17-Mavzu: Bir faktorli bog’lanishlarni aproksimatsiyalash
Download 63,99 Kb.
|
17-Mavzu. Bir faktorli bog’lanishlarni aproksimatsiyalash
Qisqa xulosalar
XX asrda yanada kengroq va sifatli marketing axborotlari olish zaruratini asoslab beruvchi uchta tendensiya kuchaydi: 1. Mahalliy darajadagi marketingdan umummilliy miqyosdagi marketingga o’tish. Firma doimiy ravishda bozor hududini kengaytirib boradi, uning boshqaruvchilari esa hamma mijozlarini ham shaxsan taniy olmay qoladilar. Marketing axborotini to’plashning boshqa yo’llarini izlab topish talab qilinadi. 2. Xaridorlar muhtojliklaridan xaridorlar ehtiyojlariga o’tish. Daromadlar miqdori o’sib borgan sari xaridorlar tovar tanlashda tobora talabchanroq bo’ladilar. Sotuvchilar xaridorlarning tovar sifati, tavsifnomasi, tashqi ko’rinishi va boshqa xislatlariga reaksiyasini oldindan aytib berishi qiyinlashib, ular marketing tadqiqotlariga murojaat qila boshlaydilar. 3. Narx raqobatidan narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobatga o’tish. Sotuvchilar tovarlarga marka nomini berish, tovarlarni individuallashtirish, reklama qilish va sotuvni rag’batlantirish kabi narx bilan bog’liq bo’lmagan marketing vositalaridan tobora ko’proq foydalanib, ularga bozorning bu vositalardan foydalanishga munosabati to’g’risida ma’lumotlar kerak bo’ladi. Marketing axborotlarini to’plashga muayyan masala bo’yicha ma’lumot olish zarurati tug’ilganda foydalaniluvchi tasodifiy, kamdan-kam ro’y beruvchi hodisa sifatida qaraladigan bo’lsa bir qator muammolarga duch kelish mumkin. Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 63,99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling