15-mаvzu. Yigish sexi jihozlarini rejalashtirish. Reja
Download 133.9 Kb.
|
Ma\'ruza №15
15-MАVZU. YIGISH SEXI JIHOZLARINI REJALASHTIRISH. REJA: 1. Yig'ish joyi elementlari. 2. Ishchilar tarkibi va soni. 3. Yig'uv sexi jihozlarini rejalashtirish va sex maydonini aniqlash. Yig'ish jarayoni elementlari Detallarga chilangarlik ishlovi berish yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishlarda keng koiamda qoilanilib, qisqich bilan jihozlangan verstaklarda bajariladi. Verstaklar harakatlanuvchi yashik (asboblarm saqlash uchun va uyali ariqchalar) bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Ishlash vaqtida siljish va titrashlar boimasligi uchun verstak o'ta mus- Lahkam o'matilishi zarur, Verstaklarga qisqichlar yonma-yon ish- layotgan chilangarlar bir-biriga xalaqit bermaydigaa holatda ioy- lashtirilishi kerak. Har bir chilangar uchun ajratilgan verstak maydoni asboblar, chizmalar, materiallar, ishlov berishni kutuvchi zagotovkalami va tayyor detallarni joylashtirish uchun yetarli bo'lishi kerak. Shuning uchun qisqichlaming o'qlari orasidagi masofa 1250—1500 mm dan kam boimasligi kerak. Agar ver- stakda ikki tomonlama ish joyi rejalashtirilsa, u holda ular ora- siga to'r to'siq o'rnatiladi. Chilangarlik verstaklari o'lchamlari quyidagicha qabul qilinadi: bir tomonlama joylashtirishda kengligi 750—800 mm, ikki tomonlama joylashtirishda 1300—1400 mm, balandligi 850—900 mm. Uzellar va agregatlami yig'ish ishlab chiqarish dasturi, kon- struksiya tavsifi va oichamiga asosan statsionar va harakatli bo'lishi mumkin. Uzeilarni statsionar yig'ishni oddiy chilangarlik verstagida, st jllarda va maxsus ajratilgan joyda; harakatdagi yig'ishni rolgang, konveyer, maxsus transport qurilmalarida bajariladi. Verstaklar va stollar oldida detallarga ishlov berish va yig'ish uchun teshiklarni parmalash, rezba ochish uchun bir necha parmalash dastgohlari o'rnatiladi. Mashinalami umumiy yig'ish ishlab chiqarish hajmi, yig'iluvchi mashina konstruksiyasi tavsifi va oichamiga asosan statsionar va harakatli bo'lishi mumkin. Statsionar yig'ish yig'iladigan mashina konstruksiyasi tavsi- figa asosan a) polda (jihozlanmagan maydonda); b) jihozlangan stendda; d) fundamentlarda: e) parallellarda; f) yig'ish dastgoh- larida bajariladi. 10.2-rasmlarda yengil dvigatellarni yig’ish dastgohlari ko'rsatilgan. Ulardan biri (10.1-rasm) dvigatelni turli holatini ta rp nlash uchun aylanuvchi qilib tayyorlangan. rasm. Yig'ish vaqtida mahsulotning zarur holatini ta’minlovchi buraluvchi dastgoh. Oqim bo'yicha yig'ish. Oqim bo'yicha yig'ish ishlari uzluksiz bajariladi va yig'ilgan tayyor mahsulot liniyada aniq bir vaqt (takt) oralig'ida (tayyorlash vaqti) chiqadi. Oqim bo'yicha yig'ish ikki turga bo'linadi: harakatli stendda oqim bo'yicha yig'ish, ya’ni oqim bo'yicha harakatli yig'ish; harakatsiz stendda oqim bo'yicha yig'ish, ya’ni oqim bo'yicha harakatsiz yig'ish. Harakatli oqim bo'yicha yig'ish turli transport qurilmalari ustida bajariladi: rolgangda (rolikli stolda); relsli va relssiz aravada; birbiri bilan ulangan aravali konveyerni tashkil etuvchi relsli aravalarda; lentali, plastinali va osma aylanma konveyerlarda; maxsus yig'ish konveyerlarida; osma relsli yo'lda; karuselli stollarda. Trartsport qurilmasida, ya’ni konveyerda yig'ilayotgan mahsulot bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga siljiydi, bu joyga mahsulot yetib kelganda ishchi o'z ishini bajaradi. деталлар 1 opcratsiya 2 operatsiya, 3 operatsiya , Bunda konveyerning harakat tezligi uning uzluksiz hara- katida quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Ikkita yig'ish joylarining o'qlari orasidagi masofa I yig'iladigan mashina uzunligi lm va 0,3—1,0 m atrofidagi o'lchamli yig'iladigan ikkita mashinalar orasidagi oraliq masofa lor lardan kelib chiqib aniqlanadi (10.4-rasm): Oqim bo'yicha yig'ish liniyasining ishchi uzunligi L ish joy- lari soni / ni ikki ish joyi o'qlari orasidagi masofa I ga ko‘- paytirish orqali aniqlanadi: L= i I, [m] (10.6) rasm. Ikki ish joyi o'qlari orasidagi masofani aniqlash: 1, 2, 3-yig'iluvchi mashinalar. rasm. Yig'ish ishlari uchun konveyerlar sxemasi: a) - polli vertikal berk zartjirli; b) - polli gorizontal berk zanjirli; d)- osma zanjirli. rasm. Dastgohlami umumiy yig'ish uchun qadamli konveyer. Ishchilar tarkibi va soni Yig'ish sexi ishchilari tarkibiga quyidagilar kiradi: Asosiy ishchilar. Yordamchi ishchilar. Xizmat ko'rsatuvchi kichik xodimlar. Xizmatchilar: muhandis — texnik va hisobchi idora xodim- lari. . Yig'uv sexining asosiy ishchilari quyidagilardan tashkil top- gan: Chilangarlik ishlov berish ishlari uchun chilangarlar. Uzellarni yig'ish ishlari uchun yig'uvchilar. Mashinani umumiy yig'ish uchun yig'uvchilar. Ishchi chilangarlar soni (Rchil) alohida detallarga ishlov ber- ishda quyidagicha aniqlanadi: Hisobiy ishchilar sonini qabul qilingan ishchilar soniga nisbati har bir ish joyining yuklanish koeffitsiyenti deb ataladi va quyidagicha aniqlanadi: Ogim bo'yicha yig'ish liniyasidagi barcha yig'uvchilar soni Rh„ har bir ish joyi uchun qabul qilingan ishchilar sonining yig'indisiga teng bo'ladi: R„n = ZRkt (10.10) Oqim bo'yicha yig'ish liniyasidagi joylarining yuklanish koeffitsiyenti alohida ish joylaridagi yig'uvchilarning umumiy sonini qabul qilingan yig'uvchilarning umumiy soni nisbatiga teng bo'ladi: Yordamchi ishchilar sexda yordamchi ishlarni bajaradi, bu- larga kran haydovchilari, asbob tarqatuvchilar, omborchilar, transport ishchilari va boshqalar kiradi. Yordamchi ishchilar soni hisoblash yo'li bilan aniqlanmaydi. Odatda, ular asosiy ishchilar soniga nisbatan foiz hisobida olinadi, masalan, seriyali ishlab chigarishda — 20—25 %, ommaviy ishlab chiqarishda esa 15-20 % xizmat ko'rsatuvchi kichik xodimlar: sex va maishiy xonalarning supuruvchilari, kurerlari, tele- fonchilari 1—3 %ni tashkil qiladi. Muhandis-texnik va idora hisobchi xodimlari 12-15 %ni, shundan muhandis-texnik xodimlar 8-10 %ni, qolganlari idora hisobchi xodimlarini tashkil etadi. Yig'ish sexi jihozlarini va maydonini aniqlash Yig’ishning turli ishlarini bajarish uchun ish joylari yig'ish bosqichidan o'tayotgan detallar ketma-ketligi bo'yicha quyidagicha rejalashtirilishi kerak: Detallarga chilangarlik ishlov berish. Uzellar va uzelostilami yig'ish. Agregatlarni (mexanizmlarni) yig'ish. Mashinalarni umumiy yig'ish. Mashinalarni sozlash. Sinash. B Download 133.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling