15 mavzu. Mehnat samaradorligi va uning omillari
Download 120,42 Kb.
|
15мавзу
15 - mavzu. MEHNAT SAMARADORLIGI VA UNING OMILLARI 1. Mehnat unumdorligi – samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari. 2. Mehnat unumdorligini oshirish omillari va vositalari. 3. Mahsulotdagi mehnat sig‘imi turlari. 4. Mehnat unumdorligi va ish haqining nisbati. 5. Mehnat unumdorligi konsepsiyalari. Mehnat faoliyatining samaradorligi - mehnat faoliyatining pirovard iqtisodiy natijasi ko'rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko'rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat sarfiga nisbatan, ya'ni mehnat sarfi birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan o`lchanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a'zolari farovonligi darajasi mehnat faoliyatining samaradorligi darajasi hamda o'sishiga bog'liq. Mehnatning psixofiziologik va ijtimoiy samaradorligi farqlanadi. Mehnatning psixofiziologik samaradorligi mehnat jarayonining inson organizmiga ta' siri orqali aniqlanadi. Shu nuqtayi nazardan, faqat muayyan unumdorlik bilan bir qatorda, zararsiz, qulay sanitariya-gigiyena sharoitlari ta'minlangan, xodim uchun ishlab chiqarish salbiy ta'sirining oldi olingan, uning jismoniy va aqliy salohiyati va qobiliyatini oshiradigan mazmunli mehnatgina samarali hisoblanishi mumkin. Yuqoridagilardan mehnatning ijtimoiy samaradorligi tushunchasi mohiyati ham anglanadi. Bu kategoriya har bir xodim shaxsini uyg'un rivojlantirish, uning malakasi va mahoratini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, turmush tarzini takomillashtirish, mehnat jamoasida ijobiy muhitni shakllantirish va saqlab turish talablarini qamrab oladi. Mehnat samaradorligi va mehnat unumdorligi umumiy tushunchalardir (15.1-rasm). Mehnat unumdorligi - xodim tomonidan vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini aks ettiradigan mehnat samaradorligining ko'rsatkichidir. Uning teskari miqdoriy ko'rsatkichi - mehnat sig'imi bo'lib, u mahsulot birligiga sarflangan vaqt miqdorini ko'rsatadi. Mehnat unumdorligining ilmiy-metodologik asoslari iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyandalari tomonidan shakllantirilgan. Ushbu maktabning Angliyadagi asoschisi U.Petti mehnat unumdorligiga daromad olish manbalaridan biri sifatida qaragan. U mehnat unumdorligini oshirishga g' ayrat bilan mehnat qilish yoki mehnat sarfini kamaytiradigan va uni yengillashtiradigan vositalar orqali erishish mumkinligini ko'rsatgan. A.Smit mehnat unumdorligi nazariyasiga ulkan hissa qo'shgan. U o'zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to'g'risida tadqiqot» asarida mehnat unumdorligi to'g'risidagi tushunchaga aniqlik kiritgan, uning jamiyatni iqtisodiy rivojlanishdagi rolini ochib bergan. U mehnat taqsimoti jarayonini tahlil etgan, unumli va unumsiz mehnat o'rtasidagi farqlarni izohlab bergan. Bunda unumli mehnat kapital va foyda keltiradigan faqat moddiy ishlab chiqarishda bo'lishi mumkinligini, mehnat unumdorligining ortishi mehnat taqsimotigagina emas, shuningdek, ishlab chiqarishda mukammalroq mashinalarni qo'llash hamda xodimlar mahorati bilan ham bog'liqligi asoslangan1. Mehnat unumdorligi iqtisodiy nazariyasi yangi klassik maktab vakillari tomonidan ham chuqur o'rganilgan. Ulardan biri J.Klark mehnat unumdorligining cho'qqisi nazariyasini yaratgan. U o'zining «Boylikning taqsimlanishi» asarida tadbirkorlar foyda olishni imkon qadar ko'paytirishga harakat qiladilar, shuning uchun ishlab chiqarish so'nggi qo'shimcha mehnat foyda ham, zarar ham keltirmaydigan past mehnat unumdorligiga ega bo'lgunicha kengaytirib boriladi, degan xulosaga kelgan. Mehnat unumdorligi Mehnat faoliyatining samaradorligi Mehnat faoliyatining ijtimoiy samaradorligi - xodim shaxsini uyg'un rivojlantirish; - xodim malakasi va mahoratini oshirish; - xodim ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish; - xodim turmush tarzini takomillashtirish; - mehnat jamoasida qulay ijtimoiy muhit - qulay sanitariya-gigiyena sharoitlari; - mehnat jarayonida xodim jismoniy va aqliy salohiyati, mehnat qobiliyatini oshirish; - mazmunli mehnat; - ishlab chiqarish salbiy ta'sirining oldini olish Mehnat faoliyatining psixofiziologik samaradorligi Mehnat sarfi birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori Download 120,42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling