15. To`Lov balansi. Valyuta kursi
Download 48.22 Kb.
|
15 mavzu To\'lov balansi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yevroga bo‘lgan talab (mln. yevro) Yevroning taklifi (mln. yevro)
- Мавзу: Валюта курси Масалаларни ечилиши бўйича намуналар: 1-масала
15. TO`LOV BALANSI. VALYUTA KURSI Reja: To’lоv bаlаnsi tushunchаsi vа uning tuzilishi. Jоriy оpеrаtsiyalаr hisоbi bаlаnsi. Kаpitаl hаrаkаti hisоbi bаlаnsi. To’lоv bаlаnsining tаrkibiy qismlаri o’rtаsidаgi bоg’liqliklаr Vаlyutа vа jаhоn vаlyutа tizimi tushunchаsi Chet el valyuta bozorini “dollar-so’m” misolida ko’rib chiqaylik.Xalqaro savdo o’zoro ikki davlat valyutasini almashtirish zaruriyatini tug’diradi.Masalan,AQSH eksportchilari O’zbekistonga tovar va xizmatlar taklif etishsa,tovar va xizmatlar haqini dollarda olishni hohlaydilar. Huddi shunday O’zbekiston tovarlar uchun AQSH so’m topishlari kerak bo’aldi.Shunday qilib: O’zbek importchilari so’mni taklif qilishadi; Amerikalik importchilar so’mning xaridori bo’lishadi. So’mni taklifi va unga bo’lgan talab so’mga bo’lgan dollar narxini belgilaydi.Agar dollarning muvozanat narxi so’mga nisbatan 1000 so’m bo’lsa,1$ ga 1000 so’m sotib olish mumkin bo’ladi.Yoki 1000 so’mga 1$ turadigan AQSH tovarini sotib olish mumkin ekan. Valyuta kursini o’sishi va kamayishiga doir voqealar: AQSH da daromad ortsa,amerikaliklar O’zbekistondan ko’p tovarlar sotib olishi mumkin.Natijada so’mga bo’lgan talab ortadi.1$ = 1000 so’m bo’lgan bo’lsa,endi 2$ =1000 so’m bo’lishi mumkin.Agar so’mning dollar bahosi ortsa: dollarning so’mga nisbatan qiymati tushdi yoki kursi pasaydi deyiladi. O’zbekistonda daromadlar ortdi.Valyuta bozorida so’mning taklifi ortdi.So’m taklifining unga bo’lgan talabdan ortib ketishi so’mga nisbatan dollar qiymatini kamaytiradi.1$=1000 so’m bolgan bo’lsa,endi 1$ = 2000 so’m bo’lishi mumkin. d)1$ =1000 som bo’lib,so’ngra 2$ =1000 so’m bo’lsa,o’zbek tovar va xizmatlari qimmatlashgan bo’ladi. Quyidagi jadvaldagi ma’lumotlardan masalalar yechishda foydalanamiz:
1-masala
Hamid Italiya borish uchun 100$ puliga lira sotib olmoqchi.U bu puliga qancha lira sotib oladi?
AQSH dollarini chet el valyutasiga aylantiring va jadvalni to’ldiring:
Mustaqil yechish uchun mashqlar. 1.Chet el valyutasini AQSH dollariga aylantirib,jadvalni to’ldiring:
2.”Big-Mak” taomi turli mamlakatlarda turli narxlarda sotiladi.Valyuta kurslari jadvalidagi ma’lumotlardan foydalanib bu narxlarni dollarga aylantirib hisoblang:
3.Nima qimmatroq turishini aniqlang: a) 62 ingliz funt sterlingimi yoki 100 fransuz franki? b) 20 $ mi yoki 100 yapon iyenimi? d) 100 Kanada dollarimi yoki 100 Sveysariya frankimi? e) 1 avstriya shillingimi yoki 1 Avstraliya dollari? Nemis markasiga nisbatan dollar kursi 3:1 ni tashkil etadi. Bir xil tovar AQShda 400 doll., Germaniyada esa 1200 marka turadi deb tasavvur qilamiz. Agar dollar kursi sun’iy tarzda 1:2 gacha pasaysa, qaysi eksportchi qo‘shimcha daromad oladi (AQShmi, yoki Germaniyami). Qo‘shimcha daromad qiymatini aniqlang. Faraz qilaylik, yevroga nisbatan dollarning kursi 1:3, ya’ni bir xil tovar AQShda masalan 400 dollar tursa, Germaniyada bu tovarning narxi 1200 yevro bo‘ladi. Agar dollarning kursi sun’iy ravishda 1:2 gacha pasaysa, qaysi eksport qiluvchi qo‘shimcha daromad oladi (AQSh yoki Germaniya)? Bu qo‘shimcha daromadning hajmini aniqlang. Faraz qilaylik, B mamlakatning hukumati o‘z valyuta kursini A mamlakatning milliy valyutaga nisbatan barqarorlashtirib olmoqchi. A mamlakatdagi inflyatsiyaning sur’ati yiliga 5%ni tashkil etadi. B mamlakatda bu maqsadga erishish uchun inflyatsiya sur’ati qanday bo‘lish kerak? Uzoq muddatli davrda pul aylanish tezligi o‘zgarmasa va ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 3%ni tashkil etsa, valyuta kursini barqarorlashtirish uchun pul massasining o‘sish sur’atlari qanday bo‘lishi kerak? Quyidagi jadvalda Yevroga bo‘lgan talab va taklif keltirilgan: Yevroning bahosi (dollarda)Yevroga bo‘lgan talab (mln. yevro) Yevroning taklifi (mln. yevro) 1,5 200 300
Dollar va yevroning barqaror valyuta kurslarini aniqlang. Valyuta bozorida dollar va yevro qanday hajmda sotib olinadi? Мавзу: Валюта курси Масалаларни ечилиши бўйича намуналар: 1-масала Немис маркасига нисбатан доллар курси 3:1 ни ташкил этади. Бир хил товар АҚШда 400 долл., Германияда эса 1200 марка туради деб тасаввур қиламиз. Агар доллар курси сунъий тарзда 1:2 гача пасайса, қайси экспортчи қўшимча даромад олади (АҚШми, ёки Германиями). Қўшимча даромад қийматини аниқланг. Ечиш: Германияда товар ишлаб чиқарувчилар мазкур товарни АҚШга 400 долларга сотади ва доллар курси 3:1 бўлганда, у ўзига Германияда товар савдосида олган тушуми миқдорида 1200 марка қайтариб олади; курс 2:1 бўлганда 800 марка даромад лади, яъни экспорт фойда келтирмайди. АҚШ экспортчиси Германияда товарини 1200 маркада сотади, бунда у товарни Германияда 1:3 алмашинув курсибўйича 400 АҚШ долларига эквивалент суммага сотгн ҳисобланади.АҚШ экспортчиси товарни Германияда 1200 маркага 2:1 курсида сотган ҳолда, ундан банкдан 600 доллар олади. Бу АҚШдаги товарнинг ўхшаш товарга нисбатан 200 долларга арзонлигини билдиради. Бинобарин АҚШ 2:1 алмашинув курсида Германияда сотганида ҳар бирлик товар учун 200 доллардан қўшимча даромад олади. 2-масала Б мамлакат ҳукумати А мамлакатнинг вaлютaсига нисбатан миллий вaлютa курсини барқарорлаштиришни мақсад қилди деб фараз қилайлик. А мамлакатда инфляция суръати бир йилдa 5%ни ташкил этади. а) Б мамлакатда бундай мақсадга эришиш учун инфляция қандай бўлиши керак? б) Узоқ муддатда ишлаб чиқаришнинг ўсиш суръати 3% ва пулнинг айланиш тезлиги ўзгармас бўлганда вaлютa курсини барқарорлаштириш учун пул массасининг ўсиш суръати қандай бўлиши керак? Ечиш: а) Б мамлакатда вaлютa курсини барқарорлаштириш учун инфляция суръати А мамлакатдаги инфляция суръатига яқин ёки тенг бўлиши керак, яъни йилига тахминан 5 %ни ташкил этади. б) Б мамлакатда пул массаси ўсиш суръатини аниқлаш учун пул миқдори тенгламасидан фойдаланамиз: М = k х P х Y Ҳамда уни ўсиш сурати кўринишида ёзамиз (ҳосиласини топамиз): М / М = P / P + Y / Y, бу ерда, М / М – Б мамлакатда пул масассининг ўсиш суръати , P/P – Б мамлакатдаги инфляция суръати; Y/Y – ишлаб чиқаришнинг ўсиш суръатлари, масала шартига кўра, кoэффициент k доимий. Бунда, М /М = 5% + 3% = 8 %, яъни Б мамлакатда пул масссининг ўсиш суръати 8 %ни ташкил этиши керак. Download 48.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling