Mavzu buyicha savollar:
Nutqdagi birinchi ma’lumot deganda nimani tushunasiz?
Notiq o‘z nutqida ikkinchi darajadagi ma’lumotlardan qanday foydalanadi?
Nutqda muammoli masalalardan foydalanish deganda nimani tushunasiz?
Mantiqiy fikrlash usullari
Fikrlashning asosiy formalari
Suhbat, murojaat haqidagi fikringiz
Baxslashish qoidalari xaqidagi fikringiz.
Talaffuz, muxokama, munozara, tabrik nutqi.
16-MAVZU: Mutaxassisning o‘zbekcha taqdimot nutqi
Reja:
Taqdimot etiketi.
Taqdimot davomida foydalaniladigan nutqiy qoliplar.
Mutaxassislikka oid nutq bo‘yicha taqdimot tayyorlash.
Tayanch tushunchalar: Taqdimotga tayyorgarlik, taqdimot marosimi, taqdimot vositalari, tinglovchi, qoidalar, taqdimot matni, taqdimot turlari, ma’lumot uzatish, auditoriya, hamkorlik, savollar, taqdimotdagi muammolar, Tinglovchilarni qiziqtirish, taqdimotda hayajon, taqdimotda vaqt,
Bugungi kunga kelib tafakkur madaniyatining sifati, zamonaviyligi, qamrovining kengligi, ta’bir joiz bo‘lsa jahon andozalariga mos kelishi haqida ko‘plab fikrlar bildirilmoqda. Tafakkur – insonning noyob xususiyati, miyaning maxsuli, obektiv olamning tushunchalar, muhokamalar, nazariyalar va hokazolardagi in’ikosining faol jarayoni bo‘lib, amaliy faoliyatga bog‘liq bo‘lgan inson faoliyatining alohida ma’naviy shaklidir. Shu bois tafakkur madaniyati insonni jamiyatda mavjud bo‘lgan, ajdodlar va avlodlar tomonidan yaratilgan qadriyatlarni o‘zlashtirish darajasini, insonning ongi bilan faoliyati orasidagi o‘zaro aloqadorlikning mustahkamligini, ma’naviy intellektual faoliyatining o‘ziga xos shakli, ko‘rinishini ifodalaydi.
Tafakkur madaniyati inson ijtimoiy qiyofasining muhim ta’rifi bo‘lib, uning sivilizatsiyalashgan xolati, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini o‘zlashtirish darajasini ifodalaydi, insonning ongliligi, bilimdonligi, madaniyatliligidan dalolat beradi. Har bir shaxsning tafakkur madaniyati ijtimoiy muhit, uning sharoitlari, mehnati va turmush tarzi, boshqalar bilan munosabatda bo‘lishi zaminida shakllanadi, mustahkamlanadi.
Taqdimot marosimi etiketi ushbu masalalarni qo‘llay bilish, ulardan foydalanish va tafakkurga asoslanib o‘tkaziladigan ta’lim yoki ma’lumot berishning zamonaviy ko‘rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |