16-variant Talaba F. I. Sh guruh
Download 71.72 Kb.
|
investisiyа
16-variantTalaba F.I.SH Guruh1-TOPSHIRIQ Investitsiya faoliyati ishtirokchisining huquq va majburiyatlari. Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; oshkoralik va ochiqlik; investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi; adolatlilik va investitsiya faoliyati sub’ektlarining tengligi; investorlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik; investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan investitsiya faoliyatini erkin amalga oshirishga, investitsiya qilishni amalga oshirish hajmlarini, turlarini, shakllarini, sohasini va yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilashga; investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzishga; o‘z investitsiyalariga va investitsiya faoliyati natijalariga egalik qilishga, ulardan foydalanishga hamda ularni tasarruf etishga, shuningdek investitsiya faoliyati natijalarini sotishga va olib chiqishga; investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlarni soliqlar, yig‘imlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar (bundan buyon matnda soliqlar va to‘lovlar deb yuritiladi) to‘langanidan so‘ng mustaqil va erkin tarzda tasarruf etishga; o‘zi qabul qilgan barcha turdagi majburiyatlarning, shu jumladan qarz mablag‘larini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning ta’minoti sifatida o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan foydalanishga; o‘z investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilingan taqdirda munosib kompensatsiya olishga; kreditlar va qarzlar tarzidagi pul mablag‘larini jalb etishga; davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari natijasida yetkazilgan zararlar uchun tovon olishga haqli. birja, tanlov va tender savdolarining, elektron do‘konlarning va kim oshdi savdolarining ishtirokchisi bo‘lishga; investorlar bilan ularning buyurtmalarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzishga; agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, o‘zining investor oldidagi majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli. Erkin iqtisodiy zonalarning mohiyati. Davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xoʻjalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalarz. koʻp hollarda davlatlararo tutash hududlarda (bir necha davlatlarning chegaralari tutashgan hudud), xalqaro aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yoʻllari tutashgan hududlarda tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonalarz.da alohida xalqaro huquqiy status joriy etiladi. Lekin u qayerda joylashishidan qatʼi nazar, shu mamlakatning ajralmas boʻlagi hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer ajratish, firma va kompaniyalarni tashkil etish, chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib chiqish, boj toʻlovlari, soliq toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, qaysi valyuta yoki valyutalar toʻlov vositasini oʻtashi, hududni boshqarish tartibi va boshqalar) qabul qilingan qoidalar asosida tezkorlik bilan bajariladi. Erkin iqtisodiy zonalarz.ni tashkil etishdan maqsad koʻplab yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib, rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yoʻl bilan mamlakat iqtisodiyotini tezkorlik bilan rivojlantirishdir. Real va portfel investitsiyalarning farqi? Real investitsiylar deganda real aktivlarga (moddiy va nomoddiy aktivlar) joylashtiriladigan investitsiya vositalari nazarda tutiladi. Bunda moddiy investitsiyalar ishlab chiqarish vositalarini yaratish, moddiy xususiyatga ega ashyolarni sotib olish orqali kiritiladi. Nomoddiy investitsiyalar inson salohiyatini rivojlantirish, kadrlarning malakasini oshirish, ilmiy-texnik va innovatsionlikka qaratilganligi bilan xarakterlanadi. Nomoddiy investitsiyalar patentlar, litsenziyalar, nou-xaular, kadrlarni o’qitish, qayta tayyorlash, reklamalar, ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish uchun kiritiladigan kapitallardir. Investitsiyalashda ishtirok etish xarakteriga ko’ra: to’g’ri investitsiyalar; portfel investitsiyalar. Portfel investitsiyalarning to’g’ri investitsiyalardan farqi shundaki, ularni sotish va boshqa usullarda qaytarib olish osondir, shiningdek mazkur investitsiyalar nisbatan qisqa muddatlarda amalga oshirilishi bilan ajralib turadi. Investitsiyalarni moliyalashtirishda chet el investitsiyalarning o’rni qay darajada? Xorijiy investitsiyalar — chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini ragʻbatlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ha moliyalashtirishning tashqi manbai bulmasligi mumkin. Bu birinchi navbatda foiz to'lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taaluqli. Chunki, chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari maʼlum vaqt o'tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talalb etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig o'ziga xos farqlari mavjuddir. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan chet el kreditlari risklari kengligi farqlanadi. Xalqaro moliya institutlari haqida nimalarni bilasiz? xalqaro moliya instituti (IFI) a Moliya instituti bir nechta davlat tomonidan tashkil etilgan (yoki nizomga olingan) va shu sababli bo'ysunadi xalqaro huquq. Uning egalari yoki aktsiyadorlari umuman boshqacha bo'lsa ham, milliy hukumatlardir xalqaro institutlar va boshqa tashkilotlar vaqti-vaqti bilan aktsiyador sifatida qatnashadilar. Eng ko'zga ko'ringan IFI - bu bir nechta davlatlarning ijodi, garchi ba'zi ikki tomonlama moliya institutlari (ikki mamlakat tomonidan yaratilgan) mavjud bo'lsa va texnik jihatdan IFI bo'lsa. Ikkinchi Jahon Urushidan keyin Evropani tiklashga ko'maklashish va jahon moliya tizimini boshqarish bo'yicha xalqaro hamkorlik mexanizmlarini ta'minlash uchun eng yaxshi tanilgan xalqaro moliyaviy tashkilotlar tashkil etilgan. Download 71.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling