlarni to’lash, shuningdek naqd pul mablag’larini olish man qilinadi
Harakatlanish rejimiga ko’ra plastik kartochkalar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Debetli-bank va mijoz o’rtasidagi shartnoma shartlariga binoan plastik kartochka egasining schyotida mavjud bo’lgan pul mablag’larini tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga haq to’lashda foydalanish yoki naqd pul vositalarini (korporativ kartochkalardan tashqari) olish imkoniyatini beradigan kartochka;
2. Kreditli-bank va mijoz o’rtasidagi shartnoma shartlariga binoan plastik kartochkadan, jo’natilgan tovarlarga, bajarilgan ishlarga va ko’rsatilgan xizmatlarga to’lovni bank tomonidan beriladigan kreditlar hisobidan to’lashda foydalaniladi;
3. Elektron xamyonli-jismoniy shaxsning kartochkasi bo’lib, plastik kartochka egasiga tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to’lash yoki naqd pul mablag’larini olish imkoniyatini beradi.
Bitta kartochkada bir nechta «elektron xamyonlar» joylashishi mumkin.
Personalizatsiya qilinganda plastik kartochkalarga identifikatsiyalovchi ma’lumotlar, kartochkaning tartib raqami, seriyasi va boshqalar, plastik kartochkalarni muomalaga chiqaruvchi bankning, nomi, kodi, bank schyoti raqami va kartochka ushlovchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, sharifi yoki huquqiy shaxsning nomi, STIR bo’yicha raqami va kartochkaning amal qilish muddati kabi rekvizitlar yoziladi.
Plastik kartochkalardan foydalanishda, o’tkaziladigan operatsiyalarni qog’ozda ifoda etiluvchi hujjatlarni, slip, elektron terminal kvitantsiyasi yoki elektron shaklda, terminal yoki bankomatning elektron kitob, shuningdek hisob-kitob ishtirokchilari o’rtasida tuzilgan shartnomada ko’zda tutilgan boshqa hujjatlarni, masalan, bankomat kvitantsiyalari va boshqalarni tuzish ko’zda tutilgan. Elektron hujjatlar terminallardan hisob-kitobda ishtirok etuvchi tomonlarga yetarli bo’lgan nusxalarda olinadi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling