15-mavzu: xalqaro iqtisodiy munosabatlar roli


Download 41.71 Kb.
bet8/9
Sana05.05.2023
Hajmi41.71 Kb.
#1429471
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15 mavzu

jadval

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo balansi (mln.AQSH dollarida)




2010

2011

2012

2013

2014

2015

Eksport

3264,7

3170,4

2988,4

3725,0

4853,0

5408,8

Import

2947,4

3136,9

2712,0

2964,2

3816,0

4091,3

Savdo balansi

317,3

33,5

276,4

760,8

1037,0

1317,5

Xulosa
Shuni ta’kidlash lozimki, ko‘rsatib berilgan koeffitsiyent va ko‘rsatkichlar har doim ham iqtisodiyot ochiqligining holatini to‘liq ko‘rsata olmaydi. Masalan tashqi savdo kvotasi ma’lum ma’noda iqtisodiyot ochiqligini namoyish qilsa ham, uning sintetik ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. Tashqi savdo kvotasi asosan davlatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini ko‘rsatadi. Bu esa ochiq iqtisodiyot tushunchasining bir qismi xolos. Iqtisodiyot ochiqligi ko‘rsatkichi esa murakkabroq kompleks ko‘rsatkichdir.
1995 yilda Rossiyada tashqi savdo kvotasi 35%ga yaqin edi. YAIMning taxminan 25%i eksportga to‘g‘ri kelardi. Bu Rossiya iqtisodiyoti yuqori darajada ochiq degan ma’noni beradimi? Na bojlarning o‘rtacha darajasi bo‘yicha, na eksport strukturasi bo‘yicha, na investitsion iqlim parametrlari bo‘yicha, na boshqa qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha bu savolga qoniqarli javob berish mumkin emas.
Rossiyaning stixiyali tarzda shakllanayotgan ochiq iqtisodiyoti tartibsizlik va anarxiyaga yaqindir. Uni ko‘prok kvazi ochiqlik deb ta’riflasa bo‘ladi. Bunday «ochiqlik» yalpi demokratizatsiyalashning va tashqi savdoni tartibsiz erkinlashtirish bo‘lganligi uchun iqtisodiyot samaradorligini va uning raqobatbardoshligini oshirishda yordam bermayapti. Aksincha, unga sezilarli zarar yetkazib davlatning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid solayapti.
«MDH mamlakatlarining jahon bozoriga kirib borishi savdo imtiyozlari, proteksionistik choralar va keng miqyosdagi texnik yordamsiz mumkin emas», deb ta’kidlaydi Germaniyalik iqtisodchi X.Shreder.
O‘z navbatida M.Pebro eslatib o‘tadiki, savdoning erkinligi «ehtiyotkorliksiz bo‘lishi kerak emas, chunki bu qoidalardan ko‘r-ko‘rona foydalanish tezda kuchsizlarning kuchlilarga buysunishiga, iqtisodiy kolonializm kelib chiqishiga olib kelgan bo‘lardi.»
Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining xarakteri va tendensiyalari qanaqa?
Intensiv davlatlararo iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi quyidagilarni ko‘rsatadi:

  1. jahon xo‘jaligida xalqaro mehnat taqsimoti darajasining chuqurligini,

  2. an’anaviy xalqaro tayyor mahsulotlar savdosi miqyoslarining kengayishi va harakterining o‘zgarganligini (u ko‘p jihatdan milliy ishlab chiqarish jarayonlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat qila boshladi),

  3. kapital migratsiyasi intensivlashganligini,

  4. ilmiy-texnik bilimlar almashuvining tezlashganligi, xizmatlar soxasining rivojlanganligini,

  5. ishchi kuchi migratsiyasining sezilarli darajada o‘sganligini. (Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro xo‘jalik hayotini baynalmilallashuvining muhim qismi bo‘lib qolmoqda);

  6. davlatlar va mintaqalar iqtisodi integratsiyalashuvi jarayonining tezlashishi va kengayishini. Sanoati rivojlangan davlatlarning savdo, ishlab chiqarish va kredit-moliya sohasida erishilgan birlik darajasi jahon xo‘jalik majmui shakllanishining ko‘rinishi bo‘lib xizmat qiladi. Uning ishtirokchilari davlat chegaralarining mavjudligiga qaramay umumiy xo‘jalik tizimining tarkibiy qismi sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. Xo‘jalik hayotining baynalmilallashuvi tushunchasi ortida alohida davlatlarni global jahon majmuiga birlashtiruvchi ko‘p darajali jahon xo‘jalik aloqalari tizimining samarali ishlashi turadi.

Baynalmilallashuv alohida milliy iqtisodiy tizimlarning oshib borayotgan o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘likligini harakterlaydi. XX asrda ayirboshlashning baynalmilallashuvi kapital va ishlab chiqarishning baynalmilallashuviga aylanadi, ITI ta’sirida rivojlanishda sezilarli turtki oladi (XX asr 60-yillarining o‘rtalari). Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi keskin oshadi. Yirik miqyosdagi ixtisoslashgan ishlab chiqarish uchun ichki bozorlar doirasi torlik qila boshlaydi. U obyektiv ravishda milliy chegaralardan chiqa boshlaydi.
ITI ta’sirida ishlab chiqarish baynalmilallashuvi shunday holatni yuzaga keltiradiki, har qanday mamlakat uchun «shaxsiy ishlab chiqarishga» ega bo‘lish foydasiz bo‘lib qoladi. Alohida milliy iqtisodiyotlar yanada ko‘prok jahon xo‘jaligiga integratsiyalashadilar. Ishchi kuchi harakati, kadrlar tayyorlash, mutaxassislar bilan almashish yanada baynalmilal xarakterga ega bo‘la boshlaydi.
Ushbu aloqalar va ular rivojining istiqboli shakllanishi qonuniyatlarini tekshirish shuni ko‘rsatadiki, jahon xo‘jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyasi bo‘lib kapital, tovar va xizmatlarning yagona planetar bozorini tashkil qilish va alohida davlatlarni yagona jahon xo‘jaligi majmuiga birlashtirishga bo‘lgan harakat hisoblanadi. Bu esa global iqtisodiyot masalalarini xalqaro iqtisodiyot munosabatlar tizimi majmui sifatida o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqacha, yuqoriroq darajasidir.
Globalizatsiya fenomenini ikki tomonlama ko‘rib chiqish mumkin. Makroiqtisodiy darajada globalizatsiya davlatlar va alohida mintaqalarning chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishga bo‘lgan umumiy intilishlari tushuniladi. Bunday intilishlarning ko‘rinishlari quyidagilar- liberalizatsiya, savdo va investitsion to‘siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlik zonalari tashkil etish va h.k.
Mikroiqtisodiy darajada globalizatsiya deganda korxona faoliyatining ichki bozor chegaralaridan tashqarida kengayishi tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatining millatlararo yoki ko‘p milliy yo‘nalganligidan farqli ravishda globalizatsiya jahon bozori yoki «jahon uchligi» (Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya) bozorlarini o‘zlashtirishda yagona yondashishni tushuniladi.
Qanday omillar zamonaviy XIMga sezilarli ba’zida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi?
Hozirgi davrning qarama-qarshiliklariga qaramay, uning asosiy tomoni ko‘proq raqiblik emas, balki hamkorlik va o‘zaro kelishuv tendensiyasi bo‘lmoqda. Turli davlatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining yaqinlashuvi ruy bermoqda. Albatta bu juda murakkab harakatdir.
Bu harakatga:
1).Industrial jamiyatning postindustrial (informatsion) jamiyatga o‘tishi; 2).Texnologik inqiloblar (1-sxema);
3).Energiya xom-ashyo va oziq-ovqat muammolarining keskinlashuvi; 4).Ekologik muammolar ta’sir ko‘rsatadi.



Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling