15-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalaridan Davlat ta’lim standartining mazmuni


Informatika fanidan o’quvchilar bilimini nazorat qilish usullari


Download 27.99 Kb.
bet5/5
Sana31.03.2023
Hajmi27.99 Kb.
#1312898
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-ma\'ruza

Informatika fanidan o’quvchilar bilimini nazorat qilish usullari.
O’quvchi bilimi, malaka va mahoratini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining muhim tuzilishi komponentidir va butun o’quv yili davomida sistemali izchillik va ta’limning puxtaligi printsiplariga muvofiq olib boriladi. SHu bilan bilimni tekshirish va baholash turlari mavjud.
Qanday yechilayotganiga, ya’ni o’quvchi qanday bilimga, malaka va mahoratga, dunyo qarashi va axlokiy-estetik qarashlar holda ijodiy faoliyatiga ega ekanligiga e’tibor qaratish muhim. Asl moxiyati yana o’quvchini o’qishga qanday munosabatda bo’lishiga, qanday shug’ullanyapti va hokazalarga bog’liq.
Bularning barchasi bilimni tekshirish va baholashning turli usullarini qo’llashning zarurligini ko’rsatadi. Informatika bo’yicha bir davrda o’quvchilar bilimini joriy nazorat qilishning turlarini klassifikatsiyasini ko’rib chiqamiz:

  • ogzaki so’roq,

  • uy ishi,

  • o’quvchilarning o’quv faoliyatini kuzatish, – laboratoriya ishi nazoratining ijodiy shakli. O’quvchilarning bilimini nazoratning qiziqarli shakllari sifatidaturli informatikadan referatlar, krossvordlar, rebuslar taklif qilishmumkin.

Oraliq nazorat joriyga qaraganida ko’proq mustaqil nazorat turi.Unda o’quv dasturlarini va aniq o’quv fanining o’ziga xos xususiyatlarini chuqur hisobga olish imkoniyati bor. Oraliq, joriy vayakuniy nazoratning turli maqsadlari ularning turli funktsiyalarida o’zaksini topadi. Oraliq nazoratning quyidagi funktsiyalari bor: o’quvfaoliyatining samara darajasini (baxolash) tekshiruv, diagnostik(orqada qolish sabablarini e’lon qilish); tashkiliy (qo’llanilayotganmetodlar samaralari); tarbiyaviy-motivatsion (oraliq nazoratnatijalari bilan o’quvchilarning o’zlarini o’zlari baholashnimustahkamlash.)
Oraliq nazoratning maqsadi o’quvchilarning o’quv sohasida ma’lumbir mavzularining o’zlashtirilgaligini tekshirish. Oraliq nazorato’qituvchi tomonidan og’zaki va yozma shaklda o’tkazilishi mumkin.
Yakuniy nazorat yozma ish, og’zaki va test shaklida o’tkaziladi.
Yozma ish yakuniy nazoratning eng ko’p tarqalgan shaklidir. Busezilarli qisqa vaqt ichida bir vaqtda ham o’quvchi bilimini baholash,ham baholarning xolisligi imkoniyati bilan tushuntiriladi. Yana birafzalligi: bahoning pasayishiga olib kelgan, o’quvchi yo’l qo’ygan xatolar va noaniqlar, hamda munozarali holatlarni hal qilishda asoslangan yondashish. Bu usulning mohiyati o’qituvchi bir ikki dasr o’tgach, o’quvchi bilimini tekshirish maqsadida yozma ish o’tkazadi.
Yozma ishni o’tkazishda qator didaktik o’quvchilarga e’tibor qaratilishi kerak. Birinchidan, yozma ish faqat o’tilgan material yaxshi o’zlashtirilganligiga o’qituvchining ishonchi kamil bo’lsa o’tkaziladi. Ikkinchidan, o’quvchilarga oldindan e’lon qilinishi kerak va tayyor vazifalar ishlab ko’rsatiladi. Uchinchidan, yozma ish ichida o’tilgan darslar mazmunini beruvchi ijodiy savollar bo’lishi kerak. To’rtinchidan, o’quvchilar mustaqil ishlab, ko’chirishga yo’l qo’ymasligi kerak. Ishni, nihoyat, o’qituvchi etibor bilan analiz qilishi kerak. Misol sifatida informatikadan qo’yidagi vazifalarni keltiramiz.
1-misol.
O’quvchilarga to’ldirish uchun T-sxema tarkatiladi. Agar ularyozilgan fikrga qo’shilsalar, birinchi ustunda “ + “ aks holda uchinchiustunda “-“ belgisini qo’yadilar.

Ha

Fikr-muloxazalar

Yo’q


Asosiy berilganlar boshqa yacheykalarning qiymatlari bo’yicha aniklanmaydi.



EXCEL quydagi buyruq bilan ishga tushiriladi: Pusk-
Nastroyka-EXCEL



EXCEL hujjati ishchi kitob deb ataladi.



Ustunlar lotin harflar bilan belgilanadi



Ustunlar soni 26 ta



Yacheyka nomi yacheyka joylashgan ustun va satr nomerlaridan iborat



Nom maydonida satr nomeri ko’rsatiladi



Formula satrida faol yacheykadagi ma’lumotlar aks ettiriladi



Diapozon – bu yacheykalar guruhi



Yacheykada matin , formula , son bo’lishi mumkin



Formula «S» belgisi bilan boshlanadi



To’ldirish markeri yacheykadagi malumotlarni nusxalaydi.


Download 27.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling