16-Mavzu: Atom orbitallarning gibridlanishi va molеkulyar orbitallar mеtodlari Reja


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
Sana10.11.2020
Hajmi0.69 Mb.
#143389
Bog'liq
489 ruza matni


16-Mavzu: Atom orbitallarning gibridlanishi va molеkulyar orbitallar 

mеtodlari 

 

Reja: 

1.  Atom orbitallarning gibridlanishi. 

2.  Molеkulyar  orbitallar  mеtodi  va  uning  asosiy  xususiyatlari.  Kislorod, 

uglеrod (II) oksidi, NH

3

 molеkulalarining tuzilishi. 



 

1Аtоm elеktrоn оrbitаllаrining gibridlаnishi. Atomlar orasidagi boglanish 

odatda xar xil  energetik  xolatlarda bo’lgan elektronlar orasida yuzaga keladi. Atom 

orbitallarning orniga xosil bo’lgan gibrid orbitallar molekula xosil kilishda bir-birini 

yaxshi  koplashi  kimyoviy  boning  mutsaxkam  bo’lishiga  va  molekulaning  energetik 

barqaror bo’lishiga sabab bo’ladi. 

        Valent orbitallarning gibridlanish nazariyasi 1934 yilda J.Sleter va L. Poling 

tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariyaga ko’ra- kimyoviy bog` aralash yoki gibrid 

orbitallar  hisobiga  amalga  oshadi.  Gibridlanish  jarayonida  orbitallarning  energiyasi 

va  shakli  o’zgaradi.  Gibrid  orbitallarning  qoplanishidagi  yuza  alohida  olingan 

orbitallardan  ko’ra  ko’proq  bo’ladi.  Gibridlanish  jarayonida  datslabki  atom 

orbitallarning soni o’zgarmay qoladi.

1

 



 

Ko‘p  valentli  atomlardan  hosil  bo‘lgan  kovalent  bog‘lanishlar  doimo  fazoviy 

yo‘nalgan  bo‘ladi.  Bog‘lanishlar  orasidagi  burchaklar  valent  burchaklar  deyiladi. 

Ko‘pincha  kovalent  bog‘lanish  hosil  bo‘lishida  ishtirok  etadigan  elektronlar  turli 

holatlarda,  masalan,  biri-  s-,  boshqasi  p-  orbitallarda  bo‘ladi.  Bunda  molekuladagi 

bog‘lanishlarning  puxtaligi  ham  turlicha  bo‘lishi  kerak  edi.  Lekin  tajriba  ular  teng 

qimmatli  ekanligini  ko‘rsatadi.  Bu  hodisa  L.  Poling  tomonidan  kiritilgan,  atom 

orbitallarining gibridlanishi haqidagi qoida bilan tushuntiriladi. 

 

Аtоm  оrbitаllаrning  gibridlаnishi  haqidagi  tаssаvurlаrgа  muvofiq  turli 



оrbitаllаrgа  mаnsub  elеktrоnlаr  ishtirоkidа  kimyoviy  bog’lanish  hosil  bo’ladi,  bu 

elеktrоnlаrning  bulutlаri  bir-birigа  tа’sir  ko’rsatib,  o’z  shаkllаrini  o’zgartirаdi, 

nаtijаdа  turli  оrbitаllаrning  o’zaro  qo’shilishi,  ya’ni  gibridlаngаn  оrbitаllаr  hosil 

bo’ladi.  

 

sp-gibrid  оrbitаllаrdа  elеktrоn  bulutining  zichligi  yadrоning  bir  tоmоnidа 

kаttаrоq  bo’lib,  ikkinchi  tоmоnidа  kichikrоqdir.  Gibrid  оrbitаllаr  o’zining  kаttаrоq 

qismi  bilаn  boshqa  аtоmlаrning  elеktrоn  bulutlаrini  ko’prоq  qоplаydi.  Gibridlаnish 

nаtijаsidа  elеktrоn  bulutlаr  tamоmilа  simmеtrik  shаklni  оlаdi.  Erkin  holаtdаgi 

аtоmlаr  hеch  qаchоn  gibridlаngаn  holаtdа  bo’lmaydi.  Gibridlаnish  аtоmlаrdаn 

mоlеkulа hosil bo’lish vaqtidаginа yuzаgа chiqadi. 

 

Bittа  s-оrbitаl  bittа  p-оrbitаl  bilаn  qo’shilgаndа  hosil  bo’ladigаn  ikkitа  gibrid 



оrbitаl, bir-birigа qarama-qarshi yo’nalishdа jоylаshgаn bo’lib, mоlеkulаning chiziqli 

yo’nalishigа  sаbаb  bo’ladi.  Mаsаlаn,  BeF



2

  mоlеkulаning  hosil  bo’lishidа  sp-

gibridlаnish  kuzаtilаdi  vа  gibrid  оrbitаllаr  оrаsidаgi  burchаk  180

0

  gа  tеng  bo’ladi. 

                                                           

1

 



General chemistry : the essential concepts / Raymond Chang. – 5th ed

 


Hosil  bo’ladigаn  gibrid  оrbitаllаr  sоni  dоimо  gibridlаnishgа  ishtirоk  etаdigаn 

dаstlаbki gibrid оrbitаllаrning sоnigа tеng bo’ladi.  

 

Chunоnchi  bittа  s- vа  ikkitа  p-оrbitаllаrning  gibridlаnishi  (sp



2

-gibridlаnish) 

sаbаbli  uchtа  tеng  qiymatli  sp



2

-оrbitаllаr  hosil  bo’ladi.  Bundа  gibrid  оrbitаllаr  bir-

birigа nisbаtаn 120

0

 li burchаk hosil qilib jоylаshgаn bo’ladi.   sp



2

-gibridlаnish 

аsоsidа hosil bo’ladigаn mоlеkulаgа misоl qilib, BF

3

   mоlеkulаsini оlishi mumkin.  

 

Аgаr gibridlаnishdа 1tа s- vа 3 tа p-оrbitаl ishtirоk etsа undа sp



3

 gibridlаnish 

yuz  bеrib,  4  tа  gibridlаngаn  sp

3

-оrbitаllаr  hosil  bo’ladi,  ulаr  bir-birigа  nisbаtаn 



109

0

28



  burchаk  оstidа  jоylаshgаn  bo’ladi.  Bundаy  gibridlаnish  mеtаn  CH

4

 

mоlеkulаsidа hosil bo’ladi. 



 

  Valent orbitallarining gibridlanishini berilliy xlorid BeCI

2

, bor xlorid BCI



3

 va 


metan CH

4

 molekulalari hosil bo‘lishi misolida ko‘rib chiqamiz.  



 

Berilliy atomi qo‘zg‘algan holatga o‘tishida juftlashgan elektronlar bir-biridan 

ajraladi, ya’ni ikki elektronli bulut (2s

2

) bir elektronliga ajraladi. Buni sxema tarzida 



shunday tasvirlash mumkin: 

 

 



2s-  elektronni  2p-  orbitalga  o‘tkazish,  ya’ni  atomning  qo‘zg‘algan  holatga 

o‘tishi energiya sarflashni talab etadi, bu energiya reaksiyada ikkita bog‘lanish hosil 

bo‘lishi  hisobiga  ortiqchasi  bilan  qoplanadi.  Qo‘zg‘algan  holatda  berilliy  xlorning 

ikkita atomini biriktirib oladi

2



: Cl : Be : Cl :          



Ikkala  Be—Cl  bog‘lanish  bir  xilda  puxta  va  180°  li  burchak  ostida  joylashgan. 

Bog‘lanishlar  puxtaligining  bir  xilligi  valent  orbitallarning  gibridlanishi,  ya’ni 

ularning siljishi va shakli hamda energiyasining tenglashishi bilan tushuntiriladi. Bu 

holda  atom  elektron  orbitallarining  dastlabki  shakli  hamda  energiyasi  o‘zaro 

o‘zgaradi  va  bir  xil  shakl  hamda  energiyaga  ega  bo‘lgan  elektron  orbitallar  hosil 

bo‘ladi. Gibrid orbital asimmetrik va yadrodan bir tomonga qattiq cho‘zilgan bo‘ladi. 

 

 

Gibrid  orbitallar  elektronlarining  ishtirokida  hosil  bo‘ladigan  kimyoviy 



bog‘lanish gibridmas sof s- va p- orbitallarning elektronlari ishtirokida hosil bo‘lgan 

bog‘lanishdan  puxtaroq  bo‘ladi,  chunki  gibridlanishda  orbitallar  bir-birini  ko‘proq 

qoplaydi. Muayyan atomning bog‘lanishlari hosil bo‘lishida turli tipdagi elektronlar 

                                                           

2

 Raymond Chang. General Chemistry: The Essential Concepts. 5 edition, England 2013. 313-314- betlar. 



 

(bizning  misolimizda  s-  va  p-  elektronlar)  ishtirok  etganda  gibridlanish  amalga 

oshadi. Bunda gibrid orbitallar soni dastlabki orbitallar soniga teng bo‘ladi. Shunday 

qilib,  BeCl

2

  molekulasida  kimyoviy  bog‘lanish  hosil  bo‘lishida  markaziy  atomning, 



ya’ni berilliyning bitta s- va bitta pelektroni ishtirok etadi. Bu holda orbitallarning sp-

gibridlanishi (es-pe-gibridlanish, deb o‘qiladi) sodir bo‘ladi (3.3- rasm). Ikkita gibrid 

orbital bir-biriga nisbatan 180° li burchak ostida joylashadi, ya’ni BeCl2 molekulasi 

chiziqsimon shaklda—uchala atomning hammasi bir chiziqda joylashgan (3.4- rasm). 



 

 

 



Bor  xlorid  BCl

3,

  molekulasida  markaziy  atom  orbitallari  sp



2

-gibridlanadi  (es-



pe-ikki  gibridlanish,  deb  o‘qiladi).  Bor  atomida  (elektron  tuzilishi  1s

2

  2s



2

  2p

1



qo‘zg‘algan  holatida  1s



2

  2s


1

  2p

2

)  gibridlanishda  bitta  va  ikkita  p-  elektronlar 



orbitallari  ishtirok  etadi;  buning  natijasida  birbiriga  nisbatan  120°  li  burchak  ostida 

joylashgan  uchta  gibrid  orbitallar  hosil  bo‘ladi  (3.5-rasm).  BCl

3

  molekulasi 



markazida  B  atomi  joylashgan  yassi  teng  tomonli  uchburchak  shaklida  bo‘ladi. 

Gibrid orbitallarning o‘qlari orasidagi burchak 120° ni tashkil etadi, to‘rtta atomning 

hammasi  bitta  tekislikda  yotadi  (3.6-  rasm).  SO

3

,  CH



2

=CH


2

  SO


2

,  NO


2

,  H


2

SO

3



  va 

HNO


2

 molekulalarida kuzatiladi

3

.

  



 

 

 



 

 

Metan  molekulasi  hosil  bo‘lishida  uglerod  atomi  qo‘zg‘algan  holatga  o‘tadi, 



bunda  juftlashgan  2s

2

-  elektronlar  bir-biridan  ajraladi,  ya’ni  ikki  elektron  bulut  bir 



elektronli bulutlarga aylanadi. 

 

                                                           



3

 Raymond Chang. General Chemistry: The Essential Concepts. 5 edition, England 2013. 315-316- betlar. 



 

Sxemadan ko‘rinib turibdiki, uglerod atomining asosiy holatida juftlashmagan 

ikkita  elektroni  bo‘ladi  (2  valentli),  qo‘zg‘algan  holatida  esa  (yulduzcha  bilan 

belgilangan)—to‘rtta  elektroni  bo‘ladi  (4  valentli)  va  vodorodning  4  ta  atomini 

biriktirib olishi mumkin: 

 

 



Metan  molekulasi  hosil  bo‘lishida  uglerod  atomida  bitta  s-  va  uchta  p

elektronlarning  orbitallari  gibridlanadi  hamda  to‘rtta  bir  xil  gibrid  orbitallar  hosil 

bo‘ladi(3.7-  rasm).  Bunday  gibridlanish  sp

3

-gibridlanish  deyiladi  (es-pe-uch 



gibridlanish,  deb  o‘qiladi).  Gibrid  orbitallarining  o‘qlari  orasidagi  valent  burchak 

109°28′ ga teng. Uglerod atomining to‘rtta gibrid sp

3

- orbitallari bilan to‘rtta vodorod 



atomi sorbitallarini bir-birini qoplashi natijasida to‘rtta bir xil bog‘lanishli 

mustahkam metan molekulasi hosil bo‘ladi (3.8- rasm). 

 

 

 



Metan    va    uglerod(IV  )    xlorid,  CCl

4

,  CF



4

,  CH


4

,  HClO


4

,  H


2

SO

4



,  H

3

PO



4

  

molekulalarida  esa  bog`lanish  hosil  qilishda  markaziy  atom  uglerod  bo’lib,  u 



ko’zalgan  holatda  bir  s  va  uchta  p  elektronga  ega.  Shuning  uchun  ham  metanda 

markaziy atom sp

3

 (3.8-rasm) gibridlangan.  



 

 

3.9-rasm. 2s va 2p orbitallari asosida sp

gibrid orbitallarining fazoda joylashishi 



 

Molekula tetraedrik tuzilishga ega, valent burchaklar bo’lsa 109

o

28′ ni tashkil etadi.       

          Markaziy  atomdagi  bo’linmagan  elektronlar  juftining  molekula  tuzilishiga 

ta’siri.  Metan,  suv  va  ammiak  molekulalari  (3.10-rasm)  valent  burchaklar  qiymati 

metanda 109

o

28′, ammiakda 107,5



o

 va suvda 104,5

o

. Valent bolanishlar nazariyasiga 



ko’ra  buning  sababi,  markaziy  atomdagi  bo’linmagan  elektron  juftlarning  ta’siridir. 

Ammiak va suv qatorida markaziy atomdagi bo’linmagan  elektronlar jufti bir juftdan 

to  ikki  juftgacha  ortadi.  Ana  shu  tufayli  valent  burchaklarda  kiskarish  kuzatiladi

4



Markaziy  atomning  gibridlanishi  va  undagi  bo’linmagan  elektronlarning  molekula 

tuzilishiga ta’siri   -jadvalda keltirilgan.  

 

3.10-rasm. Metan, suv va ammiak molekulasidagi kimyoviy bog`larning hosil 

bo`lishi. 

Turli molekulalarning geometrik shakli va gibridlanish turi 

 

Gibridlan

ish 

turi 

Molekulaning 

geometrik shakli 

Markaziy 

atomning 

joylanishi* 

Valent 

burchaklar,

o

 

Misollar 

       sp 

       sp 

       sp 

       sp

2

 



       sp

2

 



        sp

2

 



        sp

2

 



        sp

        sp



3

 

        sp



3

 

        sp



 

         sp



3

 

               



         sp

3

 



                   

         dsp

2

 

         sp



3

         sp



3

d

2



              

CHiziqli 

CHiziqli 

CHiziqli 

Tekis uchburchak 

Burchakli 

Burchakli 

Burchakli 

Burchakli 

Burchakli 

Trigonal piramida 

Trigonal piramida 

 

Tetraedr 



 

Tetraedr 

 

Tekis kvadrat 



Triginal bipiramida 

oktaedr 


A-E-A 

A-E-A 


A-E-B 

  EA


 EA


2

(:)   EA2(:



 AEB (:

  EA


2

(:

  EA

3

(::



  EAB(::

EA

3



(:

EA

3



(

:

 



EA

 



EABCD 

 

EA



2

B

2



 

EA



EA

6

 



180 

180 


180 

120 


120, 130 

120  dan  kam 

120 

104,5 


104, 111 

107,3 


104,5; 100 

106 


109

o

28 



 

109


o

28 


 

 

 



 

 

F-Be-F 



O=C=O 

H-C


BCl



3

,SO


3

,BF


3

 

SO



2      

NO

2



 

H

2



SO

3

 



[NO

2

]



-

 

H



2

HOCl,HClO



2

 

NH



3

H



3

O

+



,PCl

3

 



HClO

3

 



CH

4

,CF



4

,CCl


4

SiH



4

,SiCl


4

 

HClO



4

,H

3



PO

4

 



H

2

SO



[Pt(NH


3

)

2



Cl

2



PF

5

,PCl



5

 

K



3

[FeCN]


6

 

Ba



2

[XeO


6



 

                                                           

4

 Raymond Chang. General Chemistry: The Essential Concepts. 5 edition, England 2013. 328-329- betlar. 



2.  Valent  bog’lanish  metodi,  elektron  orbitallarning  gibridlanish  haqidagi 

g’oyalarga  asoslanib  moddalarning  tuzilishi,  molekulalarda  valent  bog’larning 

yo’nalishi va ko’pgina  moddalarning  molekulyar  geometriyasini  izoxlab bera oladi. 

Ammo ba’zi moddalarning tuzilishini bu nazariya asosida izohlab bermaydi. Ma’lum 

bo’lishicha  ba’zi  moddalarda  elektron  juftlar  yordamisiz  bog’lanish  hosil  bo’lishi 

aniqlandi.  Masalan,  XIX  asrning  oxirida  Tomson  vodorodni  elektron  oqimi  bilan 

bombardimon  qilish  natijasida  hosil  bo’lgan  molekulyar  vodorod  ioni  H

+

2



  tarkibida 

faqat  birgina  elektron  bor.  Bu  zarrachada  yadrolararo  masofa  1,06  A0  (0,106  nm), 

uning  bog’lanish  energiyasi  256  kJ∙mol-1  va  H

2



molekula  ancha  barqaror 

zarrachadir.  Shuning  uchun  yadro,  ikki  yadro  bir-biri  bilan  birgina  elektron  orqali 

bog’lana  oladi,  ya’ni  bir  elektronli  bog’lanish  ham  mumkin  ekan  degan  xulosaga 

kelish  mumkin.  Tekshirishlardan  ma’lumki,  faqat  takibida  toq  elektron  bo’lgan 

molekulalar magnitga tortiladi. Kislorod qattiq holatda magnitga tortiladi. Vaholanki, 

kislarodda  toq  elektronlar  yo’q,  ammo  u  magnitga  tortiladi.  Valent  bog’lanishlar 

metodi kislarodning magnit hossalarini izohlay olmaydi. 

Vodorod molekulasining hosil bo’lishini kvantlar mexanikasi asosida izohlash 

uchun V.Geytler va F.London 1927 yilda taklif qilgan va L.Poling rivojlantirgan. 

 Valent bog’lanishlar metodini quyidagi 2 prinsip orqali tushuntirish mumkin 



Birinchi  prinsip:  Lokallashgan  elektron  bulutlari  bog’larni  hosil  qiladi,  atom 

orbitallar  bir-birining  ustini  qoplaydi.  Qarama-qarshi  spinli  elektron  orbitallari  bir-

birini  qoplaganda  atom  orbitallari  orasida  eng  yuqori  elektron  bulut  zichligi  hosil 

bo’lib  yadrolar  tortishadigan  zaryadlar  hosil  qiladi  va  sistema  energiyasi  kamayib 

bog’ hosil bo’ladi. 

Ikkinchi  princip:  Atom  orbitallarining  maksimal  qoplanishi  natijasida  bog’ 

hosil  bo’lishi  ya‘ni,  atom  orbitallari  qancha  kuchli  bir-birini  shu  yo’nalish  bo`ylab 

hosil bo’ladi

5



Atom  orbitallar  metodi  elektron  juftlarsiz  bog`lanish  hosil  bo`lishini 

tushuntira olmaydi. 



2.  Bu  hodisalarni  tushintirish  uchun  molekulyar  orbitallar  (MO)  nazariyasi 

yordamga  keladi.  Xund  va  Milliken  bu  nazariyani  asoschilari  hisoblanadi.  MO 

nazariyasini  yaratishda  atomning  elektron  tuzilishi  haqidagi  kvant  mehanik 

tasavvurlarni molekula tuzilish uchun xam qo’llash zarur deb topildi. Farqi shundaki, 

atom  bir  markazli  (bir  yadrosi)  sistema  bo’lsa,  molekula  ko’p  markazli  sistemadir. 

Demak,  bu nazariyaga  ko’ra  har qaysi  elektron  molekuladagi barcha  yadro va ko’p 

markazli orbitalar ta’sirida bo’lishi e’tiborga olinadi.  

                                                           

5

 Raymond Chang. General Chemistry: The Essential Concepts. 5 edition, England 2013. 325-327- betlar. 



 

Bu  metodga  asosan  molekula  bir  butun  (kompleks)  deb  qaraladi  va  hamma 

elektronlar ham butun molekula uchun umumiy bo’ladi. Atomlardagi atom orbitalligi, 

molekulalarda molekulyar orbitallar bo’lishi kerak. 

Atom orbitallari:   

s, p, d, f 

Molekulyar orbitallari: 





, φ bilan belgilanadi. 



Molekulyar orbitallar ham Pauli principi va Xund av Klechkovskiy qoidalariga 

asosan hosil bo’ladi. 

Atom  orbitallari  bir  xil  markazli,  molekulyar  orbitallar  esa  ko’p  markazi 

(mnogosentrovoy)  shuning  uchun  ularning  formasi  murakkabroq.  Atom  orbitaldan 

molekulyar orbital hosil bo’lishi uchun: 

1. Ularning energiyasi yaqin bo’lishi kerak. 

2. Orbitallari bir-birini ko’proq qoplashi kerak (0,7-0,8%). 

3. Molekulada  bog’lanish  chizig’iga  nisbatan  bir  xil  simmetriyada  bo’lishi 

kerak. 

Agar elektron harakati simmetrik funksiya bilan ifodalansa, molekulyar orbital 



va  atom  orbitallarning  yadrolarida  zaryadlarining  bir-biriga  qoplanishi  hisobiga 

bo’ladi shuning uchun bu molekula energiyasi atom orbitallaridagi energiyadan kam 

bo’ladi.  Bu  vaqtdagi  atom  orbitallarini  bog’lovchi  (svyazivayushiy)  orbital  deb 

ataladi.


6

 

Agar  molekulyar  orbitallar  hosil  bo’lishida  elektron  harakati  antisimmetrik 



funksiya  bilan  ifodalansa,  atom  orbitallari  elektron  bulut  kontsentraciyasi 

yadrolaridan  tashqarida  hosil  bo’lsa,  unda  nolga  teng  bo’ladi.  Bu  molekulyar 

orbitallar  energiyasi  dastlabki  atom  orbitallar  energiyasidan  yuqori  bo’ladi  va  uni, 

bo`shashtiruvchi (razrixlyayushiy) orbital deb ataladi. 

Molekulyar orbitallar nazariyasining asoschilari Hund va Malliken hisoblanadi, 

bu nazariyaga ko`ra har qaysi electron molekuladagi barcha yadro va ko`p markazli 

orbitallar  ta’sirida  bo`lishi  e’tiborga  olinadi.  Atom  orbitallarning  chiziqli 

kombinaciya usuli (AOChK) eng ko`p qo`llaniladi. 

Agar biz tarkibida 1 ta electron va 2 ta yadro bo`lga molekulani nazarda tutsak, 

ayni  sistemada  elektronning  harakatini  ikkita  funkciya  bilan  ifpodalash  mumkin 

bo`ladi.   

Birinchisi: 

B

A

C

С





2

1

1



 

Ikkinchisi: 



B

A

C

С





2

1

2



 

 

                                                           



6

 

General chemistry : the essential concepts / Raymond Chang. – 5th ed



 

Bunda, C

1

 va C



– o`zgarmas koeffisiyentlar, ψ

1

 va ψ


2

-ayni elektronning 1- va 

2- yadroga oid funksiyalari, ya’ni ψ

1

- simmetrik,  ψ



2

-antisimmetrik funksiyalar. 

Molekulyar  orbitallar  metodida  kimyoviy  bog`lanishning  hosil  bo`lishi 

bog`lanish  tartibi  N  bilan  tavsiflanadi,  uni  topish  uchun  bog`lovchi  orbitallardagi 

elektronlar  sonidan  bo`shashtiruvchi  orbitallardagi  elektronlar  sonini  ayirib,  natijani 

ikkiga bo`linadi.  

2

`



`

sh

bo

bog

n

n

N



 

Agar  N  ning  qiymati  noldan  kata  bo`lsa,  u  holda  ikki  atom  ta’sirlashganda 

molekulalar hosil bo`ladi. Agar N ning qiymati nolga teng yoki noldan kichik bo`lsa 

molekula hosil bo`lmaydi

7

.  


Masalan,  

2

2



4

2

4



8

2





O

N

      

3

2



6

2

4



10

2





N

N

         

1

2



0

2

2





H

N

 

 

Kislorod  molekulasining  hosil  bo`lishida  atomlarning  2s



2

2p

4



  elektronlari 

ishtirok etadi: 

 

Kislorod  molekulasining  2π  bo`sh  orbitalida  faqat  2  ta  p-elektron  bor, 



vaholanki bu orbitalda 4 ta elektron bo`lishi mumkin edi. Shu sababli Hund qoidasiga 

ko`ra  2  ta  2π  bo`shashtiruvchi  orbitalda  2p-elektron  parallel  spinlarga  aga  bo`lishi 

kerak. 2 ta toq elektroni borligi uchun kislorod  paramagnit modda bo`lib, suyuq va 

kristall holda magnitga tortiladi

8



 



 

Rasm

Suyuq 


va 

qattiq 


holdagi 

kislorodning  paramagnitlik  xususiyati.  2 

ta parallel spinli elektronlar hisobidan. 

 

                                                           



7

 Аҳмеров Қ., Жалилов А., Сайфутдинов Р. Умумий ва анорганик кимё. Т.: Ўзбекистон. 2003. 134-138 бетлар.

 

8

 General chemistry : the essential concepts / Raymond Chang. – 5th ed. 340-343 betlar. 



Yoki, quyidagicha ifodalash mumkin: 

 

 



 

H

2



 molekula uchun energetik holatni quyidagicha yozish mumkin

9

  



 

 

 



Rasm 

1. 


Molekulyar 

 

vodorod 



molekulasining hosil bo’lishi. 

Rasm  2.  Vodorod  ionini  hosil  bo’lishi. 

molekulasining hosil bo’lishi. 

 

Bundan  tashqari  CO  molekulasining  MO  metodi  yordamida  hosil  bo`lishini 



ko`rish  mumkin.  CO  molekulasida  6  ta  bog`lovchi  elektronlar  borligi  sababli, 

BT=3ga teng bo`ladi.  



 

                                                           

9

 General chemistry : the essential concepts / Raymond Chang. – 5th e d. 343-348-betlar. 



 

 

Bundan  tashqari  NH

3

  molekulasining  MO  metodi  yordamida  hosil  bo`lishini 



ko`rish mumkin:  

 

 

 

Ammiak  molekulasida  azotning  1s-,  2s-  orbitallarining  energiyasi  past 

ekanligini  hisobga  olib,  undagi  elektronlar  bog`lanmaydi  deb  hisobga  olsak,  barcha 

orbitallarning soni  8 ta 5  ta azotda, 3  ta vododrodda, ulardan 3  ta bog`lovchi, uchta 

bo`shashtiruvchi, 2  ta  bog`lanmaydigan  MO  hosil  bo`ladi.  Bu  molekulada  BT=3  ga 

teng


10

                                                           



10

 

Парпиев Н.А., Раҳимов Ҳ.Р., Муфтахов А.Г. Анорганик кимё назарий асослари. Т.: Ўзбекистон. 2000. 179-186 



бетлар.

 

 



Nazorat savollari: 

1.  Gibridlanish deganda nimani tushunish mumkin? 

2.  Gibridlanish qanday turlari mavjud? 

3.  sp-gibridlanish qanday hosil bo`ladi? 

4.  sp

2

-gibridlanish qanday hosil bo`ladi? 



5.  Sp

3

-gibridlanish qanday hosil bo`ladi? 



6.  MO metodi qanday xususiyatlarga ega? 

7.  MO ning afzalligi nimada? 

8.  MO molekulalarning qaysi xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi? 

9.  Oddiy  va  murakkab  molekulalarning  MO  orqali  hosil  bo`lishida  qanday 

farq kuzatiladi? 

10. CO va HF hosil bo`lishini qanday izohlash mumkin? 



 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  Raymond  Chang.  General  Chemistry:  The  Essential  Concepts.  5  edition, 

England 2013. 313-340- betlar. 

2.  Парпиев Н.А., Раҳимов Ҳ.Р., Муфтахов А.Г. Анорганик кимё назарий 

асослари. Т.: Ўзбекистон. 2000. 179-186 бетлар. 

3.  Toshpulatov  Yu.T.,  Raxmatullayev  N.G.  Anorganik  kimyo  (nazariy 

asoslari). T.: TDPU. 2005. 92-94-betlar.   

4.  Аҳмеров Қ., Жалилов А., Сайфутдинов Р. Умумий ва анорганик кимё. 



Т.: Ўзбекистон. 2003. 134-138 бетлар. 

 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling