16-ma’ruza. Simsiz sensor tarmoqlari. Reja
Sensor tarmoqlarining turlari
Download 0.54 Mb.
|
10-ma\'ruza (WSN)
Sensor tarmoqlarining turlari. Muhitga va turlariga bog’liq holda simsiz sensorli tarmoqlar suv va yer ostida, yer ustida va h.k.larda joylashtirilishi mumkin. Quyida simsiz sensorli tarmoqlar turlari keltirilgan:
yer ustida joylashgan simsiz sensorli tarmoqlar yer ostida joylashgan simsiz sensorli tarmoqlar multimedia simsiz sensorli tarmoqlar mobile simsiz sensorli tarmoqlar Simsiz sensorli tarmoqlarning cheklovlarini quyidagi ro’yxatda berish mumkin: juda kam xotira hajmiga ega (bir necha yuz kilobayt); kam miqdorda qayta ishlash quvvatiga ega – 8 MGz; aloqaning qisqa diapazonida ishlaydi – ko’p quvvat sarflaydi; minimum energiya talab etadi; Batareyalarning cheklangan muddati Sensorli aloqa tarmog‘ida uzatilayotgan ma'lumotlarning yuqori ishonchliligi va himoyasini ta'minlash uchun aloqa kanalining xususiyatlarini o'zgartirishga, radio qabul qilgichni blokirovka qilishga, ma'lumotlarni ushlab olishga va taqiq qilishga chidamli o'z radio protokollarini ishlab chiqish kerak. Bunday holda, spektrni tarqatish texnologiyalaridan - DSSS (Direct-Sequence Spread Spectrum – To'g'ridan-to'g'ri ketma-ket tarqaladigan spektr) va FHSS (Frequency-Hopping Spread Spectrum –Chastotani tezlashtirish spektri) usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. 16.3-rasm. Izolyatsiya qilingan sensor tarmoqlari 16.3-rasmda avtonom va alohida ishlaydigan izolyatsiya qilingan sensor tarmog'i tasvirlangan va u boshqa tarmoqlardan alohida hisoblanadi. Ushbu turdagi sensorli tarmoqlarni tor doirada qo'llaniladigan sensorli tarmoqlar deb tasniflash mumkin.4-rasmda bir nechta sensorli tarmoqlari bo'lgan holat tasvirlangan. Ushbu rasmda ikkitasi mavjud tarmoq interfeysi bilan o'zaro bog'langan tarmoqlar hisoblanadi. Tarmoq interfeysi 16.3 va 16.4-rasmlarda va qisqacha 16.5-rasmda ko'rsatilgandek, sensorlar tarmog'ida turli xil rollarni bajarishi mumkin. 16.4-rasm. Ulangan sensorli tarmoqlar 16.5-rasmda magistral tarmoq yoki boshqa elementlar bilan o'zaro bog'liq bo'lgan sensorli tarmoqlar (bu yerda - ikkitasi) ko'rsatilgan. Bunday holda, tarmoq interfeysi sensorli tarmoqlarni boshqa tarmoqlar bilan, ehtimol kirish tarmoqlari orqali o'zaro bog'lashni amalga oshiradi. 16.5-rasm. Boshqa tarmoqlarga ulangan sensor tarmoq Barcha marshrutlash protokollarini ikki turga bo'lish mumkin: ba'zilarida ulanishning tashabbuskori ma'lumot manbai, boshqalarida esa qabul qiluvchi. Tugun turlariga qarab BSS marshrutlash protokollarining tasnifi yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan. MAC sathi simsiz lokal tarmoqlarda, simli lokal tarmoqlardagiga nisbatan ko’proq vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar tarkibiga quyidagilar kiradi: 1.Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanish. 2.Bir nechta bazaviy (asosiy) stansiyalar mavjud bo„lganda, foydalanuvchilarni ko’chib yura olishini ta‟minlash. 3.Simli lokal tarmoqlardagi kabi xavfsizlikni ta’minlash. Bir nechta kommutatorlar asosida MAC-adreslarni guruhlab virtual tarmoq hosil qilinadigan bo’lsa, kommutatorlarni o’zaro bir nechta portlar orqali birlashtirmasa ham bo’ladi. Negaki MAC-adresning o’zi, tegishli virtual tarmoq uchun belgi vazifasini o’tay oladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling