17. 20guruh talabasi Shirinboyeva Zebinisoning Notiqlik sanʼati va nutq madaniyati fanidan tayorlagan taqdimot ishi
Download 1.05 Mb.
|
Shirinboyeva Zebiniso
17.20guruh talabasi Shirinboyeva Zebinisoning Notiqlik sanʼati va nutq madaniyati fanidan tayorlagan TAQDIMOT ISHIARISTOTELNING NOTIQLIK SAN’ATIGA QO‘SHGAN XISSASI
O`rta Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo`lgan Aristotel eramizdan avval, 384 yili Stagir (Makedoniya yarim orolidagi Xalkidik)da shifokor oilasida dunyoga keladi. Uning otasi Nikomax Aleksandr Makedonskiyning nabirasi podsho Aminti II saroyida shifokorlik qildi. Aristotel 17 yoshida Afinaga keladi va bu yerda o`z zamonasining mashhur olimlaridan bo`lgan Platonga shogird bo`ladi. 342 yili Makedoniya podshosi Filipp o`zining Aleksandr nomli 13 yoshli o`g`lining tarbiyasi uchun Aristotelni Mitilendan chaqirib oladi. Bu yerda u falsafa maktabini ochadi va katta kutubxona tashkil qiladi.Keyinchalik chiroyli so`zlash haqida qo`llanmalar maydonga keldi. Shunday asarlardan biri Aristotelning "Ritorika" nomli kitobidir. Buyuk olim uni mashhur "Poetika" nomli asaridan so`ng, ya'ni eramizdan oldingi 330 yillarda Afinaga so`nggi marta qaytib kelganda yozgan edi.
Aristotelning «Ritorika»si uch kitobdan tashkil topgan. Asaming birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan chiroyli so‘zlash, ishontirish uslublari haqidagi fikr va mulohazalardan iborat bo‘Isa, uchinchi kitobida nutq mantiqiga juda katta ahamiyat beriladi. Olimning fikricha, notiq tilidagi turli «qorishmalar», ya’ni so‘zlarning noto‘gri va noto'rin talaffuz qilinishi, jumlalaming mantiqan har xil tuzilishi so‘zlovchining katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikmi ifoda etishga qaratilishi, ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so'zlashi mulohaza yuritayotgan fikrning tinglovchi qalbiga tez etishida muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling