15-mavzu. Grafika va multimedia dasturlash tizimlarida qo‘llash. Texnik tizimlarda integrallashgan muhitda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bazasini yaratish va qayta ishlash


CHizmalarni hosil qilish uchun ishlatiladigan protsedura va funktsiyalar


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana27.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1068179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
15- maruza

CHizmalarni hosil qilish uchun ishlatiladigan protsedura va funktsiyalar 1. putpixel (x, y, 
color) - x va y koordinatadagi nuqtani color rangda chizish; 2. getpixel (x, y) - x va y 
koordinatadagi nuqtaning rangini aniqlaydi; 3. line (x1, y1, x2, y2) - x1 va y1 koordinatadagi 
nuqtadan x2 va y2 koordinatadagi nuqtagacha kesma chizish; 4. circle (x, y, r) - markazi x va y 
koordinatada va radiusi R bo’lgan aylana chizish; 5. rectangle (x1, y1, x2, y2) - yuqori chap 
nuqtasi x1 va y1 koordinatada, ung pastki nuqtasi x2 va y2 koordinatada bo’lgan 
tugrito’rtburchakni chizish; 6. setbkcolor (color) - orqa fonga rang berish; 7. setcolor (color) - 
chizish rangini o’rnatish (rangli kalam); Bu yerda color - rang nomeri yoki nomi. Agar rang 
nomi yoziladigan bo’lsa, uni katta xarflarda yoziladi. 8. bar (x1, y1, x2, y2) - joriy rang va
chiziqlar yordamida ichi bo’yalgan tugrito’rtburchak chizish; 9. fillellpse (x, y, xr, yr) - markazi 
x va y da, xr kenglikda va xr balandlikda ichi bo’yalgan rangli ellips chizadi; 10. getmaxx - joriy 
rejim va drayverlar uchun nuqtalar sonini aniqlash; getmaxy - joriy rejim va drayverlar uchun 
vertikal nuqtalar soni. Bu protsedura yordamida kompyuterning o’zi ekrandagi maksimal 
nuqtalar sonini aniqlaydi. 11. linerel (x, y) - x va y koordinatali nuqtadan joriy nuqtagacha kesma 
chizish; lineto (x, y) - joriy nuqtadan x va y koordinatali nuqtagacha kesma chizish; 12. bar3D 
(x1, y1, x2, y2, h, top) - parallelopiped chizadi. Bu yerda h - parallelopipedning uzunligi; top - 
yuqori qismini chizish uchun kerak. Agar topon - bo’lsa tomi bor, agar topoff - bo’lsa tomi yo’q. 
13. arc (x, y, a, b, r) - yoy chizish uchun. Bu yerda x va y - markazning koordinatalari, a - bosh 


burchak, b - oxirigi burchak, r - yoy radiusi. Burchaklar gradusda qabul qilinadi. 14. ellipse (x, y, 
a, b, xr, yr) - xuddi shu tartibda ellips yoyini chizadi. 15. drawpoly (n, p) – ko’pburchak chizish 
uchun. Bu yerda n – ko’pburchakning uchlari soni; p -. Ko’pburchak uchlarining koordinatalari.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling