15-mavzu: Qayta sug’urta haqida tushuncha. Qayta sug’urtaning turlari va shakllari


Download 23.91 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi23.91 Kb.
#1482259
  1   2
Bog'liq
3,Qayta sug’urta (2)


15-mavzu: Qayta sug’urta
1. Qayta sug’urta haqida tushuncha.
2. Qayta sug’urtaning turlari va shakllari.



Qayta sug’urtalash haqida tushuncha.

Qayta sug’urtalash - sug’urtalashga riskni qabul qilish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish). Sug’urtalovchi muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish va sug’urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir qismini o’zaro kelishilgan holda boshqa sug’urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi joylashtirish). Qayta sug’urtalash operatsiyalari bilan bir qatorda asosan, ixtisoslashgan qayta sug’urtalash kompaniyalari amalga oshiradi. Qayta sug’urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko’rinishida bo’ladi. Bundan tashqari qayta sug’urtalash nisbiy va nonisbiy shaklda bo’ladi.


Ayrim holatlarda qayta sug’urtalash operatsiyalari qayta sug’urtalovchi broker - ikkita tomon, ya’ni sug’urta kompaniyasi va qayta sug’urtalovchi kompaniyasi o’rtasidagi vositachidir.
Qayta sug’urta qilish shartnomalari bir tomondan sug’urta kompaniyalari o’rtasida o’zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan, sug’urta kompaniyasi va ixtisoslashgan qayta sug’urta qilish kompaniyasi o’rtasida tuzilishi mumkin. Bu yerda shartnoma o’zi nima degan savol to’g’ilishi mumkin. o’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 354 - moddasida "ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi" – deb ko’rsatilgan. Dastlab, sug’urta kompaniyasi o’zining moliyaviy qobiliyatini mustahkamlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir qismini boshqa sug’urta kompaniyasida yoki ixtisoslashgan qayta sug’urta qilish kompaniyasida sug’urtalash to’g’risida qaror qabul qiladi. Ushbu qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida sug’urtalovchi ixtisoslashgan sug’urta kompaniyasiga murojaat qiladi. Agar qayta sug’urtalovchi kompaniya riskni qayta sug’urta qilishga rozilik bildirsa, ular o’rtasida qayta sug’urtalash shartnomasi tuziladi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, shartnoma shartlarida, unda ishtirok etuvchi tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javobgarlik, shartnomani kuchga kirishi, amal qilish va bekor etilishi qoidalari mujassam bo’lishi kerak. SHuningdek, shartnomada qayta sug’urtalash mukofoti miqdori va javobgarlik hajmi ko’rsatilishi zarur. o’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, qayta sug’urta qilishda sug’urta tovonini yoki sug’urta pulini to’lash uchun asosiy sug’urta shartnomasi buyicha sug’urtalanuvchi oldida ushbu shartnoma buyicha sug’urta kompaniyasi javobgar bo’lib qolaveradi. Biroq asosiy sug’urta shartnomasi buyicha sug’urtalanuvchi hisoblangan sug’urta tashkiloti sug’urta hodisasi yuz berishidan oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma buyicha huquq va majburiyatlarining qayta sug’urta qilingan qismi qayta sug’urta qilish shartnomasi buyicha sug’urtalovchiga o’tadi.
Qayta sug’urta qilish shartnomalari bir qator o’ziga xos belgilarga egaki, bu ushbu shartnomalarni savdo va boshqa turdagi shartnomalardan tubdan farq qiladi. SHuning uchun ham qayta sug’urta qilish sohasini nazariy jihatdan qaysi sug’urta tarmog’iga kiritish yoxud uni mustaqil sug’urta sohasi sifatida qarash ancha bahs munozarani talab qiladi.
Agar sug’urta hodisasi ruy bersa, bu haqda sug’urta kompaniyasi qayta sug’urtalovchi kompaniyaga darhol xabar qilishi kerak. o’z navbatida, qayta sug’urtalovchi kompaniya shartnomada ko’zda tutilgan qoplamani to’lashi shart. Qayta sug’urta qilish kompaniyasi shartnoma buyicha o’z majburiyatlarini to’la-tukis bajarsa, u holda shartnoma ijro etilgan hisoblanadi.



Download 23.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling