17. 1: Lak (nem. Lack), lak sirtga surtilganda qotib, yaltiroq qattiq parda hosil qiluvchi organik moddalar aralashmasi, suyuqliklar
Download 18.91 Kb.
|
1 2
Bog'liq17.1 variant
17-variant 17.1:Lak (nem. Lack), lak — sirtga surtilganda qotib, yaltiroq qattiq parda hosil qiluvchi organik moddalar aralashmasi, suyuqliklar. Tarkibida parda hosil qiluvchi va erituvchi moddalardan tashqari, koʻpincha, plastifikatorlar, katalizatorlar va parda hosil boʻlishini tezlatadigan moddalar (metall tuzlari, organik peroksidlar) bor. L. sifati uning rangi, tozaligi, yopishqoqligi, parda hosil qiluvchi (uchmaydigan) moddalar miqdoriga, qurish tezligiga, hosil boʻlgan pardaning yaltirokligi, qattiqligi, elastikligi, choʻziluvchanligiga, shuningdek, ishqalanishga, zarbaga, atmosfera va agressiv muhit taʼsiriga chidamliligi, suv va gaz oʻtkazmasligiga qarab belgilanadi. Elektroizolyasion L. pardasi teshuvchi kuchlanishga, solishtirma va hajmiy qarshiligiga, solishtirma sirt qarshiligi va dielektrik sarf (yoʻqotish) miqdoriga qarab ham baholanadi. Sirtga L. chutka, joʻva bilan surkaladi, purkaladi yoki boʻyaladigan buyum L.ga botiriladi, baʼzan L. buyumga quyiladi. L.ning xususiyati va buyumlarning turiga qarab boʻyashning maʼqul usuli tanlanadi. L. parda hosil qiluvchi moddaning kimyoviy tabiatiga koʻra, 3 ga boʻlinadi: moyli L., smolali L., efirotsellyulozaL. Moyli laklar—oʻsimlik yogʻlari va tabiiy yoki sintetik smolalar aralashmasi boʻlib, ularni turli usullar bilan surtish mumkin. Moyli L.ni olish 4 bosqich (moyni tayyorlash; smolani eritish, L. asosini olish va unga erituvchi qoʻshish; sen-trifugalash va tindirish)dan iborat. Asosan, elektroizolyasion va himoya qoplamalar hosil qilish uchun tunukani boʻyashda (konserva bankasi yasash uchun) ishlatiladi. Smolali laklar — tabiiy yoki sintetik smolalarning uchuvchan erituvchilardagi eritmasi. Smolali L.ning koʻpchiligida erituvchi sifatida spirt ishlatiladi. Hozir sintetik (ayniqsa, vinil) polimerlar va sopolimerlar asosida perxlorvinil, poliefir, poliefirakrilat, poliuretan, epoksid, melaminfor-maldegid va mochevina-formaldegid, divinilatsetilen va kremniyorganik L. koʻplab ishlab chiqarilmoqda. Ular issiq va sovuqqa, kimyoviy taʼsirlarga, agressiv muhitga chidamli boʻlgani uchun samolyotlar, avtomobillar, kimyoviy jihozlar, yogʻoch, rezina, teri, plastmassalar, sintetik gazlamalar, mis simlar, metallar sirtlarini, shisha, keramika va boshqa buyumlarni boʻyash uchun ishlatiladi. Efirotsellyuloza loklar — efir sellyulozasining uchuvchan erituvchilar bilan hosil qilgan eritmasi. Tarkibida smola va plastifika-torlar ham mavjud. Ular, odatda, materiallarga purkaladi; xona temperaturasida tez quriydi. Yogʻoch va metall buyumlar, teri, qogʻoz va gazlamalarni boʻyashda, shuningdek, emal boʻyoqlar tayyorlashda ishlatiladi. 17.2 Mehnat unumining yuqori bo`lishini va topshirilgan ishlarning qisqa vaqt ichida kam kuch sarflab bajarilishini ta`minlaydigan asosiy shartlardan biri ish o`rnini ratsional tashkil qilishdir. Ish o`rnining asosini tiskilar, asbob-uskunalar va ihota to`ri bilan ta`minlangan slesarlik ish stoli tashkil etadi. Slesarlik ish o`rni barcha turdagi operatsiyalarni bajarishga yordam beradigan moslamalar bilan jihozlangan ish stoli (dastgoh)dan iborat bo`lib, u bir o`rinli, ikki o`rinli va ko`p o`rinli bo`lishi mumkin (1-rasm). Bu narsa ularga o`rnatilgan tiskilarning soniga qarab aniqlanadi. Slesarlik dastgohining ustki qismi qalin yog`och taxtalardan tayyorlanib, bajariladigan ish turiga qarab tunuka, linolium yoki faner bilan qoplanadi. Uning oyoqlari yog`ochdan yoki metalldan tayyorlanishi mumkin. Dastgoh mustahkam, turli operatsiyalarni bajarishda qimirlamasdan, turg`un turishi kerak. Buning uchun ularni massiv (zalvarli), tayanch yuzalarini katta qilib tayyorlash lozim. Dastgohlarning massivligi ularning ish taxtasi va oyoqlarining o`lchamiga bog`liq. Ish vaqtida ular titramasligi uchun bir o`rinli dastgohlar o`rnida ikki o`rinli yoki ko`p o`rinlilaridan foydalanish maqsadga muvofiq degan fikr tug`ilishi mumkin. Bunda bir o`rinli dastgohning ko`p o`rinlisiga qaraganda ayrim qulayliklarga, afzalliklarga ega ekanligini unutmaslik kerak. Ko`p o`rinli dastgohlarda o`quvchilar bir vaqtning o`zida turli protsesslarni bajarish vaqtida bir-birlariga xalal beradilar. Bir o`rinli dastgohlarda esa bu hol ro`y bermaydi. Yuqorida aytilganlarni etiborga olib, ustaxona maydoni yetarli bo`lgan taqdirda bir o`rinli dastgohlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Agar o`quv ustaxonasida bir xil o`lchamdagi dastgohlar mavjud bo`lsa, ish o`rinlarining balandligini o`quvchilarning bo`yiga moslash uchun ularning oyoqlari ostiga har xil balandlikdagi taglik taxtalar qo`yib beriladi. Xavfsizlikni ta`minlash maqsadida taglik taxtalarning uzunligi dastgoh uzunligiga teng bo`lib, eni 60 sm dan kam bo`lmasligi kerak. O`quvchilarni bo`y-bo`ylariga qarab ish joylariga birkitishda ular 2-rasm,a da ko`rsatilganidek dastgoh oldida tik turganlarida tirsaklari tiski ustiga tiralib, panjalarining uchi jag`lariga tegadigan bo`lsa yoki qo`lini 90° ga bukkanda tirsagi tiski jag`lari sathiga to`g`ri kelsa (2-rasm, b), dastgohning balandligi normal hisoblanadi. Ish o`rinlarining balandligi o`quvchilarni Agar bo`ylariga mos bo`lmasa, ular tez charchaydilar, ish sifati, gigiyena qoidalari buziladi. Ayniqsa egovlash ishlarini bajarishda o`quvchining bo`yi ish o`rniga mos kelmasa egovlanayotgan sirtlar tekis va to`g`ri burchakli bo`lib chiqmaydi. 17.3 Tampon va undan foydalanish: a — katta yuzalarni loklashda; b — taxta cheti va kichik yuza-larni loklashda; v — lok va moy tomizish. tarkibida bo‘lib, ularni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Bu xil smolalardan sun’iy lok-bo‘yoq tayyorlashda foydalani-ladi. Loklash chutka va tampon (91-rasm) yordamida olib boriladi. Tampon toza doka yoki surpga o‘ralgan oppoq paxta yoki kigizdan iborat bo‘ladi. Mato kir bo‘lsa, loklash natijasida yuirtda dog‘ hosil bo‘ladi. Chutka va tampon bilan lok surtish. Loklash vaqtida, sirtning katta-kichikligiga qarab, lok tamponga tomiziladi yoki tampon lokka botirib olinadi. Tam-ponga ortiqcha lok shimitilmasligi kerak. Ortiqcha lok tamponni surtish vaqtida oqib ketib sirtni dog‘ qilib qo‘yadi. Birinchi qatlam lok surtishda tamponni yog‘och tolalari yo‘na-lishi bo‘yicha yurgiziladi. Ikkinchi, uchinchi qayta surtishda tamponni aylanma shaklda yurgiziladi (92- rayem). Tamponni yurgizish vaqtida sirtda to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tampon sirtda to‘xtab qolsa, hosil bo‘lgan parda qatlamini shilib chiqadi. Bu o‘z navbatida sirtda dog‘ hosil bo‘lishiga sa-bab bo‘ladi. Shuning uchun tamponni yurgizishda to‘xtatmasdan sirtdan chiqarib yuboriladi. Tamponni yurgizish vaqtida sirtda kir hosil bo‘lib qolsa, 'har.gal tamponga lok shimitilgandan so‘ng uning betiga bir-! ikky tomchi kerosin tomizib olinadi. Kerosin sirtdagi kirni yuvishga yordam beradi. ' Agar tamponning sirtda yurishi og‘irlashib, mato titilib ketsa, u holda tamponning betiga 2—3 tomchi zig‘ir yoki paxta 4*oyi tomizib olinadi. Spirtli va moyli loklar 2—3 qayta surtiladi. Har bir qayta surtishda, spirtli loklarda 40—50 minutdan, moyli loklarda esa 6—8 soat davomida quritib olinadi. Nitroloklar 4—5 qayta surtiladi. Har bir surtish 30— 40 minutdan so‘ng takrorlanadi. Har safar navbatdagi lok qatlami surtishda oldingi qat-lamni mayin jilvir yordamida ohista jilvirlab olinadi. Bu sirtning silliq va lok qatlamining tekis chiqishiga yordam beradi 17.4 Download 18.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling