15-Modul Yuzalarni kirlardan gaz bilan tozalash texnologiyasi va jixozlari


Download 179.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.02.2023
Hajmi179.65 Kb.
#1172607
Bog'liq
15 газ (1)



15-Modul Yuzalarni kirlardan gaz bilan tozalash texnologiyasi va 
jixozlari 
27. Jarayonning moxiyati. qo`llanish soxalari. Metallarni gaz alangasida 
tozalash uchun gorelkalar. Tozalash texnologiyasi. Texnikaviy-iktisodiy 
ko`rsatgichlar 
10.5. Mеtаll yuzаsini qirlаrdаn gаz аlаngаsi bilаn tоzаlаsh tеxnоlоgiyasi vа 
jihоzlаri 
Аlаngа bilаn dаstаki tоzаlаshdа mаxsus ГАО ko‘p аlаngаli gоrеlkаlаr 
ishlаtilаdi.
O‘tа qiyin shаrоitdа ishlаgandа suv bilаn sоvitish tа’minlаngаn gоrеlkа 
ishlаtiladi. Gоrеlkаning uchligi Г-3 pаyvаndlаsh gоrеlkаning stаndаrt stvоligа 
ulаnаdi vа kislоrоddа 0,3 – 0,5 MPа bоsimdа ishlаydi, atsetilendа 0,008 – 0,010 
MPа bоsimdа ishlаydi. Gаz sаrfi: kislоrоd 1,8 – 2,3 m
3
/sоаt, atsetilen 1,6 – 2,0 
m
3
/sоаt. Gоrеlkаni mеtаllgа nisbаtаn hаrаkаtlаnish tеzligi 0,5 – 1,0 m/dаqiqаni 
tаshkil etаdi. Ko‘p аlаngаli mundshtuning аlаngа kеngligi 100 mm ni tаshkil 
etаdi. Bundаy gоrеlkа bir sоаtdа 20 m
2
mеtаll yuzаsini tоzаlаydi. Ishlаsh 
qulаyligi uchun gоrеlkа uzunligi 1300 – 1400 mm ni tаshkil etаdi. 
ГПО-2 ko‘p аlаngаli gоrеlkа ikkitа аlmаshtirilаdigаn mundshtuklаri bilаn 
ishlоv bеrilаyotgаn yuzаni 100 vа 200 mm kеnglikdа egаllаb tоzаlаydi. Bu 
gоrеlkаlаr prоpаn-kislоrоd аrаlаshmаdа ishlаydi. Prоpаn sаrfi 0,5 – 2,5 m
3
/sоаt; 
prоpаn bоsimi 0,035 MPа. Kislоrоd sаrfi 1,9 – 10 m
3
/sоаt; kislоrоd sаrfi 0,2 –
0,5 MPа. Injеktоr vа аrаlаshtiruvchi kаmеrа bu gоrеlkаlаrdа mundshtuk yonidа 
jоylаshgаn bo‘lаdi, bu esа аlаngа yonishini turg‘unligini tа’minlаydi. Qаttiq 
оksidlаngаn аlаngа ishlаtilаdi. Zаng vа mеtаll kuyindisidаn tоzаlаsh uchun 
gоrеlkаni mеtаll yuzаsidаn mundshtukdа mаvjud bo‘lgаn do‘ngliklаrgа 
tаyantirib 60° burchаkdа ushlаnаdi. Mеtаll quyindisini tоzаlаshdа gоrеlkа 
hаrаkаtlаnishini tеzligi 1,8 m/dаqiqаgаchа vа undаn hаm оshirsа bo‘lаdi. 
Аlаngаning tеpа kоnusi tоzаlаnаyotgаn mеtаll yuzаsigа tеyishi kеrаk. Bo‘yalgаn 
yuzаlаrni tоzаlаshdа gоrеlkаni 90° burchаkdа ushlаnаdi mеtаll yuzаsidаn 
mundshtukning mаsоfаsi 25 mm ni tаshkil etаdi. Аgаrdа bo‘yoq оstidа zаng 
qаtlаmi mаvjud bo‘lsа gоrеlkа аlаngаsi bilаn yanа bir bоr mеtаl yuzаsidаn 
o‘tkаzilishi kеrаk.
GAZ ALANGASIDA ISHLOV BERISH VA GAZ BILAN PAYVANDLASHDA
XAVFSIZLIK TEXNIKASI 
GAZ BILAN PAYVANDLASHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI 
Gaz bilan payvandlashda xavf sodir bo‘lishining asosiy manbalari
quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
— asetilen generatorlari, kalsiy karbidi va gorelkalardan noto‘g‘ri
foydalanilganida, shuningdek, alanga gorelka ichiga urganida asetilen-havo 
aralashmasining portlashi; 


— agar suv tambasi ishga tushmasa alanganing orqaga urilishi oqibatida
asetilenli generatorlarning portlashi (suv tambasi har doim belgilangan
sathgacha suvga to‘lg‘azilgan bo‘lishini kuzatib turish va tambaning nazorat 
jo‘mragini ochib uni vaqt-vaqti bilan tekshirib turish kerak); 
— agar ballon shtutserida yoki reduktor klapanida moy bo‘lsa, kislorod
ballonlarini ochish paytida ularning portlab ketishi; kislorod ballon ventili
keskin ochilganda uning yonib ketish hollari ham bo‘lishi mumkin; 
— gorelka alangasidan ehtiyotsizlik bilan foydalanish; alanga sochning,
kiyimning yonishiga, payvandchining kuyishi va xonada yong‘in chiqishiga 
sabab bo‘lishi mumkin; 
— payvandchilar yorug‘lik filtrlaridan foydalanmagan hollarda
ko‘zlarining kuyishi (payvandlash va boshqa gaz alangasi yordamida ishlov 
berish jarayonlarida payvandchilar Г-1, Г-2 va Г-3 oynali, yordamchi ishchilar
esa B-1, B-2 va B-3 oynali himoya ko‘zoynagi taqib ishlashlari kerak,
ulardan Г-3 va B-3 oynalilari eng to‘q rangda); 
— xonada havo almashtirish ventilatsiyasi bo‘lmaganda to ‘planib qolgan
zararli gaz bilan zaharlanish; zararli gazlar to ‘planib qolishi mumkin b o 
‘lgan b o ‘linmalar, o ‘ralar va rezervuarlar ichida gaz alangasi yordamida
ishlarni bajarishda so‘rish-haydash ventilatorlari ishlashi kerak. 
1 m3 yongan asetilenga 2500 — 3000 m3 havo ventilatsiyasi bo‘lishi
kerak. Kichik hajmli xonalarda (sosudlar, sisternalar va shu kabilarda) 1 m3 
yongan asetilen miqdoriga 4000 — 5000 m3 havo ventilatsiyasi bo‘lishi zarur. 
Ochiq alanga bilan asetilen apparatiga 10 m masofaga yaqinlashish
mumkin emas. Generator hajmi kamida 60 m3 va havosi yangilanib
turiladigan xonaga o‘rnatilishi zarur. Ap-215 paratdagi suv muzlab qolmasligi 
uchun xonaning harorati kamida 5°C bo‘lishi kerak. 
Suv tambasi hamisha tegishli sathgacha suvga to‘la bo‘lishini kuzatib
turish hamda tamba kranini ochib, uni vaqt-vaqti bilan tekshirib turish lozim.
Karbid solingan retortaga suv quygandan keyin uni gazning birinchi
porsiyalari bilan puflab, tashqariga chiqarib yuborish kerak. Suv tambasini
ishga solmasdan yoki buzuq suv tambasi bilan ishlash man etiladi. 
Yuklash qutilari seksiyalarini karbidga to ‘lg‘azib yuborish yoki
generatorning texnik pasportida ko‘rsatilgan o‘lchamdan boshqa o‘lchamdagi
karbid ishlatish mumkin emas. Generator korpusi va kameralarga suv
yuboriladigan idish doim suvga keragicha to ‘lg‘azilgan bo‘lishini kuzatib
turish zarur. Qayta zaryadlash uchun kamerani uning nazorat kranidan suv
oqa boshlaganidagina ochish kerak. Qopqoqni ochishdan oldin gazni nazorat
krandan chiqarib yuborib, kameradagi bosimni kamaytirish kerak. Belgilangan
chegaradan ortiq asetilen sarflab,generatorga o‘ta kuchlanish berib bo‘lmaydi.
Bitta suv tambasiga bir necha gorelka yoki keskichni ulash man etiladi.
Generator har kuni ishlatilsa bir oyda kamida ikki marta ohak quyqasidan 
suv bilan yaxshilab tozalash kerak.Ishlatilgan generator nuqsonlarini
payvandlash zarur bo‘lib qolsa, uni oldindan qurigan ohak quyqasi
qoldiqlaridan yaxshilab tozalash va bir necha marta suv to‘lg‘azib yuvish,
payvandlashga doir barcha ishlar esa ochiq havoda bajarilishi lozim. 


Asetilenli generatordan foydalanish va unga qarash qoidalarini ayni
generatorni ishlatish qo‘llanmasiga muvofiq qat’iy bajarish lozim. Gaz to 
‘ldirilgan ballonlarni tashishda jo ‘mrakni shikastlanish yoki ifloslanishdan
saqlash uchun ularga muhofaza qalpoqchasini burab kiygizish kerak.
Ballonlarni qalpoqsiz tashishga ruxsat berilmaydi. Ballonlarni zambillarda
(3.1-rasm)yoki maxsus aravachalarda (3.2-rasm) tashish zarur. Ballonlarni 
yelkada ko‘tarib tashish man etiladi. Ballonlarni tashishda, shuningdek, ularni
ortish yoki tushirishda ballonlar bir-birining ustiga tushib ketishiga va urilishiga 
yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish zarur. 
To‘ldirilgan ballonlar tushib ketmasligi uchun maxsus ustunchalarga
mahkamlanib tikkasiga saqlanishi kerak. Bo‘sh ballonlarni ko‘pi bilan to ‘rt
qator qilib taxlash mumkin. Zanjirga brezent chexol Kislorod ballonlarini 
payvandlash yoki kesish joyida montaj va qurilish ishlari vaqtidagina saqlashga 
ruxsat beriladi. Bunda ballonlar payvandlash gorelkasi yoki keskichdan kamida
5 m masofada joylashishi kerak. Ballonlarni quyosh nuri tushadigan joyga,
isitish asboblari va boshqa issiqlik manbalari yaqiniga joylash yoki o‘rnatishga
ruxsat berilmaydi. To‘ldirilgan ballonlar partiyasini qurilish maydonida saqlash
uchun o‘tga chidamli material yoki tunuka po‘latdan vaqtincha ombor qurilishi 
kerak. Har qaysi ko‘chma payvandlash postida faqat ikkita kislorod ballonini
saqlashga ruxsat etiladi. Bittasi ishlatiladi, ikkinchisi zaxiraga olib qo‘yiladi.
Payvandlash postlari o‘ntadan ortiq bo‘lsa, ularni gaz bilan quvurlar orqali
markazlashgan tartibda ta’minlashni tashkil etish zarur.Kislorod ballonlari va
ularning ventillarini moydan saqlash kerak. Kislorod balloni ichiga moy
kirishi, shuningdek, ballonga kislorod bilan birgalikda portlash jihatdan xavfli
aralashmalar hosil qiladigan yonilg‘i gazlarining kirishi juda ham xavflidir. Agarda
asetilen ballonlarining jo ‘mraklari ochiq qolsa va bu holda tashqi harorat
yuqori bo‘lsa, asetilenning tashqi muhitga chiqishi kuzatiladi. Shuning uchun
bo‘sh asetilen ballonlarini saqlash va tashish yopiq jo ‘mraklar bilan bajariladi. 
Payvandlashda ishga yaroqli manometrli reduktorlardangina foydalanish kerak.
Kislorodni reduktorga ballon jo ‘mragini sekin ochib va rostlovchi vintni batamom 
bo‘shatib kiritish lozim. Gazni kiritishda reduktor oldida turish mumkin emas.
Reduktorning hamda uning ballon jo‘mragi va shlanglarga ulangan joylarining 
germetik bo‘lishiga e’tibor berish zarur.Reduktorlarni ta’mirlash hamda ulardan
gaz sizib chiqishini bartaraf qilish ishlarini maxsus tajribali kishilargagina
topshirish kerak. Gorelka va keskichni shikastlanish hamda ifloslanishdan 
saqlab ehtiyot qilish, gorelkadagi barcha birikmalarning zich bo‘lishiga e’tibor
berish, gaz chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda aniqlangan nuqsonlarni darhol
tuzatish lozim. Gorelka yoki keskichni yoqishdan oldin gorelka yoki keskichni
suv tambasi bilan biriktiruvchi shlangni asetilen puflab tozalash kerak. 
Paqillaganda yoki alanga shlang ichiga urilganida oldin asetilen jo ‘mragini,
so‘ngra esa kislorod jo ‘mragini berkitish mumkin.Gorelka bilan ishlashda
alangani boshqa ishchi shlang, ballon yoki yonadigan materialga tegmaydigan qilib 
yo‘naltirish zarur.Yonib turgan gorelka yoki keskichni ish o‘rnidan uzoq maso­ 
faga siljitish tavsiya etilmaydi, zinalar, to‘sinlar bo‘ylab ko‘tarish man etiladi.
Ish o‘rtasidagi tanaffuslarda gorelka (keskich) alangasini o‘chirib, jo‘mraklar


mahkamlab yopiladi. Yonuvchi gazlar chiqayotgan joy topilsa, darhol ish 
to‘xtatilib gaz chiqayotgan joy yaxshilab mahkamlanadi, ishlayotgan xona esa 
shamollatiladi.Asetilenning o‘rniga benzin ishlatish tavsiya etilmaydi. Gaz 
alangasi bilan ishlov beriladigan barcha hollarda etillangan benzindan
foydalanish man etiladi. Kerosin, benzin va ularning aralashmalaridan foydalanib
bajariladigan ishlarda ishlashga maxsus o‘rgatilgan, malaka komissiyasi 
guvohnomasiga ega bo‘lgan ishchilargagina ruxsat etiladi.Stapel ishlarida, kemalar 
va berk xonalarda (qozonlar, sisterna 
va boshq.) suyuq yonilg‘i ishlatish man etiladi.Suyuq yonilg‘ilardan foydalanib 
ishlashda ichki diametri 6 mm va uzunligi kamida 5 m bo‘lgan benzin-moy
ta’siriga chidamli shlanglardangina foydalanishga ruxsat etiladi.Gaz alangasida 
payvandlash va kesishga oid ishlarni bajarishda asetilen, kislorod ishlab chiqarish
va metallarni gaz alangasi bilan ishlashda mehnat xavfsizligi hamda ishlab
chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qilish kerak. 
KISLOROD BILAN KESISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI 
Benzin va kerosin uchun asetilenga mo‘ljallangan shlanglardan foydalanib
bo‘lmaydi. Bochkalarni suyuq yonilg‘i bilan yong‘in chiqish jihatidan xavfsiz b 
o ‘lgan maxsus joylarda to ‘ldirish kerak, yonilg‘ini kiyimga to ‘kib yubormaslik
zarur.Shuning uchun bochkachani ochiq havoda yonilg‘i bilan to‘ldirishda
payvandchi shamol esayotgan tomonga emas, balki shamol yo‘nalishi tomon
qarab turishi kerak.Bochkachaga yonilg‘i quyishdan oldin uni filtrdan o‘tkazib 
iflosliklardan tozalash kerak. Bochkachaga yonilg‘i to‘ldiriladigan joy yaqinida 
chekish man etiladi.Yonilg‘ili bochkadagi bosim 0,6 MPa dan oshmasligi va har 
doim keskichga keltiriladigan kislorod bosimidan past bo‘lishi kerak.Yonilg‘ili 
bochkachani kislorodli ballondan kamida 5 m narida o‘rnatish kerak. Alangani
to‘g‘ri yondirish zarur: oldin yonilg‘i,so‘ngra kislorod yuboriladi.
Bug‘latkichning asbest tiqmasi qizigandan keyin alangani rostlash va kesuvchi
kislorod ventilini ochish kerak. Alangani o‘chirishda avval yonilg‘i beriladigan 
jo‘mrak, so‘ngra esa kislorod jo‘mragi berkitiladi. Asbest tiqmasi bo‘lmagan
keskich bilan ishlash man etiladi.Kesish jarayonida mundshtukning keskich
kallagiga jips mahkamlanganligini kuzatib turish zarur. O‘ta qizigan bug‘latkich 
(to‘q qizil rang) bilan ishlash mumkin emas. Alanga orqa tomonga urilganda darhol
kislorod va yonilg‘i ventillarini berkitish,soplolarni tozalash va qaytadan
alangani yondirish kerak. Berk idishda kislorod yordamida kesish, suyuq 
yonilg‘idan foydalanish man etiladi. Haftada kamida bir marta keskichni qismlarga 
ajratib bug‘latkichni tozalash kerak.Kerosin yongan hollarda alangani o‘chirish 
uchun suv emas, 
balki qum, ko‘pikli yoki karbonat angidridli o‘t o‘chirgich,brezent yoki namat-
kigiz ishlatish kerak. 
KISLOROD-FLYUS BILAN KESISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI 
Dastavval metallarni kislorod yordamida kesishda rioya qilinadigan talablar
bajarilishi zarur. Kislorod-flyus yordamida statsionar uskunalarda kesishda hosil
bo‘ladigan bug‘, tutun va yonmay qolgan flyusning juda mayda zarrachalarini
chiqarib yuborish uchun mahalliy so‘rish qurilmasi va umumiy so‘rish 


ventilatsiyasi albatta bo‘lishi zarur. Mis va mis qotishmalari, tarkibida ko‘p
marganes bo‘lgan qotishmalarni kesishda va qum vositasida kesishda kesuvchi 
shaxs respiratordan foydalanishi zarur.Flyus (temir yoki aluminiy kukuni)
alangalanishining oldini olish uchun keskichda, shlangda va flyus bilan ta’min- 
lagichda tarkibida 96% dan ortiq sof temir bo‘lgan kukunlardan foydalanish man
etiladi. Flyusni keskichning kesuvchi soplosi orqali markazlashtirilgan tarzda
uzatishda OM va M rusumli oson alangalanadigan mayda temir kukunidan
foydalanish man etiladi. Keskichning yaroqliligini kuzatib turish zarur. Buning
uchun haftada kamida bir marta keskich kallagi va mundshtukdagi qo‘ymalar
holatini tekshirish va shlanglar ulangan joylarning germetikligini kuzatib turish
kerak. 
Nazorat savollari 
1. Gaz bilan payvandlash ishlarini bajarishda rioya qilinadigan 
xavfsizlik talablarini bayon qiling. 
2. Po‘latlarni kislorod bilan kesishdagi asosiy xavfsizlik talablari. 
3. Alangalanib ketgan yonilg‘i qanday o‘chiriladi? 
4. Gaz bilan payvandlashda asosiy xavf nimada? 

Download 179.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling