16-мавзу. Elektr kofe qaynatkichlarni tuzatishni o‘rganish, ishlash prinsipini o‘rganish va uni joriy ta’mirlash
Download 280.91 Kb. Pdf ko'rish
|
лотинча 16-1
16-МАВЗУ. ELEKTR KOFE QAYNATKICHLARNI TUZATISHNI O‘RGANISH, ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH VA UNI JORIY TA’MIRLASH NAZARIY QISM: Elektr kofe qaynatgichlar (1-jadval) quyidagi tiplarda tayyorlanadi: EKV-vakuumli, EKK-kompresnoy, EKP-perkolyasion, EKF- filtratsiyali. Vakuumli elektr kofe qaynatkiyada kofe issiq suv va bug‘ning tuyilgankofe qatlami orqali bosim ostida bir marta o‘tishi va tayyor mahsulotning hosil bo‘lgan vakuum hisobiga suv uchun mo‘ljallangan idishga qaytib kelishi bilan tayyorlanadi. Kompression kofe qaynatkichda kofe belgilangan bosimda suv yoki bug‘ning tuyilgan kofe qatlami orqali bir marta o‘tishi bilan kofe tayyorlanadi. Perkolyasion elektr kofe qaynatgichda kofe issiq suv yoki bug‘ning tuyilgan kofe qatlami orqali ko‘p marta o‘tishi natijasida tayyorlanadi. Filtratsion elektr kofe qaynatgichda kofe issiq suvning dozator filtirida (turida)gi tuyilgan kofe qatlami orqali bir marta o‘tishi bilan tayyorlanadi. Elektr kofe qaynatkichlarning shartli belgisiga: tipi, tayyorlangan kofening nominal miqdori, nominal iste’mol quvvati va nominal kuchlanishi kiradi elektr kofe qaynatkichlarining konstruksiyalarida ularning qulayligini oshiruvchi qo‘shimcha qurilma va kerak-yaroqlar (kofeni issiq holda saqlab turuvchi qurilma, vaqt relesi, yorug‘lik signalizatsiyasi, tuyilgan kofe uchun o‘lchov idishi, qog‘oz filtrlar, tarmoq vklyuchateli va boshqalar)dan foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Elektr kofe qaynatkichlarning korpusi va qopqog‘i alyuminiy qotishmasidan, zanglamaydigan po‘latdan, latundan, diflondan, chinnidantayyorlanadi. Elektr kofe qaynatkichlarning dastalari penoplast yoki penopropilendan tayyorlangan. Elektr
kofe qaynatkichlarda issiqlik cheklagichlar va termoviklyuchatellar ishlatiladi. Issiqlik cheklagich kofe tayyorlaganidan keyin elektr kofe qaynatkichni tarmoqdan uzib qo‘yishi kerak. Termoviklyuchatelning vazifasi-suv (kofe)
qaynaganida elektr
kofe qaynatkichni ishdan chiqishdan saqlash va uning qoplamasining (sirining) ko‘chib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik. Elektr kofe qaynatkichlar ulash shnurining uzunligi 1,5m. Perkolyasion elektr kofe qaynatkich. Perkolyasion (geyzerli) elektr kofe qaynatkichda suv korpusning rezervuariga quyiladi va aynan bir vaqtda bu suv rezervuar ga ham o‘tadi; geyzer bu rezervuarlarni bir-biridan ajratib turadi. Elektr isitkich tarmoqqa ulanganida rezervuardagi suv qaynaydi. Bunda rezervuardagi bosim ortadi. Qo‘zg‘aluvchan shayba klapanning teshigining berkitadi, suv geyzer bo‘ylabyuqoriga ko‘tarilib, qopqoq orqali kofe solingan turli silindrga tushadi, kofe orqali o‘tadi va rezervuarga tushadi. Bunda rezervuarda bosim kamayadi, shayba pastga tushib, klapanning teshigini ochadi. Rezervuardan suvning navbatdagi porsiyasi rezervuarga tushadi. To suvning hammasi kofe orqali yuqorida ko‘rsatilgan tarzda o‘tib bo‘lmaganiga qadar sikl qayta-qayta takrorlanib turadi. Geyzerdan suvning shiddat bilan chiqishi ichimlik tayyor bo‘lganligini bildiradi. Kofe qaynatkich korpusida quyiladigan suvning hajmini bildiruvchi belgi bor. EK-0,3elektr kofe qaynatkichi. Kompression tipdagi bu kofe qaynatkich quyidagicha ishlaydi. Rezervuarda turgan suv isitilganida qaynaydi va bug‘ bosimi ta’sirida perforatsiyalangan suv taqsimlagichdagi diskdagi kichik naychadan katta naychaga, so‘ngra tuyilgan kofe solingan filtrga siqib chiqariladi. Tayyor ichimlik pastki qopqoqning teshikchasidan piyolachaga oqib tushadi. Ichimlik tayyorlash uchun yuqorigi plastmassa kallakni burab chiqarish va yuqorigi qopqoqni olish kerak, so‘ngra rezervuarga kerakligicha suv solinadi, kofe qaynatkichni chap qo‘l bilan plastmassa stoykasidan ushlab turib, o‘ng qo‘l bilan dastani turib, qopqoqni burab olinadi, buning uchun uni soat strelkasi harakatiga qvrama qarshi yo‘nalishda buraladi. Filtrni tuyilgan kofe bilan to‘ldirib, uni kofe qaynatkichning qopqog‘iga quyiladi. Kofe qaynatkich elektr tarmog‘iga ulanganidan keyin 13-15minut o‘tgach, tayyor ichimlikkofe qaynatkichning asosiga o‘rnatilgan piyolachaga avtomatik tarzda quyiladi. Tig‘izlovchi qistirmalarning eyilishi natijasida kofe qaynatkich ishlab turganida qopqoq tagidan suv oqishi kallagi tagidan bug‘ chiqishi mumkin. Bunday
nosozliklarni tuzatish uchun tegishlitig‘izlash qistirmalarini almashtirish zarur. Suv oqqanida rezina tig‘izlagichlar 10 yoki 15 ni, bug‘ sizib chikdanida esa kallak sterjeni 9 ga o‘rnatilgan tirizlash shaybasi b ni almashtirish kerak. Rezervuardagi naycha ifloslanib tiqilib qolgan hollar ham bo‘ladi. Bunda tayyor ichimlik kofe qaynatkichdan tushmaydi, yuqorigi tiqindagi saqlagich klapan 5 orkali esa bug‘ chiqa boshlaydi.Bu naychani qattiq (po‘lat) sim bilan tozalash mumkin, buning uchun naychaning yuqorigi uchini berkitib turuvchi tiqin 11 ni burab olish kerak. Ba’zan suv cho‘kmasidan hosil bo‘lgan qatlam klapan sharigi 12 ning naycha teshigiga jips tegib turishiga xalal berishi sababli kofe kaynatkichdan ichimlik tushmaydi. Bu holda ham naychaning yukorigi uchini berkitib turuvchi klapan tiqinini burab olish, klapan sharigini ko‘tarish va cho‘kma katlamini olib tashlash kerak. Bunda klapan tiqinidagi kichik teshiklarning ifloslanib qolmaganligini tekshirib turish zarur, chunki bu hol tayyor kofening normal tushmasligiga olib kelishi mumkin. Download 280.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling