15. Mavzu: Bino va inshootlar, gidrotexnik inshootlarini, injenerlik kommunikatsiya va suv xo’jaligi inshootlari loyixalarini asoslash uchun olib boriladigan injener-geologik kidiruv ishlari. Reja


Download 68.41 Kb.
bet5/7
Sana24.12.2022
Hajmi68.41 Kb.
#1056566
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15 Мавзу Геология

5. Texnikaviy hisobot
Kirish.

  1. Umumiy ma’lumotlar.

Geologik va gidrogeologik sharoitning o‘rganilganligi;
Umumiy geologik tuzilishi;
Geomorfologik va fizik-geologik sharoitlar;

  1. Meliorativ massivning gidrogeologik sharoiti:

Gidrogeologik sharoitlarning o‘ziga xosligi;
Gidrogeologik ko‘rsatkichlar, filtratsion hisoblash sxemasi;
Er osti suvlarining suv ta’minoti va sug‘orish uchun ishlatilishi;
Gidrogeologik sharoitning o‘zgarishini bashorat qilish;
Gidrogeologik-meliorativ tumanlarga bo‘lish.

  1. Loyihalashtirilayotgan inshoot maydonlarining injener-geologik sharoiti.

Gruntlarning tarkibi va xususiyatlari;
Injener-geologik jarayonlar dinamikasini bashorat qilish;
Injener-geologik elementlar va gruntlarni hisoblash ko‘rsatkichlari.
Tabiiy qurilish materiallari.
Xulosalar.
Hisobotga xulosa va quyidagi grafik ma’lumotlari kiritiladi:

  • aniq ma’lumotlar xaritasi;

  • to‘rtlamchi davr yotqiziqlari xaritasi;

  • geomorfologik sharoit xaritasi;

  • gidrogeologik xarita;

  • er osti suvlarining ekspluatatsion zaxiralari xaritasi;

  • geologo-genetik komplekslar xaritasi va kesimlar;

  • er osti suvlarining yotish chuqurligi, minerallashganligi va kimyoviy tarkibi xaritasi;

  • gidroizogips, gidroizopez, suv o‘tkazuvchanliklar, suvli gorizontlarning qalinligini sintez qiluvchi-gidrodinamik harita;

  • gidrogeologo-meliorativ tumanlarga bo‘lish haritasi va uning eksplikatsiyasi.

6.Qidiruv tadqiqot ishlarining mazmuni.
Qidiruv tadqiqot ishlarining tarkibi va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Qidiruv-tadqiqot ishlari olib borilgan hududning geologik, gidrogeologik, injener-geologik ishlar ma’lumotlarini yig‘ish, tahlil qilish, o‘rganish va tartibga keltirish;

  • Dala ishlari maydonining geologik tuzilishini, tog‘ jinslarining tarkibi va xususiyatlarini o‘rganish;

  • Hududning tektonik va geomorfologik sharoitini o‘rganish;

  • Sizot suvlarining kimyoviy tarkibini va tog‘ jinslarining sho‘rlanganligini o‘rganish;

Ilgari o‘tkazilgan qidiruv ishlari natijalarini o‘rganish hududiy geologik fondlarda, Suv va qishloq xo‘jalik vazirligining joylardagi tashkilotlarida hamda turli idoralarga qarashli loyiha tashkilotlarida olib boriladi. Bu ishlar jarayonida erlarning topografik, geologik, gidrogeologik, injener-geologik, geomorfologik, geobotanik va tuproq xaritalariga e’tibor beriladi va ko‘chirib olinadi. Hudud iqtisodi, fizik-geografik sharoiti (relefi, gidrografiyasi, gidrologiyasi, o‘simlik dunyosi, tuproqlari) to‘g‘risida ham ma’lumotlar to‘planadi.
Olib borilgan ishlar natijasida geologik, gidrogeologik, injener-geologik xaritalar va kesimlar tuziladi, er osti suvlarining chuqurligi, minerallashganligi, kimyoviy tarkibi va tog‘ jinslarining injener-geologik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar umumlashtiriladi. Bu esa hudud tabiiy sharoitining murakkabligiga to‘g‘ri baho berishga va tadqiqot ishlarining mazmuni va hajmini to‘g‘ri tanlashga imkon beradi.

Download 68.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling