16. Tahdidlarni kamaytirish
Download 36.74 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Detektorlar
- Kaspersky Antivirus, Norton AntiVirus, Doctor Web, Panda
- (Kaspersky Monitor) .
Antivirus dasturi. Virusni aniqlashning yana bir usuli – xotiradagi o‘zgarishlarni doimiy ravishda tahlil qilish, monitoring qilishdir. Bunda fayllarning axborot hajmlari, hosil qilingan sanasi tekshirib turiladi. Agar fayl parametrlaridan birortasi o‘zgarib qolsa, antivirus darrov mana shu o‘zgarishni o‘rganishga tushadi. Chunki, odatda viruslar fayllarning parametrlarini o‘zgartirib qo‘yadi. Antivirus dasturning eng muhim sifati zararli kodni aniqlash hisoblanadi. Bundan tashqari, ularning ishlash tezligi, xotirada egallaydigan joyining hajmi, kompyuter resurslarining qancha qismidan faol foydalanishi ham muhim ahamiyatga egadir. Chunki ba’zi antivirus dasturlar ishlayotganida kompyuter deyarli «qotib» qoladi. Antiviruslarning vazifasiga ko’ra turlari.
Detektorlar - virusning signaturasi (virusga talluqli baytlar ketma ketligi)bo‘yicha tezkor xotira va fayllarni ko‘rish natijasida ma`lum viruslarni topadi va xabar beradi. Yangi viruslarni aniqlay olmasligi detektorlar kamchiligi hisoblanadi. Faglar - yoki doktorlar, detektorlarga xos bo’lgan ishni bajargan xolda zararlangan fayldan virusni chiqarib tashlaydi va faylni oldingi xolatiga qaytaradi (Kaspersky Antivirus, Norton AntiVirus, Doctor Web, Panda). Antiviruslarning vazifasiga ko’ra turlari. Revizorlar(CRC-skaner, Monitor) — eng ishonchli ximoyalovchi vosita bo‘lib, diskning birinchi xolatini xotirasida saqlab, undagi keyingi o‘zgarishlarni doimiy ravishda nazorat qilib boradi (Kaspersky Monitor). Eng ko‘p ishlatiladigan antiviruslar ro‘yxati: 1.VIPRE Antivirus; 2.ESET NOD32 Antivirus; 3.Norton Security Standard; 4.Bitdefender Antivirus Plus; 5.Panda Antivirus Pro; 6.AVG AntiVirus Software; 7.Avast Pro Antivirus; 8.Kaspersky Anti-Virus Software; 9.McAfee AntiVirus Plus; 10.Avira Antivirus Pro. Bu dasturlarni o‘rnatish maxsus bilim, kalit, PIN, account va boshqalarnitalab qilmaydi. IT HELP CENTER tomonidan Windows userlariga quyidagi dasturlar taklif etiladi: 1 Malwarebytes; 2 Spybot; 3 Ad-Aware; 4 Spyware Blaster; 5 AntiTijorat; 6 Webroot Spy Sweeper. Ogohlantirish: Spyware larni o‘chirish dasturlari o‘zi ham Spyware bo‘lishi mumkin. Ushbu dasturlarni reklamalar orqali topib uni tekshirmasdan o‘rnatmang. Dastlab Spyware warrior sahifasi orqali qonuniy dasturlar ro‘yhatidan tekshiring. Kompyuter viruslari orasida keng tarqalgan zararkunanda dasturlar turi spyware yoki malware deb nomlanadi. Bunday viruslarga qarshi kurashish uchun faqatgina antivirus emas, balki anti-spyware dasturlarini ham qo‘llash zarur. Spyware kompyuterni juda ham sekinlashtirib qo‘yishi mumkin, sababi web brouzer sozlamalarini buzadi, sizning ma’lum huquqlaringizni bloklaydi yoki kompyuteringizdagi barcha dasturlarni zararlaydi. Download 36.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling