15 Mavzu: Otlarni va parrandalarni oziqlantirish


Bug‘oz biyalarni oziqlantirish


Download 39.22 Kb.
bet3/5
Sana25.04.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1396090
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-Ma`ruza

Bug‘oz biyalarni oziqlantirish
Bug‘oz biyalar ham doimo yaxshi qonditsiyasida bo‘lishi kerak, agarda juda semirib ketsa ham maqsadga muvofik emas. Bug‘oz biyalarning tirik vazni 5-6 oylik davridan boshlab oshadi. Bug‘ozlikning oxirgi 5-6 oyida biyaning tirik vazni 10-12% oshadi.
Bug‘oz biyalarning to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabining oshishi modalar almashinuvining kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lib; bu to‘yimlik moddalardan bolanint usishi tug‘ishining birinchi oylarida sut ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Bug‘ozlikning birinchi yarmida bir me’erda ishlatish 2-chi yarmida engil ish bajarish (6 oylikldan keyin) foydali hisoblanadi. Tug‘ishga 2 oy qolgan davrda barcha turdagi ishlardan ozod bo‘lib doimiy ravishda motsion berib turilishi zarur.
Bug‘ozlik davri yaxshi utishi uchun ishlaydigan biyalar ratsioniga qo‘shimcha xolda 2,0-2,5 oziqa birligi, yirik biyalar eas 2,5-3,0 oziqa birligi bir kunda qabo‘l qilishi kerak. Har bir oziqa birligi hisobiga 100 g hazm protein, 7-8 g Sa, 5 g R va xoxlagancha osh tuzi qabo‘l qilish kerak.
Biyalar ratsionida A, D, E vitaminlarining etishmasligi, o‘z vaqtida matsion berilmasligi, bug‘oz biyalarda bug‘ozlikning yomon kechishiga, bolatashlashga, nimjon bola tug‘ilishiga sababchi bo‘ladi va biyaning sut maxsuloti ham kam bo‘ladi.
Bug‘oz biyalarning vitamin A ga bo‘lgan talabi qondirilishi uchun har kun i 100 kg tirik vaznga 20 mg karotin qabo‘l qilishi kerak. Vitamin D ga bo‘lgan talabni qondirish uchun qo‘yosh nurida quritilgan pichan eyishi kerak. Vitamin A etishmaslik uzoq muddat faqat somon bilan oziqlantirilganda kuzatiladi va bug‘ozlikning boshlangich davrida bola tashlashiga sababchi bo‘lishi ham mumkin.
Mineral moddalarga bo‘lgan talabni qondirish uchun ratsionga tabiiy va ekiladigan dukkakli boshoqlilar pichanini kiritish zarur. Ularga har kuni 100 kg tirik vazniga 2,0-2,5 kg pichan berilishi kerak. Sifatsiz mog‘or bosgan ayniqsa dukkaklilar pichani oshqozon - ichak faoliyatini buzadi va bola tashlashga sababchi bo‘ladi.
Xo‘jalikda pichan etarlik bo‘lmasa yoki doimiy ravishda somon bilan oziqlantirilsa ratsionga 2-3 kg suniy ravishda quritilgan ut kesamasi berilishi kerak. Agarda ratsionga iloj bo‘lmagan paytlarda sifatsiz pichandlar kiritilsa albatta qo‘shimcha holda bur va boshqa turdagi kalsiy saqlaydigan moddalar berilishi zarur.
Bug‘oz biyalar yaylovda boqiladigan bo‘lsa ertalab barvaqt utlar biroz quriguncha oziqlantirilmaydi. Em oziqalardan biyalar uchun yaxshisi suli doni, kepak ,kunjara va shrot xisoblanadi. SHirali oziqalardan ham qish davrida bug‘oz biyalar ratsioniga kiritilishi yaxshi natija beradi. Ayniksa qizil va sarik sabzi berish maqsadga muvofiq, Bug‘ozlikning 3-chi davrida silos berilishda extiyotkorlik zarur (sifat jixatidan). Bu davrda umuman silos bermaslik ham mumkin. Bug‘ozlikning oxirgi 3-chi davrida bir kunga 4 marta oziqlantirish kerak. Bu davrda oziqa kamroq - namroq berilmasa ichki organlarni qisishi mumkin ayniqsa hajmli oziqalar kupaysa.
Tug‘ishga 10 kun qolganda dag‘al oziqa miqdori kamaytiriladi, ratsiondan umuman beda pichani chiqariladi. Qonsentrat oziqalarda ezilgan suli doni, bugdoy kepagi. kunjara atala tarzida berilishi kerak.

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling