15 Mavzu: Otlarni va parrandalarni oziqlantirish


Emizadigan biyalarni oziqlantirish


Download 39.22 Kb.
bet4/5
Sana25.04.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1396090
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-Ma`ruza

Emizadigan biyalarni oziqlantirish
Biyalarda tuqgandan keyin sut berish davri boshlanadi. Urtacha 6 oyda 800 kg 9 oyda 2500 kg sut beradi. Miniladigan ot zotlari ham shu miqdorda sut beradi. Og‘ir, aravaga qo‘shiladigan ot zotlari birinchi 3 oyda 900 kg atrofida sut beradi.
Biya suti sigirlarnikidan farq qilib, biyanikida oqsil, yog‘, mineral moddalar kam saqlanadi lekin shakar moddasini kup saklanganligi uchun kaloriya berishi deyarlik bir xil.
Taxminiy hisob-kitoblarga kura biyalarda 1 kg sut ishlab chikarishi uchun bir kunda tiriklikni saqlash uchun beriladigan oziqaga qushimcha holda 0.33 oziqa birligi va 35 g hazmlanadigan protein berish kerak. Agarda biya ishlatiladigan bo‘lsa yana 3-4 oziqa birligi qo‘shib beriladi.
Biyalardan olinadigan sut mineral va vitamin kursatkichlari jihatidan tuliq qiymatli bo‘lishi uchun har 1 oziqa birligi hisobiga 7-8 g Sa, 4-5 g R va osh tuz xohlaganicha 100 kg tirik vazniga 30-40 mg karotin va 1000 XV vitamin D bir kunda kiritilishi kerak.
Sog‘ishning birinchi kunlarida 1.5-2.0 kg suli yoki kepak atala qilinib va pichan beriladi, 6-8 kundan keyin esa tuliq ratsionga o‘tiladi. Sut mahsulotiga ratsionda kizil sabzi. lavlagi va sifagli silosning bo‘lishi yaxshi natija beradi va bu oziqalardan 8-10 kg berish mumkin. YOz davrida asosan turli xil utlar beriladi. Yirik biyalar 50-55 kg gacha ut eydi. Agarda qulunning usish va rivojlanishi sust bo‘lsa yaylov oziqalariga qo‘shimcha holda uglevodga boy oziqalardan suli arpa va makka yarmalaridan berish tavsiya etiladi.
Tirik vazni 600 kg bo‘lgan biyaga taxminan qo‘yidagi miqdorda oziqa berish mumkin. 10 kg pichan, 2 kg somon. 2 kg makka yarmasi. 3 kg suli doni, 2 kg arpa yarmasi, 1 kg kungaboqar shroti, 1 kg kepak, 0,5 kg mineral va vitaminil qo‘shimchalar, 43 g osh tuzi.
Biyalardan olinadigan sut yuqori darajada parxezlik, dorilik xususiyatiga ega. Ximiyaviy tarkibi buyiicha ayol sutiga yaqin.
Juda ko‘p sut beradigan zotli biyalarning 50-70% sutini oldin quluniga emdirib qolgani qo‘lda yoki mashinada sog‘ib olinadi. Sog‘iladigan biyalarni oziqlantirish me’eri xudi emizadigan biyalarnikidek.
Sog‘iladigan biyalar yil davomida 40 s oziqa birligi 420 kg hazmlanuvchi protein, yirikroqlari esa 50 s oziqa birligi va 540 kg hazm protein talab qiladi.
Kup sut beruvchi zotlari 1-3 oyda har kuni 18-20 kg keyingi 3 oyda 13 kg gacha. Oxirgi 3 oyda 9 kg gacha sut beradi.

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling