16-Mavzu: Kommutastiya apparatlarining tanlanishi va ularning termik va dinamik chidamligini tekshirish. Reja


Download 0.64 Mb.
bet4/4
Sana05.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#203068
1   2   3   4
Bog'liq
16-Маьруза

Havo o’chirgichlari

Havo o’chirgichlarida yoy siqilgan havo bilan so’ndiriladi, tok o’tkazuvchi qismlar bilan yoy so’ndiruvchi qurilma esa, chinni yoki boshqa qattiq izolyastiyalovchi materiallar bilan izolyastiyalanadi.

Havo o’chirgichlarining konstruktiv sxemalari turlicha bo’lib, ularning nominal kuchlanishi, uzilgan holatdagi kontaktlar orasida izolyastion oraliq hosil qilish usuli, yoy so’ndiruvchi qurilmaga siqilgan havoni yuborish usuliga bog’liq.

Katta nominal toklarga mo’ljallangan o’chirgichlarda (16.9–rasm, a,b) kam moyli MG va MGGlariga o’xshash bosh va yoy so’ndiruvchi kontur mavjud. O’chirgich ulangan holatda tokning asosiy qismi ochiq joylashgan bosh kontaktlar 4 bo’yicha o’tadi. O’chirgichlar uzilganda bosh kontaktlar birinchi bo’lib uziladi, bundan so’ng tok kamera 2 ga joylashgan yoy so’ndiruvchi kontaktlardan o’tadi. Bu kontaktlarning uzilish momentida kameraga idish (zahirauar) 1 dan siqilgan havo beriladi, yoyni so’ndiruvchi kuchli puflash hosil bo’ladi. Puflash bo’ylama (16.9–rasm, a) yoki ko’ndalang (16.9–rasm, b) bo’lishi mumkin. Uzilgan holatda kontaktlar orasida kerakli izolyastion oraliq yoy so’ndiruvchi kamerada kontaktlarni kerakli oraliqqacha ajratish yo’li bilan (16.9–rasm, b) yoki ochiq joylashgan maxsus ajratgich 5 (16.9–rasm, a) bilan hosil qilinadi. Ajratgich 5 uzilgandan so’ng kameraga siqilgan havo haydash to’xtatilib, yoy so’ndiruvchi kontaktlar tutashadi.



16.9–rasm. Havo o’chirgichlarining konstruktiv sxemalari:

1–siqilgan havoli rezerzuar; 2–yoy so’ndiruvchi kamera; 3– shuntlovchi rezistor; 4–bosh kontaktlar; 5–uzgich; 6–sig’imli kuchlanish bo’lgich.

Bu konstruktiv sxema asosida tayyorlangan o’chirgichlar ichki tizilmalar uchun 15 va 20 kV li kuchlanish va 20000 A gacha bo’lgan toklar (VVG seriyasi) ga mo’ljallab ishlab chiqariladi.

Ochiq tizilmadagi o’chirgichlarda yoy so’ndiruvchi kamera chinni izolyator ichiga joylashib, 35 kV li kuchlanishga har bir faza uchun bitta uzilish bo’lishi etarli hisoblanadi (16.9–rasm, v), 110 kV ga esa har fazaga ikkita uzilish lozim bo’ladi (16.9–rasm, g). Bu konstrukstiyalar orasidagi farq shundaki, 35 kV li o’chirgichda izolyastion oraliq yoy so’ndiruvchi kamera 2 da hosil qilinadi, 110 kV li va undan yuqori kuchlanishli o’chirgichlarda esa yoy so’ndirilgandan keyin ajratgich 5 kontaktlari uziladi va ajratgich kamerasi uzilgan holatdagi butun vaqt ichida siqilgan havo bilan to’la bo’ladi. Bunda siqilgan havo yoy so’ndiruvchi kameraga berilmaydi va undagi kontaktlar tutashadi. 16.9– rasm, g dagi konstruktiv sxema bo’yicha 500 kV gacha kuchlanishga mo’ljallangan VV seriyadagi o’chirgichlar yaratilgan. Nominal kuchlanish qancha yuqori va uziladigan quvvat qancha katta bo’lsa, yoy so’ndiruvchi kamerada va ajratgichda shuncha ko’p uzilishlarga ega bo’lishi kerak (330 kV ga–sakkizta; 500 kV ga–o’nta).

Ko’rilgan konstrukstiyalarda o’chirgichning asosi oldida joylashgan idishdan havo yoy so’ndiruvchi kameraga beriladi. Agar kontakt tizim erdan izolyastiyalangan siqilgan havo idishiga joylashtirilsa, u holda yoyni so’ndirish tezligi ancha ortadi. Shunday prinstip VVB seriyali o’chirgichlarga asos qilib olingan (16.9–rasm, d). Bu o’chirgichlarda ajratgich yo’q. O’chirgich uzilganda bir vaqtning o’zida siqilgan havo idishi hisoblangan yoy so’ndiruvchi kamera 2, puflash klapanlari orqali atmosfera bilan tutashadi, bunda yoyni so’ndiruvchi puflash hosil bo’ladi. Uzilgan holatda kontaktlar siqilgan havo muhitida bo’ladi. Bunday konstruktiv sxema asosida 750 kV gacha mo’ljallangan o’chirgichlar yaratilgan. Yoy so’ndiruvchi kameralar (modullar) ning soni kuchlanishga bog’liq (110 kV ga–bitta; 220 kV ga– ikkita; 330 kV ga–to’rtta; 500 kV ga–oltita; 750 kV ga–sakkizta).

Uzilishlar bo’yicha kuchlanishni bir xil taqsimlash uchun omli 3 va sig’imli 6 kuchlanish bo’lgichlari ishlatiladi.



Ayrim havo o’chirgichlaryning konstrukstiyalarini batafsil ko’rib chiqamiz.

Havo o’chirgichi VVG–20 kuchli generatorlarning zanjirlariga o’rnatish uchun mo’ljallangan va 20000 A gacha nominal tokka hisoblangan (16.10–rasm).

Tok o’tkazuvchining bosh konturi kontakt chiqqichlar 4 va ajratgich 5 dan iborat. Yoy so’ndiruvchi kontur ikkita kamera 3 va 8, rezistorlar 2, uzgich 9 dan tashkil topgan. Ikkinchi kameraning rezistori 2 bilan ketma-ket holda o’z rezistori 7 va uchqun oralig’iga ega bo’lgan yordamchi kamera 6 ulangan. Ulangan holatda tokning asosiy qismi bosh kontur bo’yicha o’tadi.

O’chirgich quyidagi tartibda uziladi: ajratgich 5 ning kontaktlari uziladi va tokning hammasi yoy so’ndiruvchi konturga o’tadi, so’ngra bu erda 3 va 8 kameralardagi yoy so’ndiruvchi kontaktlar uziladi. Shu momentda kameraga bo’ylama puflash hosil qiluvchi siqilgan havo (2 MPa bosim ostida) beriladi, natijada yoy 0,01s dan so’ng so’nadi. Rezistor 2 qarshiliklar orqali o’tayotgan tok yordamchi kamera 6 ning kontaktlari tomonidan uziladi. Bunda ikkita holat bo’lishi mumkin. Agar o’chirgich q. t. ning katta tokini uzsa, zanjirning reaktiv qarshiligi esa shuntlovchi rezistorlar 2 ning aktiv qarshiligidan ancha kichik bo’lsa, u holda tiklanayotgan kuchlanish tezligi kichik va uzish jarayoni yoyni yordamchi kameraning kontaktlarida so’ndirish bilan tugallanadi. Agar o’chirgich zanjirdagi induktiv qarshiligi katta bo’lgan tokni uzsa (uning miqdori rezistorlarning aktiv qarshiliklari bilan solishtirilishi mumkin yoki undan katta), u holda yordamchi kameraning kontaktlaridagi tiklanayotgan kuchlanish tezligi katta bo’ladi. Bunda yoy so’ngandan keyin kamera 6 ning kontaktlaridagi oraliqda uchqun hosil bo’ladi va kontaktlarga parallel ravishda shuntlovchi rezistor 7 ulanadi.


16.10–rasm. VVG-20 havo o’chirgichi:



a–umumiy ko’rinishi; b–funkstional elektr sxemasi; 1–tayachch izolyator; 2–rezistorlar; 3–yoy so’ndiruvchi asosiy birinchi kamera; 4–kontakt chiqqichlari; 5–ajratkich pichoqlari; 6–yordamchi kamera; 7–rezistor; 8–yoy so’ndiruvchi asosiy ikkinchi kamera ; 9–uzgich.





Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling