16 mavzu: Xorazm mintaqasi turizmi rivojlanishi holati
“Said Alovuddin pir” ziyoratgohi
Download 7.9 Mb. Pdf ko'rish
|
16.1 - Prezentatsiya
“Said Alovuddin pir” ziyoratgohi
Nurullaboy saroyi Muhammad Rahimxon II (1845-1910) xivalik bir boy Nurullaboydan o‘z bog‘ini sotishini so‘raydi. Savdogar Nurullaboy bitta shart bilan rozi bo‘ladi, bog‘ning nomi o‘zgarmasligi kerak edi. Xon shartga rozi bo‘ldi. Shunday qilib, Nurullaboy nomi saqlanib qoldi. Muxammad Rahimxon II bog‘ hududida sevimli o‘g‘li Asfandiyorxon (1871-1918) uchun katta yozgi saroy qurishga qaror qiladi. Saroy Ichan-Qal’aning shimoli- g‘arbiy qismida joylashgan. U baland devor bilan o‘ralgan va to‘rtta hovlidan iborat Retseptlar mintaqadan mintaqaga qarab o‘zgarib turadi. Tabiiy sharoiti juda qiyin bo‘lganligi sababli Xorazm oshxonasining taomlari O‘zbekistondagi o‘ziga xos taomlardan hisoblanadi. Ko‘pincha bitta noodatiy taomni uchratishingiz mumkin ... U “qaynatilgan tuxum” deb tarjima qilingan “tuxum-barak” deb nomlanadi. Siz g‘ayrioddiyligi nimada deb so‘rashingiz mumkin? Tayyor taom shakli qaynatilgan chuchvaraga o‘xshab ketadi, ammo ajoyibligi uning tayyorlanish usulidadir. Kesilgan xamir xom tuxum bilan to‘ldiriladi va oqib ketishga ulgurmasdan qaynab turgan suvga juda tez tashlanadi. Aytishlaricha bu taom xonlar uchun tayyorlagan. Bundan tashqari mahalliy xalqning eng sevimli taomi bu – baliqdir. Baliqlar Xivada beqiyos darajada tayyorlanadi va hatto dengiz mahsulotlarini yoqtirmaydigan odam ham mahalliy baliqni pishirishning o‘ziga xos uslubiga befarq bo‘la olmaydi, deyilsa mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, shirin taomlardan yana biri bu Shivit Osh yoki Yashil lag‘mondir . Bu taomdagi lag‘monga yashil rang berish uchun maxsus texnikadan foydalangan holda shivit ko‘kati qo‘shib tayyorlanadi. U go‘sht va sabzavotli qayla hamda qatiq bilan tortiladi. Oshxona 🍽 Sovg‘alar va suvenirlar 🛍 O‘zbekistonning boshqa shaharlarida kabi Xivada ham turli xil suvenir, sovg‘alarni sotib olish mumkin. Ular orasida faqat Xorazm viloyatida sotib olinishi mumkin bo‘lgan juda qiziq narsalar bor. Birinchisi – qo‘lda yasalgan qo‘g‘irchoqlar. Xiva hududida qo‘g‘irchoq teatri mavjud bo‘lib uning yoshi 2000 yilga yaqin! Shu sababli, sahnada namoyish etish uchun qo‘g‘irchoqlar tayyorlash asrlarga borib taqaladi, ammo hozirgacha qo‘g‘irchoq spektakllarga bo‘lgan muhabbat yo‘qolmagan. Xorazmliklarning asosiy xislatlaridan yana biri qadimgi davrlardan beri tayyorlanadigan C ʼho‘g‘irma bosh kiyimlaridir . Ko‘rinishidan u juda katta va og‘irdek tuyuladi, lekin aslida u juda yengil va qulay. Cho‘g‘irma boshda maxsus mikroiqlim yaratib, yozda qizib ketishdan, qishda esa sovuqdan saqlaydi. Qadimgi davrlarda bunday cho‘g‘irmalar juda qimmat bo‘lgan. Ularning narxi tuya narxiga tenglashtirilgan, shuning uchun uni faqat badavlat odamlar sotib olishlari mumkin edi. Hozirda uning narxi ancha past va g‘ayrioddiy bosh kiyimlarni sevuvchilarga yoqishi aniq! Shuningdek, Xiva hududida turli xil yog‘och hunarmandchilik buyumlarini sotib olishingiz mumkin. Mahalliy hunarmandlar mayda shaxmat donalaridan tortib to hassa va hatto o‘yma eshiklargacha hamma narsani yaratadilar! Ma’lumki, Xorazm diyori dunyo sivilizatsiyasining eng qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, milliy davlatchiligimizning asoslari ham dastlab mana shu yerda yaratilgan. Xalqimiz manaviyatining noyob yodgorligi bo‘lgan «Avesto» kitobi ham Xorazm tuprog‘ida yaratilgani bugungi kunda ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. «Xorazm» so‘zi ham ilk bor ana shu noyob kitobda uchraydi. Xorazm so‘zi forscha «xvar» - quyosh va «azm» - o‘lka, yer, yurt so‘zlarining birikmasidan kelib chiqqan bo‘lib, «quyoshli o‘lka» degan ma’noni anglatadi. Qadimda bu zaminda massaget, sak, apasak, os, dax kabi urug‘ va qabilalar yashagan. Bu ko‘hna zamin dunyoga algebra, algoritm kabi fanlarga asos solgan Muhammad Muso Xorazmiy, Xristofor Kolumbdan besh yuz yil oldin Atlantika ummoni ortida quruklik, noma’lum qit’a borligini aytib, yerning aylana shakldagi xaritasini yaratgan Abu Rayhon Beruniy, arab tilining mukammal qonun-qoidalarini ishlab chiqqan, butun musulmon olamida Jorilloh, ya’ni Ollohning qo‘shnisi degan nomga sazovor bo‘lgan Mahmud Zamahshariy singari allomalarni bergan. Xorazm viloyati Paxlavon Mahmud, Sulton Uvays, Nosiruddin Rabg‘uziy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Bahouddin Valad va uning buyuk o‘g‘li Jaloliddin Rumiy, Abulqosim Ali Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis, Bayoniy, Chokar, Hojixon Boltaev, Komiljon Otaniyozov singari ko‘plab mutafakkir, ilm-fan va san’at namoyandalarining vatani hisoblanadi. Viloyatda tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish dasturiga ko‘ra sanoatni qayta jixozlash, kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada yaxshilash va ularning qayta ishlashini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish soxasini hamda sayyoxlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan Qarori agrar yo‘nalishda bo‘lgan viloyat xalq xo‘jaligidagi sanoat ulushini oshirish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, turmush faravonligi darajasini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu muhim hujjat qabul qilinganidan keyin o‘tgan davrda 300 mln. dollardan ortiq investitsiya mablag‘lari hisobiga yangidan 430 dan ziyod ishlab chiqarish quvvatlari bunyod etildi. Shu yo‘nalishdagi eng katta loyihalardan biri “GM O‘ZBEKISTON” qo‘shma korxonasining Xorazm viloyat filiali tashkil etilganligi bo‘ldi. Pitnak shahridagi bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlari qisqa vaqtda rekonstruksiya qilinib, eng zamonaviy ishlab chiqarish majmuasiga aylantirildi. Natijada bugun viloyatning eng chekka tumanida “DAMAS”, “ORLANDO” va “LABO” kabi engil avtomashinalar ishlab chiqarilmoqda. Bu tadbirning yana bir muhim jihati ushbu korxona ish boshlagach avtomobillarning ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish dasturi asosida vohada avtomobil ehtiyot qismlari tayyorlashga ixtisoslashgan qator kichik ishlab chiqarish quvvatlari faoliyat ko‘rsata boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risidagi qarori bu boradagi ishlarimizni yangi darajaga olib chiqdi. Ushbu Davlat dasturi doirasida bugungacha yuzdan ortiq sayyohlikka doir loyiha amalga oshirildi. Yigirmadan oshiq madaniy me’ros ob’ektlarida qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. “Ichan qala”, “Dishon qal’a”, “Qalajik qal’a” devorlarida, “Muzxona” yodgorligi, “To‘rt shavvoz” majmuasi va “Bog‘i shamol”, Ollaqulixonning yozgi dala hovlisida katta hajmdagi rekonstruksiya tiklash tadbirlari amalga oshirildi. YAngi sayyohlik yo‘nalishlari va xizmatlari joriy etildi. Urganch shahrida SHovot kanali bo‘yida, Xiva tumanida “Chodra bog‘”, “Xiva qorako‘l” fermer xo‘jaligida, “Eshon Ravot” ko‘lida, Bog‘ot tumanida “Qalajiq qal’a”, Urganch tumanidagi “Ulli hovli” ob’ektlarida zamonaviy sayyohlik infratuzilmalari yaratilgan. Hozirgi kunda viloyatda 2 ta muzey, 11 ta madaniy va istirohat bog‘lari, 134 tarixiy obidalar, 34 ta diniy ziyoratgohlar, 65 ta madaniy dam olish maskanlari faoliyat yuritmoqda. Viloyatda turizm sohasini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ijobiy natijalari turistik xizmatlar hajmining o‘sishida o‘z aksini topmoqda. Shlardan kelib chiqib buni quyidagi ko‘rsatkichlar orqali ko‘rib chiqishimiz mumkin. Xorazm viloyatiga 2015 yilda tashrif buyurgan jami (xorijiy va mahalliy) sayyohlar soni 63,4 mingdan ortiqni tashkil qilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich 75,8 mingdan ortiqni tashkil qilib, deyarli 20% ga oshgan. Birgina, 2015 yilning o‘zida dunyoning 80 dan ortiq davlatidan 40,6 mingga yaqin xorijiy sayyohlar viloyatimizga tashrif buyurishgan bo‘lishsa, 2016 yil yakuni bilan, bu ko‘rsatkich 46,6 mingdan ortiqni tashkil qilib, o‘tgan yilning Sh davriga nisbatan 15% ga oshgan Sh jumladan, MDH davlatlaridan 2015 yil davomida 5767 ta sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2016 yilda ushbu ko‘rsatkich 6600 tani tashkil qilib, 15 foizga oshgan. 2015 yilda 22767 ta mahalliy sayyohlar tashrif buyurgan bo‘lsa, 2016 yilda ushbu ko‘rsatkich 29200 tadan ortiqni tashkil qilib, qariyb 30 foizga oshgan. 2012 yilda xorijiy va mahalliy sayyohlarga ko‘rsatilgan jami xizmatlar hajmi 5562,1 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuni bilan 11389,9 mln so‘mni tashkil qildi va jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2012 yilga nisbatan ikki barobarga oshgan. 2017 yil 9 avgust holatiga Dastur bo‘yicha jami 2,9 trln.so‘m hamda 239,3 mln.dollarlik mablag‘lar sarflanishi rejalashtirilgan. Xususan: - bank krediti mablag‘lari hisobidan 932,5 mlrd.so‘m va 26 mln.dollar; - o‘z mablag‘i hisobidan 853,8 mlrd.so‘m va 77,1 mln.dollar; - boshqa manbalar hisobidan 1,1 trln.so‘m va 136,2 mln.dollar investitsiyalar sarflanishi rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘larni yo‘nalishlar kesimida tahlil qilinganda: - qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksi bo‘yicha 20,9 mlrd.so‘m va 152 mln.dollar; - makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksi bo‘yicha 2754,6 mlrd.so‘m va 87,5 mln.dollar; - Xorazm viloyatining Xiva tumanida turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 1,2 mlrd.so‘m; - eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi bo‘yicha 16,4 mlrd.so‘m; - geologiya, yoqilg‘i-enyergetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi bo‘yicha 49,5 mlrd.so‘m; - sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi bo‘yicha 41,0 mlrd.so‘m; - boshqa masalalar bo‘yicha 1,0 mlrd.so‘m sarflanishish belgilangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling