16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/61
Sana12.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1262803
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
Bog'liq
2.Falsafa va xayot soxasidagi karashlar

Kalit so`zlar: Tafakkur, ong, fikr, tasavvur, jamiyat, ta`kidlash.
Mavzuning maqsadi: Jamiyatdagi insonlarni kam ko`stsiz, salbiy natijalarsiz hayotiy 
fikr yuritishga undash. Turli kasallik bilan xastalangan bemorlarni o`z ongi va tafakkuridan 
foydallangan holda holda davo topishi mumkinligiga ishontirish.
Mavzuning vazifasi: Hayotiy qarashlar, ularni to`g`ri izga solish. Jamiyatdagi har bir inson 
tafakkurida hosil bo`lgan va sayqallanayotgan tarqoq ijobiy fikrlarni ma`lum maqsad sari 
yo`naltirish orqali o`z hayotlarini yanada yaxshilash. Har qanday tarqoq holda vujudga kelgan 
fikr bilan xavfli o`yin o`ynash mumkinligini isbotlash va natijalarini ko`rsatib berish.
Mavzuning dolzarbligi: Oilada farzand dunyoga kelar ekan uni kelajakda qanday inson 
bo`lib yetishishi, qaysi kasb egasi bo`lishi, jamiyatda va hayotda o`z o`rnini topa olishi va shu 
kabi ko`pgina jihatlar ota-ona ya`ni oilasiga bog`liq.
Farzand ulg`ayar ekan atrofdagilar va atrofida bo`layotgan voqeiyliklarga o`z bilganicha
mustaqil fikr yurita boshlaydi. Jamiyatda bo`layotgan hodisalar ulg`ayotgan yangi jamiyat 
a`zosiga voqeyliklar bilan bilvosita ta`sir o`tkazadi. Bu vaqtda esa eng muhim jarayon amalga 
oshayotgan bo`ladi. Ya`ni uni bu fikrlashlarini kimdir masalan oila a`zolari bilan birgalikda 
bo`lishgisi va tahlil qilgisi keladi albatta. Bunday vaziyatda esa uning ota-onasi yoki eng yaqin 
oila a`zolari bu fikrlarinni muhokama qilishi va to`gri yo`lga solishni o`rgatishlari lozim. Bu 
esa farzandni kelajakda yaxshi komil inson bo`lishiga yoki butunlay salbiy inson bo`lishini 
belgilaydi. Biroq ba`zilar bunga e`tibor ham qilishmaydi. 
Fikr yoki g`oya bilan juda xavfli o`yin o`ynash mumkin. Bu va yuqoridagi yangi jamiyat 
a`zosini kurtak ochib rivojlanishida fikrni qanday rol o`ynashiga misol keltiraman.
Deylik oynasoz usta bu- oila rolida va u yasayotgan lupa yoki qabariq linza bu-farzand, lupani 
ya`ni linzani sayqallash esa – butun tarbiya jarayoni deb olamiz. Oynasoz usta shisha mahsulotni 
tayyorlaydi, sayqallaydi va uni qay maqsadda sayqallaganiga ko`ra ish bajaradi. Masalan: nurni 
sindirish xususiyati sabab uni lupa ko`rinishida turli xil elektron mikroskop yoki bo`lmasa 
texnogen vositalarda foyda olish uchun ishlatish va aksincha ma`lum masofada nurni yaxlitlashi 
orqali vayronkor o`t chiqarishi mumkin. Albatta u sindirgan nur, yaxlitlagan nur ongda hosil 
bo`lgan fikrlarga o`xshatish edi.
Irqchilik, diniy aqidaparstlik, vayronkorlik, terrorizm yuqordagi oynasozning xatosi sabab 
kelib chiqishi mumkin bo`lgan mudhish xatolik natijasidir.
Misol tariqasida katta qo`paruvchilik harakatiga ega bo`lgan Al-Qoida terroristik guruh 
asoschisi Oksfor universiteti talabasi bo`lganligini qayd etish mumkin.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling