16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari


Qo‘l  bo‘g‘imlarining  chiqishi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/54
Sana02.01.2022
Hajmi0.94 Mb.
#193851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
4-maruza

Qo‘l  bo‘g‘imlarining  chiqishi.  Yelkaning  chiqishi  kuchli  og‗riq  va  uning  funksiyasi 

buzilishi  bilan kechadi.  Bemorning chiqqan qo‗li tomondagi  yelkasi pastga tushgan, boshi shu 

tomonga  og‗gan,  sog‗lom  qo‗li  bilan  chiqqan  qo‗lni  ushlab  turishga  harakat  qiladi. 

Shikastlangan qo‗l tanadan uzoqlashgan, tirsak bo‗g‗imi bukilgan va xuddi uzayibroq qolgandek 

ko‗rinadi.  Yelka  bo‗g‗imining  normal  yumaloqligi  yo‗qolib,  uning  tashqi  yuzasi,  yelka  suyagi 

boshining  siljishi  natijasida,  tekislanib  qoladi.  Bu  bo‗g‗imning  faol  harakati  yo‗q,  sekin 

harakatlantirilganda  yelkaning  «tarang  fiksatsiyasi»  kuzatilib,  tirsak  bo‗g‗imini  tanaga 

yaqinlashtirib bo‗lmaydi. 

 Bilak  suyagining  chiqishida  tirsak  bo‗g‗imining  hajmi  kattalashib,  deformatsiyalanadi, 

qo‗l  yarim  bukilgan  holatda  bo‗ladi.  Agar  bilak  old  tomondan  chiqqan  bo‗lsa,  u  uzaygandek, 

orqadan  chiqsa,  kaltalashib  kolgandek  tuyuladi.  Barmoqlar  ichida,  ko‗pincha  birinchi 

barmoqning  chiqishi  ko‗proq  kuzatiladi.  Bunda  ko‗proq  orqa  tomonga  va  ozroq  kaft  tomonga 

siljish  kuzatiladi.  Barmoqlarning  chiqishiga  ko‗pincha  ularni  zo‗rlab  egish  sababchi  bo‗ladi. 

Chiqqan  barmoq  majburiy  «miltiq  tepkisi»  holatida  bo‗lib,  panjalarga  nisbatan  deyarli  90

0

  li 


burchak ostida joylashadi (10.26-rasm). 


Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling