15-Mavzu: Qozog‘iston Respublikasi tabiiy boyliklari, mamuriy-hududiy tarkibi
-rasm. Qozog’iston tabiiy xaritasi
Download 0.75 Mb.
|
15 Ma\'ruza
14-rasm. Qozog’iston tabiiy xaritasi
Tabiiy resurslarga Mamlakat ancha boy. Ayniqsa tabiiy mineral resurslar ko’lami va xilma-xilligi bo’yicha. MDH davlatlari orasida mis, qo’rg’oshin, ruh, kumush, volfram, vismut, vanadiy, bariy zahiralari bo’yicha birinchi, neft’, molibden, kadmiy, boksit, fosforit, asbest zahiralari bo’yicha ikkinchi, ko’mir, temir rudasi, ko’plab turdagi mineral qurilish materiallari zahiralari bo’yicha uchinchi o’rinlarni egallaydi. Bu degani, Mamlakatning ham jahonda egallagan o’rni juda yuqori ekanligini tasdiqlaydi. Hozirgi vaqtda Mamlakatda 100 dan ortiq ko’mir, 200 dan ortiq neft’ va tabiiy gaz, 200 dan ortiq mis va 1000 dan ortiq turli boshqa rangdor metall konlari borligi aniqlangan. Mamlakat yoqilg’i mineral resurslari bilan ayniqsa yaxshi ta’minlangan. Ko’mirning yarmi toshko’mir, qolgan qismi esa qo’ng’ir ko’mirdir. Mamlakatda jahon ko’mir zahirasining 3,3 % to’plangan. Respublika ko’mir qazib chiqarish bo’yicha jahonda sakkizinchi o’rinda. Ko’mirning respublika hududidagi zahirasi 176,6 mlrd tonna. Qarag’anda ko’mir havzasi respublikaning barcha konlariga nisbatan eng ahamiyatlidir. U yagona kokslanadigan ko’mir konidir va asosan shaxta usulida qazib chiqariladi. Unda 51 mlrd t. zahira jamlangan. Havzaning umumiy hajmi-3 ming km2 , chuqurligi -50-300m, qalinligi 1,5-15 m. Qarag’anda ko’mir havzasiga-Abay, Shaxta, Shaxan va boshqa ko’mir konlari kiradi. Ekibastuz ko’mir havzasi ko’mir qatlamlarining qalinligiga va yer yuzasiga yaqin joylashganlik sharoitiga ko’ra qazib chiqarishda eng yaxshi qulayliklarga ega. Ko’mir havzasining uzunligi 13 km va eni 6 km, ko’mir qatlamining qalinligi -100-120 metrni tashkil qiladi. Uning umumiy zahirasi 12 mlrd t.dir. Ekibastuzda yiliga 50 mln t ko’mir qazib chiqaruvchi jahondagi eng yirik ochiq kar’er “Bogatir” koni ishlaydi. Shuning bilan birga tarkibida “Markaziy”, “Sharqiy”, “Shimoliy”, “Stepnoy” ochiq usulda qazib chiqaruvchi konlari mavjud. Ekibastuzga yaqin joyda respublikaning uchinchi ko’mir havzasi – Moyko’ba (zahirasi 10 mlrd t., shuning 2 mlrd t.ni ochiq usulda qazib chiqarish mumkin) joylashgan. To’rtinchi yirik qo’ng’ir ko’mir havzasi Ubagan (zahirasi 40 mlrd t.) Qustanay oblastida joylashgan bo’lib, To’rg’ay yo’lagi bo’ylab asosan shimoldan janubga tomon 800 km ga cho’zilgan va 65 m gacha qalinlikka ega. Shuningdek, Kenderli, Belokamennoe (Sharqiy Mamlakat oblasti), Qaljat, Qorjanko’l, Langar kabi ko’mir konlari ham mavjud. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling