Reja: 1. Xarajatlar haqida tushuncha va ularning turli xil belgilariga qarab turkumlanishi. 2. Texnologik jarayonga qarab ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish. 3. Ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar boʻyicha hisobga olishni tashkil etish. 4. Qoʻshimcha xarajatlarni hisobga olish. Xarajatlar - aktivlarni kamayishi yoki sarflanishi natijasida iqtisodiy resurslarni kamayishi, shuningdek daromadlarni olishga oid xo’jalik subyektni odatiy faoliyati natijasida majburiyatlarni paydo bo’lishidir. Xarajatlar mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan sarflarning puldagi ifodasidir. Xarajat - bu moddiy resurslarni sotib olishga qilingan sarflar bo’lib‚ daromadlar va xarajatlar kontseptsiyasiga ko’ra‚ shu davrning o’zida daromad keltirishi kerak. Respublikamizda xarajat moddalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizomga asoslanadi. Mazkur Nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagicha ifodalash mumkin: I. Mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: -boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish yo’nalishidagi ustama xarajatlar. Davr xarajatlari: -boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar: -foizlar bo’yicha xarajatlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |