15-mavzu: Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja


Ilmiy maqolaning tuzilishiga nisbatan qoʻyiladigan talablar


Download 141.19 Kb.
bet12/20
Sana15.11.2023
Hajmi141.19 Kb.
#1774219
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
15-mavzu Mutaxassislikka oid bahs turlari Reja-fayllar.org

Ilmiy maqolaning tuzilishiga nisbatan qoʻyiladigan talablar. Dastavval muallif(lar)ning ism-sharifi, tadqiqot (maqola yozgan) olib borilgan oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy tashkilotning nomi yoziladi.
Maqolaning oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi nomidan soʻng 4-5 satrlik annotatsiya yoziladi. Annotatsiyadan soʻng oʻzbek, rus va ingliz tillarida kalit so'zlar beriladi. Shundan keyin asosiy matn beriladi. Oxirida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltiriladi. Matn ichida havola (ssыlka)lar kvadrat qavslar ichida beriladi (bu narsa iqtibos deyiladi yana tekshirilganda plagarism deb topilmasligi uchun) Havolalarning tartib raqami matn oxiridagi foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidagi tegishli manbaga taalluqli boʻladi.
Iqtiqbos-ni sodda qilib aytganda! Bu olgan ma'lumotingiz manbasini oshkoriy yoritish hisoblanadi!
Qanday iqtiqbos qilinadi?... Siz ma'lumot olgan manba adabiyotlar_royxati dan joy oladi. Yozayotgan matningizda shu ma'lumotni qo‘lladingiz, shu jumla oxirida [ ] mana shunday qavs ichida manbaani keltirib ketasiz!
Xalqaro konferensiyalar va jurnallar odatda asosiy qismi IMRAD qolipida tayyorlangan maqolalarni qabul qiladi.Ya'ni:

I-ntroduction (Kirish)


M-ethodology (Uslubiyat)
R-esults (Natijalar)
A-nd
D-iscussion (Muhokama)
IMRAD formati juda oddiy...
Maqolaning boʻlimlari tabiiy savollarga javob berish kerak:
1) Birinchi savol: tadqiqot qaysi muammoga bagʻishlangan? (Kirish boʻlimi)
2) Ikkinchi savol: muammo qanday oʻrganildi? (Metodlar boʻlimi)
3) Uchinchi savol: Asosiy (ilmiy) topilmalar yoki kashfiyotlar qanday?
(Natijalar boʻlimi).
4) Toʻrtinchi savol: Natijalar nimani anglatadi? (Munozara boʻlimi)
Maqolaning sarlavha va annotatsiya qismi uning eng muhim tarkibiy tuzilishi hisoblanadi!
Maqolaning sarlavhasi – bu maqola mazmunini mukammal darajada
tavsiflaydigan eng oz soʻzlar birikmasidir. Sarlavha – bu maqolaning oʻqilishi
haqida aytishimiz mumkin boʻlgan yagona qism. Shubhasiz, sarlavhani eng koʻp kitobxonlar oʻqiydilar. Ehtimol, minglab odamlar maqolaning sarlavhasini
koʻrishadi va faqatgina bir necha kishi maqolani toʻliq oʻqiydilar.
Sarlavhaning vazifasi – maqolani toʻliq oʻqishga qiziqishni hosil
etishdir. Maqolaga qiziqishi mavjud boʻlganlarning eʼtiborini jalb qilish
uchun sarlavha maqola mazmuniga imkon qadar aniq va toʻliq mos kelishi kerak.
Shuning uchun sarlavha uchun soʻzlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak,
ayniqsa ularning mazmuniga, ahamiyatiga va mosligiga eʼtibor berish kerak.
Agar sarlavha maqola mazmunini toʻgʻri yetkazmasa, ushbu maqola mutaxassislar
tomonidan hech qachon oʻqilmasligi mumkin.
Maqola nomi juda uzun yoki juda qisqa boʻlmasligi kerak va 3-15 soʻzdan
iborat boʻlishi kerak (artikl, old-qoʻshimchalar, predloglardan tashqari).
Baʼzida maqolalar sarlavhalari keraksiz soʻzlar (waste words) mavjudligi
sababli juda uzun boʻladi, va u soʻzlar hech qanday maʼlumot bermaydigan
soʻzlardir. Koʻpincha, bunday soʻzlar sarlavhaning boshida keladi.
Yaxshi maqola sarlavhasining asosiy xususiyatlari:
1) Kamida 3 ta va 15 tadan koʻp boʻlmagan soʻzlardan iborat.
2) Maqolaning oʻziga mos.
3) Keraksiz (waste words) soʻzlarini oʻz ichiga olmaydi.

Download 141.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling