15-variant Miqdor bildiruvchi so‘zlarning uslubiy xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring


Download 235.65 Kb.
Sana23.11.2020
Hajmi235.65 Kb.
#151143
Bog'liq
Muniraxon Narzullayeva 420. uslubiyat YaN


Muniraxon Narzullayeva 420
O‘zbek tilining amaliy uslubiyati” fanidan yakuniy nazorat

ishi

15-variant
1. Miqdor bildiruvchi so‘zlarning uslubiy xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring.

2. Ilmiy maqolaga ta’rif bering.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a).ko‘ngli bo‘sh

b). yon bosmoq

c). Tirnoq ostidan kir qidirmoq

d). Aravani quruq olib qochmoq

4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

1. Mavzuga doir lugatlarni turini tanlash.

2. Har bir oquvchini oz xatolari ustida ishlashi zarur.

3. Hammani maqsadiniyana bir bor tinglashimiz kerak.



5. “Tushuntirish xati” namunasini yozing.
O‘zbek tili kafedrasi mudiri: Z.Salisheva

Javoblar:

1. Miqdor bildiruvchi so‘zlarning uslubiy xususiyatlarini misollar yordamida tushuntiring.

  1. Uch so`zining turli xil ma’nolarda qo`llanilishi:

  • Son ma’nosida – uch kishi siz bilan gaplashgani kelibdi.

  • Uchmoq fe’lining asosi – qushlar janubga qarab uchdi.

  • Biror predmetning yuqori qismi – tog`ning uchida hali ham qor ko`rinib turardi.

  • Uch sirli raqam ( yetti, qirq sonlari kabi) – uchta tilak tilashing mumkin.

  • Iboralar tarkibida kelishi – ko`zi uchib turmoq

  1. Qirq so`zining turli xil ma’nolari:

  • Qirqmoq fe’lining asosi – toklarning ortiqcha barglarini qirqdi.

  • Qirq soni – bir mayizni qirq bo`lib yeyishgan ekan.

  • Udum, tadbir ( azadorlikda) nomi – mayitning “qirq”ini qilishibdi.

  • Chilla ma’nosida – chaqaloqning “qirqi” chiqdi.

  • Sehrli son ( uch, yetti kabi) – qirq kecha-yu qirq kunduz to`y-tomosha qilishibdi.

  1. Besh so’zining turli ma’nolari:

  • Son ma’nosida – beshta olma daraxtidan 220 kg hosil oldik.

  • Yaxshi, a’lo ma’nosida – ishlarim besh!

  • Iboralar tarkibida – besh qo`l barobar emas; besh qo`lni og`ziga tiqmoq.

  1. Yetmish sonining turli xil ma’nolari:

  • Son ma’nosida – yetmish yoshingiz muborak bo`lsin!

  • Yetmish “yetmoq” fe’lining eski shakli - Dema ko'ktin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish, Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afg'onim.

  1. Yigirma so`zining turli xil ma’nolari:

  • Son ma’nosida – yigirma tup terak ko`chati ekildi.

  • Yigirmoq fe’lining inkor shakli – ipni yigirmadingmi, qizim?

2. Ilmiy maqolaga ta’rif bering.

Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan bo`lishi kerak. lmiy maqola- bu ma'lum bir kichik mavzu bo'yicha kichik tadqiqot. Uchta ilmiy maqolalar mavjud:

  1. Ampirik - bu o'z tajribasi asosida qurilgan maqola.

  2. Ilmiy-nazariy - bu tadqiqotning aniq natijalarini tasvirlaydigan maqolalar.

  3. Ko'rib chiqish - bu tor doirada muayyan sohadagi yutuqlarni tahlil qiluvchi maqolalar.

Ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat.

3. Quyidagi iboralarning sinonim va antonimlarini yozing:

a).ko‘ngli bo‘sh = yumshoq tabiat, rahmdil, oqko`ngil

≠ qahri qattiq
b). yon bosmoq = tarafini olmoq, qo`shilmoq

≠ bo`yni yo`g`on (qalin)


c). Tirnoq ostidan kir qidirmoq = ayb izlamoq

≠ aybini yashirmoq


d). Aravani quruq olib qochmoq = gapni aylantirmoq

≠ dangal gapirmoq



4. Gaplardagi uslubiy xatolarni toping va to‘g‘ri variantini yozing.

    • Mavzuga doir lugatlarni turini tanlash.

Mavzuga doir lug`atlarning turini tanlash.

    • Har bir oquvchini oz xatolari ustida ishlashi zarur.

Har bir o`quvchi_ o`z xatolari ustida ishlashi zarur.

    • Hammani maqsadini yana bir bor tinglashimiz kerak.

Hammaning maqsadini yana bir bor tinglashimiz kerak.
Uslubiy xato kelishiklar qo`llanilishida uchragan.

5. “Tushuntirish xati” namunasini yozing.

O`zDJTU 1-Ingliz tili fakulteti

dekani Akmal Yuldashev nomiga

ushbu fakultetning 420-guruh talabasi

Muniraxon Narzullayeva tomonidan

TUSHUNTIRISH XATI



Men, Narzullayeva Muniraxon, 2020-yil 17-20 – noyabr kunlari masofaviy darslarga qatnasha olmadim. Buning sababi shundaki, sog`ligim bilan bog`liq ba’zi muammolar bo`ldi. Shifoxonadan berilgan ma’lumotnomani ilova qilaman. Qoldirilgan darslarni o`zlashtirishga va ushbu holat boshqa takrorlanmasligiga harakat qilaman.

21.11.2020 / imzo / M. Narzullayeva
Download 235.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling