15-mavzu. O‘rta Osiyo xalqlari tarixida IX-XII asrlarda yuz bergan Uyg‘onish davri. Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi. (2)


Download 212.5 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi212.5 Kb.
#1498702
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15-мавзу маъруза машғулоти

Qaffol ash-Shoshiy (903-976) Toshkent – o‘rta asr arab manbalarida esa Shosh – tarix jarayonida ko‘plab shoir va adiblar, allomalar, riyozat va tabobat ahllarini etishtirgan. Ana shunday allomalardan biri Qaffol ashShoshiydir. Qaffol ash-Shoshiyiing to‘liq ismi Abu Bakr ibn Ali Ismoil Qaffol ash-Shoshiy bo‘lib, arab manbalarida uning hurmatini bajo keltirish uchun nomiga katta, ulug‘ yo muhtaram ma’nosini ifodalaydigan «al-Kabir» so‘zini qo‘shib yozadilar. Bu bilan o‘tmishdoshlarimiz Qaffol ash-Shoshiyga nisbatan buyuk ehtiromni ifoda etganlar. Qaffol ash-Shoshiy hunarmand oilada dunyoga kelgan ko‘rinadi. Shu sababdan «Qaffol» – qulfsoz deya mashhur bo‘lgan. Qaffol ash-Shoshiy asli qulfsoz usta bo‘lib, kichik va nozik qulflar yasaydigan, qo‘li gul usta bo‘lgan.
Qaffol Shoshiy dastlabki ta’limni o‘z yurtida, keyinchalik Markaziy Osiyoda mavjud ma’rifat o‘choqlarida oladi. U Samarqand, Buxoro, Termiz kabi shaharlarni kezadi. Bu erlarda undan sal oldinroq o‘tgan va anchagina meros qoldirgan Imom Ismoil al-Buxoriy (810—870), Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824—892) kabi yirik mutafakkir olimlar merosi bilan tanishadi, ulardan bahramand bo‘ladi. U birmuncha vaqt Samarqandda yashab, u erda ta’lim oldi. Qaffol ash-Shoshiy qattiq kirishib fiqhshunoslikni o‘rganadi. Zero, bu fan musulmon Sharq i o‘lkalarida keng tarqalgan va ijtimoiy hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu fanni egallagan kishilar hamma joyda qadrlanar, ularga zarurat ham katta bo‘lgan. CHunki, ijtimoiy hayotda qonunshunoslikka talab katta bo‘lib turishi tabiiy hol edi. Qaffol ash-Shoshiy fiqh ilmini egallash bilan birga fikr doirasi keng, falsafa, mantiq, adabiyot sohalarini ham puxta egallagan, bu sohalarda eng bilimdonlar bilan munozara qila oladigan qudratga ega bo‘lgan bir zot edi.
Qaffol ash -Shoshiy doimo ilm-ma’rifat istagida qo‘nim topmay, bir o‘lkadan ikkinchisiga – ilm chashmalaridan bahramand bo‘lish niyatida Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarini kezadi, Hijoz, Bag‘dod, Damashq kabi shaharlarga boradi, u erlarda zamonasining ko‘zga ko‘ringan olimlaridan ilm-

Download 212.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling