16 – ma’ruza. Вirikmаlаr Mavzu: Pаyvаndli birikmаlаr,turlаri, qo’llаnish sоhаsi, kоnstruktsiyasi vа hisоbi
Download 453.84 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kamchiliklari
- Ishqalanish vositasida payvandlashda
- payvand uzel
16 – ma’ruza. Вirikmаlаr Mavzu: Pаyvаndli birikmаlаr,turlаri, qo’llаnish sоhаsi, kоnstruktsiyasi vа hisоbi. Ma’ruza rejasi: 1.
Payvand birikmalar to’g’risida ma’lumot. 2.
Payvand birikma choklarining turlari va ularni xisoblash asoslari. 3.
Detallarni uchma-uch payvandlash. 4.
Ustma-ust payvandlash. 5.
Burchakli va tavrsimon payvandlash.
BIRIKMA, CHOK, PAYVANDLASH, USUL, KONSTRUKTSIYA, HISOBI
Payvand birikmalar ajralmas birikmalar asosiy turidir. Payvandlash –molekulyar yopishish kuchlari asosida detallarni yuqori darajada mahalliy qizdirib biriktirishdir. Mashina detallari, qurilish tuzilmalarining elementlari, qozon idishlar va rezervuarlar, gaz va neft magistrallari va h.k. payvandlanib tayyorlanadi. Afzalliklar: kam mehnat talab qiladi; metallni tejaydi; murakkab shaklli og’ir cho’yan quymalar o’rniga yengil po’lat detallarni payvandlab zarur konstruktsiyani hosil qilish 30-40% materialni tejashga imkon beradi. Kamchiliklari: termik qayta ishlanganda birikmalar deformatsiyalanishi mumkin; barcha turdagi materiallarni payvandlab bo’lavermaydi.
qo’llaniladgan usullardir. Gaz alangasida payvandlashda elektrodlar orasida yonuvchi gazlar ma’lum miqdorda kislorod (atsetilen, vodorod) yondirilib, oraliqqa gorelka kanalidan o’tadi. Payvandlanuvchi metall tarkibiga mos payvandlash simi ishlatiladi. Gaz yordamida payvandlash yupqa devorli po’latdan tayyorlangan detallarni va rangli metallarni biriktirishda ishlatiladi. Elektrik payvandlash usuli qulay va tejamli bo’lib, payvandlash jarayonini avtomatlashtirish mumkin va shuning uchun asosan sanoat va qurilishda keng qo’llaniladi. Bu usul elektr yoyi va kontakt payvandlash turlariga bo’linadi. Elektr yoyi yordamida payvandlashda ulanadigan joy elektr yoyi vositasida qizdiriladi va unga metall suyultirilib tushiriladi. Bunda sirtiga bo’r bilan suyuq shisha aralashmasi qoplangan metall sterjen - elektrod ishlatiladi. Elektrod tok manbaining bir qutbiga, payvandlanadigan metall esa ikkinchi qutbga ulanadi (26.1-rasm, a ). Kontakt payvandlashda ulanadigan detallardan bir necha ming amperli elektr tok o’tkazilidi. Bunda kontakt joyida ko’p miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi va plastik holatga keladi. Shunda detallar bir-biriga kuch bilan siqilsa, payvand chok hosil bo’ladi.
Rasm 26.1 Elektr kontaktli payvandlash - listlarni payvandlashda ishlatiladi, masalan: detallar ustida aylanadigan rolik elektrod vazifasini bajarsa kontaktdagi lentali payvand chokni (26.1- rasm, b) va nuqtali payvand chokni (26.1- rasm, v) hosil qiladi. Ishqalanish vositasida payvandlashda biriktiruvchi detallarni qarama-qarshi tomonga aylantirilib, bir-biriga siqiladi (26.1 -rasm g). Ishqalanish natijasida hosil bo’lgan issiqlik detallarni plastik holatiga keltirib payvandlaydi.
harakatga keltirish mexanizatsiyalashtirilgan. Bu usuldan qalinligi 2ч130 mm gacha bo’lgan po’latlar va ularning qotishmalarini payvandlashda keng foydalaniladi. Bu holda tok kuchi 1000 ч 3000 A bo’lib, elektr yoy barqaror yonishi uchun suyuqlanayotgan metall flyus qatlami ostida bo’ladi. 2. Payvand birikmalar - biriktiriladigan detallarni payvand uzel deyiladi va choklarning o’zaro joylashishiga ko’ra: a) uchma-uch; b) ustma-ust; c) burchakli turlariga bo’linadi. Payvand birikmalarni mustahkamligi quyidagi asosiy omillarga bog’liqdir: - asosiy materialning payvandlanish qobiliyatiga; - payvandlash usuliga; - ta’sir etuvchi yuklanish hususiyatiga. Kam va o’rta uglerodli po’latlar yahshi payvandlanadi. Tashqi yuklanish va yuqorida keltirilgan omillar ta’sirida payvand qismining buzilishi chok zonasida bo’ladi deb tahmin qilinadi (26.1-rasm). Detallarning payvandlashga bog’liq bo’lgan mustahkamligini kamayishi joiz kuchlanishlarni belgilashda hisobga olinadi.
Rasm 26.2
Uchma-uch payvand choklar tutashgan choklar ham deyiladi (26.2-rasm).
Rasm 26.3 Listlarning qalinligi ≤8 mm bo’lsa listlarga boshlang’ich ishlov berilmaydi (26.3 -rasm a).
yoqlama dastlabki ishlov berilib (26.3- rasm b), faska (kertish) hosil kilinadi.
26…60 mm bo’lganda qirralari ikki yoqlama kirtishlanadi (26.3- rasm v). Uchma-uch payvand choklar mustahkamligi (26.4-rasm) quyidagicha aniqlanadi: 1) Cho’zuvchi (siquvchi) kuch ta’sirida bo’lganda (26.4-rasm, a)
F A F
, bunda: F – cho’zuvchi kuch, N; A – list yuzasi, mm 2 ; b– list eni, mm; –
P ] – payvand joiz kuchlanish; Mustahkamlikning ehtiyot koeffitsientini hisobga olganda:
det 0,9
p
, bunda: [
det ] – detal materiali uchun joiz kuchlanish. Eguvchi moment ta’sirida bo’lsa (26.4- rasm, b),
a) b) Rasm 26.4
2 b M 6 W M
П , bunda: W - payvand birikmalar chokning yemiriladigan kesimining qarshilik momenti. Cho’zuvchi (siquvchi) kuch eguvchi moment ta’sirida
2 ) ≤ [у’ P ].
Detallarni ustma-ust payvandlash ro’para va yonbosh choklarga bo’linadi. 26.5 -rasm, a da ikkita listni ikki yoqlama ro’para chok ko’rsatilgan. Shu yerning o’zida burchak chok belgisi o’z aksini topgan, uni chizmada ko’rsatilishicha k katetli burchak chok deb ataladi. Burchakli yonbosh choklar 26.5 -rasm, b -da ko’rsatilgan.
Rasm 26.5 Detallarni biriktirishda choklarga ta’sir etadigan cho’zuvchi kuch- F ugolok kesimini og’irlik markazidan o’tadi deb tahmin qilinadi (26.5 -rasm v).
Rasm 26.6 Listlarni ustma-ust qo’yib burchakli yonbosh va ro’para choklar yordamida hosil bo’lgan birikma hisobini (26.6-rasm) ko’rib chiqamiz.
Bunday choklarning bissektrisasi orqali o’tgan n - n kesimni o’rtacha urinma kuchlanish bo’yicha tahminiy hisoblanadi. Chokning mustahkamlik sharti:
l l 2 k 7 , 0 F
p . Mustahkamlik ehtiyot koeffitsientini hisobga olganda:
det 0, 6
p
, bunda: [
], [
det ] -payvand birikmaning va detal materialining kesuvchi joiz kuchlanishi. 5. Detallarni tik burchakli va tik tavrsimon biriktirish quyidagi usullarga bo’linadi (26.7–rasm):
b) tashqi va ichki burchakli choklar; v) qirralari kertilib tutashgan chok;
Rasm 26.7 O’zaro tik payvandlashda dastaki moslama ishlatilsa burchakli chok hosil bo’ladi (26.7–rasm, g) va uning cho’zilishga va moment ta’siridan mustahkamligi (26.8– rasm ):
Rasm 26.8 ф = 6 M / ( 2 l 2 · 0,7 k ) + F / ( 2 l · 0,7 k ) ≤ [ ф ’ ].
Payvandlash avtomatik ravishda bajarilsa, uchma-uch chok hosil bo’ladi (26.7– rasm, e), bunda chokning mustahkamligi:
у = 6 M / ( д · l 2 ) + F / ( д · l ) ≤ [у ’ ].
Mustaqil nazorat uchun savollar: 1. Payvandlashning qanday turlari mavjud? 2. Payvand birikmalarning afzallik va kamchiliklari. 3. Payvand qismining qaysi joyidan sinishi mumkin? 4. Payvand birikma mustahkamligi qaysi asosiy omillarga bog’liq? 5. Uchma-uch payvand birikmani cho’zilish va egilishga hisoblash. 6. Ustma-ust burchakli, yonbosh va ro’para choklar mustahkamligi.
Download 453.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling