1669-yil yil chizilgan bu rasmda nay chalayotgan ayol tasvirlangan


Download 22.56 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi22.56 Kb.
#1429062
  1   2
Bog'liq
мусика асбоблари


Nay
Nay — puflab chalinadigan musiqa asbobi. Sharq mamlakatlarida, xususan Oʻrta Osiyodakeng tarqalgan. Nayning ikki xili bor:boʻylamasiga ushlab chalinadigan nay(choʻpon nay) va yonlamasiga ushlab chalinadigan nay. Yonlamasiga ushlab chalinadigan naylar turi yetakchi hisoblanadi. Nayning eng qadimiy turi choʻpon naydir.
1669-yil yil chizilgan bu rasmda nay chalayotgan ayol tasvirlangan.
Nay yogʻochdan, misdan yasaladi. Nayning uzunligi 45-52 sm, diametri 20-30 mm boʻladi.Turkiyada tarqalagan nay oʻzbek nayidan kattaroq boʻladi. Nay kanalining bir uchu bekilgan boʻladi. Oʻsha yopiq tomonga yaqin joyida puflash uchun teshik boʻladi. Bu teshikning pastrogʻida qoʻl bilan berkitib-ochiladigan 6 ta teshik boʻladi. Shu teshiklarni barmoqlar bilan chala yoki toʻla bosib va puflash kuchini oʻzgartirib 2,5 oktavadiapazondagi tovushqator hosil qilish mumkin. Barmoq bilan berkitiladigan teshiklarning qarama-qarshi tomonida tovushlar muvozanatini saqlashga yordam beradigan 2 yoki 3 ta teshik ham boʻladi.
Anʼanaviy oʻzbek va tojik cholgʻu ansambllari tarkibida nay yetakchi sozlardandir. Kuy boshlanadigan pardaga bogʻliq holda nayga moslab boshqa asboblar sozlangan. Shuning uchun naydagi barmoqchalgʻich teshikchalar berkitilish soniga qarab milliy sozandalar orasida „besh qoʻl“, „toʻrt qoʻl“, „uch qoʻl“ deb nomlanuvchi sozlash turlari qoʻllangan.
Hozirda nay asbobining oʻrni yakkanavoz va joʻrnavoz soz sifatida yanada kengaydi, undan xalq cholgʻu ansambllari va orkestrlarida foydalanishning yangicha usullari yuzaga keldi.

DUTOR
DUTOR (fors — ikki tor) — 1) torli chertma milliy musiqa cholgʻusi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. Oʻzbek Dutori muloyim, nafis va shi-rali ovozi b-n boshqa cholgʻulardan aj-ralib turadi. U asosan tut, oʻrik yogʻochlaridan yasaladi. Cholgʻuning kosaxonasi (rezonatori) 8—12 ta yupqa, bir-biriga yonmayon yopishtirilgan taxtacha (qovurgʻa)dan ishlanadi. Kosaxonaning ustki, ochiq qismiga yupqa qopqoq yopiladi va kosaxona boʻgʻiz orqali dastaga ulanadi. Dutorning uzun va ingichka dastasiga 13—17 ta parda bogʻlanadi. Kosaxona va dastaga suyak va sadafdan ishlangan bezak naqshlar oʻyib yopishtiriladi. Torlari ipak iplaridan eshiladi. Ular Tanavor sozi (kvarta), Munojot sozi (kvinta), Qoʻshtor sozi (unison)ga sozlanadi. Uygʻurlarda Dutor kattaroq shaklda, Turkmanistonda fakat oʻyma (qazma) turi, Xorazm va Qoraqalpogʻistonda kosaxonasi qovurgʻalik Dutorlar bilan birga hajmi kichik, oʻyma xillari ham uchraydi. Dutor yakkanavoz va joʻrnavoz cholgʻu sozi boʻlib, sozandadan katta ijro mahoratini talab etadi. Dutorda yakka zarb, qoʻshzarb, bilak zarb, bidratma, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki yozma maʼlumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy «Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari» nomli risolasi (16-bobi)da uchratamiz. 16—17-a. larda «Dutoriy» ta xallusi bilan ijod etgan.
Dutor-alt — anʼanaviy Dutorni 1930-y. larda qayta ishlash natijasida paydo boʻlgan turi. Torlari kapron (yoki boshqa polimer iplari)dan ishlanadi. Dastasiga xromatik tartibda joylashgan yogʻoch yoki suyak pardalari yelimlab yopishtiriladi. Repertuaridan asosan oʻzbek kompo-zitorlari tomonidan qayta ishlangan (garmonizatsiyalashgan) xalq kuylari, fortepiano joʻrligida ijro etilayotgan asarlar oʻrin olgan. Mazkur Dutor asosida (Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestriga moslab) turli hajmdagi Dutor xillari (D. — bas, Dutor — kontrabas) ishlandi.

Tanbur
Tanbur — torli musiqa asbobi. Oʻzbek milliy cholgʻularidan biri hisoblanadi. Oʻzbek mumtoz maqomlari aynan tanbur cholgʻusida ijro etilgan. Tanbur oʻng qoʻlning koʻrsatrgich barmogʻiga maxsus noxun (mediator) taqib chalinadi. Chalinganda faqat birinchi simi chertib chalinadi, qolganlari esa sadolanib turish uchun xizmat qiladi. Forobiyning musiqa risolasida Xuroson tanburining parda tuzilishi keltirilgan. Tanbur oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa xalqlarda professional soz sifatida keng tarqalgan. Asbobning chortor (4 torli), panjtor (5 torli), shashtor (6 torli) turlari bor. Tanburning elektr adapter bilan jihozlangan turlari estrada ijrochiligida qoʻllaniladi.
Tanburning noksimon oʻyma kosasi yoʻgʻon va uzun dastasi bilan birga yaxlit tut yogʻochidan yasaladi. Tanburning umumiy uzunligi 110-130 sm. Kosasining qopqogʻi, koʻpincha, yupqa yogʻoch taxtachadan qilinadi, unda rezonator teshikchalari bor. Dastasiga ichakdan qilingan pardalar bogʻlanadi. Tanburning pay ip bilan bogʻlangan 16-19 pardasi boʻlib, oltinchisi, odatda, ijro etiladigan asarning ladtonallik xususiyatiga koʻra yuqori yoki pastga surib qoʻyiladi. Tanburning 3 ta toridan birinchisi (yuqoridan) asosiy, 2 tasi yordamchidir; birinchisi va uchinchisi unisonga, ikkinchisi ularga nisbatan kvarta, baʼzan kvinta yoki sekunda past sozlanadi. Asbobning diapazoni ikki yarim oktavaga yaqin.
Tanbur qoʻlning koʻrsatkich barmogʻiga kiyiladigan noxun bilan turli uslubda (torlarni yuqoridan va pastdan urib) chalinadi. Tanbur Oʻzbekistonda boshqa torli chertma sozlardan farqli oʻlaroq, diatonik tovushqatorga ega. Tanburning torlari uzun va ingichka, pardalari yoʻgʻon (diametri 3 mm gacha) boʻlganligidan torni turlicha kuch bilan bosib, tovush balandligini yarim tongacha oʻzgartirish mumkin. Mazkur yoʻl bilan tanburda kuylarga oʻziga xos tebratma sayqal, nolalar beriladi.


Download 22.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling