Kislota – asos titrlash egriligi- eritma pH ni (ordinata) qo‘shilayotgan titrant hajmiga (abssissa) bog‘liqligi bo‘lib, u ikkita savolga javob beradi:
1. Moddani titrimetrik taxlil usulida aniqlash mumkin yoki mumkin emasligi.
2. Agar mumkin bo‘lsa, ekvivalent nuqtani aniqlash uchun qaysi indikatorni qo‘llash mumkinligi.
Titrlash egriligini chiqarish uchun titrlanuvchi eritma pH ni, kislota va asoslarni dissotsiatsiya doimiysidan keltirib chiqarilgan formulalardan foydalaniladi.
Hisoblashlarni soddalashtirish uchun eritmalarning konsentratsiyalari o‘zaro teng 0,1N va titrlash oxirigacha xajm doimiy 20,00 ml deb qabul qilamiz. Bunda maksimum 0,3 pH (lg2) xatolik yo‘l qo‘yilib, uni e’tiborga olmaslik mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |