16-mavzu: sel oqimi, uni oldini olish va qarshi kurash tadbirlari rеjа
Download 396.52 Kb. Pdf ko'rish
|
16-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 1. Sel oqimini paydo bo`lishi va keltiradigan zararlari.
16-mavzu: SEL OQIMI, UNI OLDINI OLISH VA QARSHI KURASH TADBIRLARI
1. Sel oqimini paydo bo`lishi va keltiradigan zararlari. 2. Sel oqimini oldini olish va qarshi kurash choralari. 3. Sel oqimiga qarshi kurashishda gidrotexnik tadbirlar.
Tog`, tog` oldi va adir mintaqa-larida kuchli jala quyish yoki qorlarni jadal erishi natijasida qisqa muddatda katta tezlik bilan loy, qum, tosh aralash xolda vuj- udga kelgan suv oqimiga sel deyiladi. O`zbekistonda sel oqimi Farg`ona vodiysida, Qashqadaryo, Surxandaryo, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlaridagi tog`lik-larda keng tarqalgan. Bu yerlarda yiliga bahor oylarida 2-5 martagacha sel oqimi vujudga keladi, ularning oqosh davomiligi 2-3 soatdan 10-12 soatgacha davom etadi. Sel oqimi qishloq xo`jaligiga juda katta zarar keltiradi.Sel axoli yashaydigan joylarni qishloq xo`jalik binolarini, chorvachilik fermalarini, ekin maydonlarini, suv oborlarini sugorish inshoatlarini, temir va avtomobil yullarini ko`priklarni buzadi. Ularni loyqa, qum, shag`al, tosh aralashmalari bilan ko`mib tashlaydi. Sel oqimi natijasida tuproqning yuvib ketilishi juda kuchli bo`ladi. Nishabligi 2-4 0 dan ortiq bo`lgan yerlarda bir mavsum-dagi sel oqimi natijasida 20-50 t/ga tuproq yuviladi. Sel oqimi jala yog`ining jadaligiga, davomiligiga, erning rel`efiga, o`simlik qoplamiga tuproqning tarkibiga, suv-fizik xossalariga, unumdorligiga bog`-liq bo`ladi. Tog` va tog` yon bag`rilarida tabiiy o`simliklar qoplami (daraxtlar, butazorlar, o`tloqlar) buzilganda, chorvo mollarini yaylovlarda boqish tartibiga rioya qilinmaganda, yerlar asossiz shudgor qilinganda sel oqimi paydo bo`lish kuchayadi.
Download 396.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling