17. Berilgan 80 ta haqiqiy sonlar orasidan biror butun songa eng yaqinining tartib nomeri topilsin


Download 16.4 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi16.4 Kb.
#1088291

17. Berilgan 80 ta haqiqiy sonlar orasidan biror butun songa eng yaqinining tartib nomeri topilsin.
17. O‘nlik sanoq sistemasida natural p soni berilgan bo‘lib uning q(2 q16) sanoq sistemasidagi ko‘rinishi hosil qilinsin.
17. 1 dan K oralig'idagi ketma-ketlikdagi to‘rtga karrali bo‘lmagan juft sonlar yig’indisini aniqlang.
17. a) Uchta sondan kattasini topuvchi funksiya hosil qiling. Ushbu funksiya yordamida a,b,c va a1,b1,c1 lardan kattasini toping.
b) Satr toifali o‘zgaruvchini uzunligini aniqlash uchun funksiya hosil qiling. Strlen ishlatilmasin. Ushbu funksiya yordamida s1,s2,s3 satrlarning uzunligi aniqlansin.
17. Z massividagi manfiy elementlar ko‘paytmasini, hamda yig‘indisini hisoblang.
17. Haqiqiy turdagi 9- tartibli kvadrat matritsa berilgan. Shunday matritsa hosil qiling-ki, bunda boshlangich matritsadagi mos element o‘z satridagi diagonal elementdan kichik bo‘lmasa bir, aks holda nol qiymat qabul qilsin.
17. float * x; Berilgan x vektor quyidagi qoida bo‘yicha hosil qilinsin ( ' xk hosil bo‘lgan vektor k-elementining qiymati): a) ' xk = max xi bunda 1 i  k; b) vektor elementlari teskari tartibda joylashtirilsin; d) x ' 1 = x1, x ' n = xn, ' xk = (xk-1+xk+xk+1)/3, k=2,3,...,n-1; e) vektor elementlari p ta pozitsiya chapga siklik ravishda surilsin.
17. n o‘lchamga ega(n>0), butun sonli a massiv sonlari orasidan eng kichik sonni topuvchi butun turga tegishli MinElem1(n,a) nomli funksiya tasvirlansin. Bu funksiya yordamida na, nb, nc o‘lchamga ega a, b, c massivlardagi eng katta sonlar topilsin.
17. Printer va skaner class larini yarating va ularni bog‘lovchi funksiyalar yarating
17. Uchburchak sinfini yarating. Unda kamida 5 ta maydon va ularni ekranga chiqaruvchi, qayta ishlovchi usullarni yarating.
17. Firmaning xodimlari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar ma’lum: Familiyasi, ismi, jinsi, farzandi (bor yoki yo‘q) haqida ma’lumot berilgan. Farzandi bo‘lgan ayol xodimlar ro‘yxatini chop etuvchi dastur tuzing.
17. Berilgan ikkita satrdagi bir xil belgilar sonini aniqlaydigan dastur tuzing.
17. char turidagi satrdan juft uzunlikdagi soʻzlarni toq uzunlkdagi soʻzlar bilan almashtiradigan dastur tuzing.
17. String turidagi Satr berilgan. Undagi elementlarni char turidagi A massivga joylashtirib, eng kam takrorlangan harfni va uni sonini aniqlovchi dastur tuzing.
7. 17 String turidagi A satrda ‘,’ belgisigacha nechta soʻz borligini aniqlovchi dastur tuzing
17. Berilgan nomdagi matnli faylni yaratish va unga bitta nuqtali vergul mavjud bo‘lgan satr kiritish dasturini tuzing. Nuqtali vergulgacha va undan keyingi belgilar miqdorini aniqlang.
17 input faylida natural n soni berilgan. Berilgan n sonigacha bo‘lgan barcha tub sonlarni output fayliga yozish dasturini tuzing.
17. Tayanch UCHBURCHAK sinfi aniqlangan, bunda uchburchak uchlarining koordinatalari bilan aniqlangan. Tayanch sinfda Turi()- uchburchak turini aniqlovchi, Yuza() - uchburchak yuzasini hisoblovchi, Perimetr() - uchburchak perimetrni hisoblovchi funksiya-a’zolari bo‘lsin. Quyidagilar amalga oshirilsin: a) T_UCHBURCHAK nomli to‘g‘ri burchakli uchburchak xususiyatlarini o‘z ichiga olgan voris sinf qurilsin va uning funksiyaazolari aniqlansin; b) TT_UCHBURCHAK nomli teng tomonli uchburchak xususiyatlarini o‘z ichiga olgan voris sinf qurilsin va uning funksiyaa’zori aniqlansin; d) TY_UCHBURCHAK nomli teng yonli uchburchak xususiyatlarini o‘z ichiga olgan voris sinf qurilsin va uning funksiya-a’zori aniqlansin.
17. Uchburchak sinfini yarating. Unda kamida 5 ta maydon va ularni ekranga chiqaruvchi, qayta ishlovchi usullarni yarating.
17. 10 lik sanoq sistemasida berilgan sonni 2,8 va 16 lik sanoq sistemasidagi ko‘rinishini chop qiluvchi SANOQ_SISTEMA sinfi yaratilsin.
“Telefon” klassini yarating. Maydonlari: Modeli, Kamera (Mp), Xotirasi, chiqqan yili. “Yaroqlilik” virtual metodi, ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan boʻlsa, yaroqsiz aks holda yaroqli hisoblanadi. “Narx” metodi, yaroqli boʻlsa narx = kamerasi*5+ xotirasi * 10 ($ hisobida). Bundan tashqari, obyekt haqida ma'lumotni ekranga chiqaruvchi “Print” nomli metod yozing: Modeli, Kamerasi (Mp), xotirasi, chiqqan yili, yaroqliligi va narxi. Bundan tashqari, “Samsung” nomli avlod klass yarating. Qoʻshimcha parametrlari – rangi. Qayta yuklangan “Narx” metodi odatiy fotoapparat narxidek hisoblanadi lekin rangi oq yoki qora boʻlsa narxni 1.5 ga akas holda 2 ga koʻpaytirish kerak boʻladi. Bundan tashqari, obyekt haqida ma'lumotni ekranga chiqaruvchi “Print” nomli metod yozing: Modeli, Kamerasi (Mp), xotirasi, chiqqan yili, rangi, yaroqliligi va narxi. Asosiy dasturda Telefon klassidan 2 ta va Samsung klassidan 4 ta obyektlar massivi yarating. Ular haqida ma’lumotlarni ekranga chop qiling.
17. Komplex sonlar ustida arifmetik amallar bajaradigan СOMPLEX sinfi yaratilib, unda ‘+’, ’-‘, ’*’ va ’/’ amallari qayta yuklansin. Sinf obyektlari ustida ko‘rsatilgan amallar bajarilsin.
17. Har-xil turdagi to‘plamlar berilgan. Agar to‘plam double turida bo‘lsa, uning elementlarini takrorlanmaydigan tasodifiy toq sonlar bilan to‘ldiruvchi, agar to‘plam char turida bo‘lsa, uning juft uzunlikdagi elementlarini o‘chiruvchi funksiya shablonini tuzing.
17 Oyoq kiyimlar haqida to‘plam berilgan. Ixtiyoriy oyoq kiyimni o‘lchami, turi, narxi, firmasi, ishlab chiqilgan mamlakati bo‘yicha to‘plamdan qidirib topadigan(), o‘chiradigan(), yangilarini qo‘shadigan(), N turdagi oyoq kiyimlar va ularning sonini(), M narxdagi oyoq kiyimlar va ularning sonini() hamda T o‘lchamdagi oyoq kiyimlar va ularning sonini() hamda O‘zbekistonda ishlab chiqilgan oyoq kiyimlar va ularning sonini() aniqlaydigan class shablonini tuzing.
Download 16.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling