Ijtimoiy pedagog tomonidan qo’llaniladigan asosiy metodlar tasnifi
Metodlar
|
Ijtimoiy ish metodlari
|
Psixologik
|
Pedagogik
|
Ijtimoiy diagnostika metodlari:
intervyu;
monitoring;
ijtimoiy so’rov;
ekspertiza;
biografik metod;
Ijtimoiy profilaktika metodlari:
preventiv metod;
ijtimoiy davolash;
sotsiodrama;
qo’llab-quvvatlash
Ijtimoiy nazorat metodlari:
ijtimoiy nazorat;
ijtimoiy vasiylik;
ijtimoiy-tibbiy g’amxo’rlik;
ijtimoiy xizmat ko’rsatish
Ijtimoiy reabilitatsiya metodlari:
mehnat terapiyasi;
guruh terapiyasi;
maqom o’zgarishi;
inqiroz kelishi
Ijtimoiy iqtisodiy metodlar:
imtiyoz metodlari;
kompensatsiya metod-lari;
ijtimoiy patronaj;
tibbiy patronaj;
ijtimoiyiqtisodiy choralar
Tashkiliy_metodlar:_reglamentlashtirish;_normalashtirish;_tanqid;_ijro_nazorati__Psixotashxis'>Tashkiliy metodlar:
reglamentlashtirish;
normalashtirish;
tanqid;
ijro nazorati
|
Psixotashxis
intelekt va qobiliyatlar testlari;
shaxsiy so’rovnomalar;
loyihaviy testlar;
rasmli testlar;
sotsimetriya;
Psixokorrektsion metodlar
o’yin terapiyasi;
tajriba ijtimoiypsixologik trening;
xulq-atvor treningi;
Psixologik maslahat berish metodlari
empatik tinglash;
sharhlash;
identifikatsiya;
fasilitatsiya;
gipotezalarni ilgari surish
Psixoterapiya metodlari
suggestil;
o’z-o’zini ishontirish;
ratsionallashuv;
psixotahlil;
tranzakt tahlil;
guruh terapiyasi;
xulq-atvor terapiyasi;
oilaviy psixoterapiya
|
Tashkiliy
pedagogik ekspe-riment;
Pedagogik tashhis metodlari
pedagogik kuza-tuv;
tabiiy eksperi-ment;
Ta’lim metodlari
og’zaki (hikoya, suhbat, bahs, ma’ruza);
ko’rgazmali (namoyish, darslik bilan ishlash);
amaliy (mashqlar, laboratoriya ishlari, didaktik o’yinlar, ijodiy topshiriqlar, muammoli vaziyatlar);
tarbiya metodlari;
namuna;
ishontirish;
o’qitish;
jazolash;
maqtash;
mashq;
istiqbol;
o’yin;
ishonch;
muvaffaqiyat;
o’z-o’zini tarbiyalash
|
Ijtimoiy pedagogik metodlar
|
ijtimoiy tarbiya bo’lagi sifatidagi metodlar
Harakatga ko’niktirish metodlari
Mustahkamlash
Hamkorlik
|
Ta’sir metodlari
Ongga ta’sir
Hissiyotlarga ta’sir
Xulq-atvorga ta’sir qiluvchi metodlar
|
ijtimoiy pedagogik hamkorlikni tashkil qilish metodlari:
Faoliyatni tashkil qilish
Muomala metodi
Baholash metodi
O’z-o’zini amalga oshirish metodi
|
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy pedagogik faoliyat shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi.
“Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar” tushunchasi “pedagogik texnologiya” va “ ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan.
Pedagogik texnologiya ikki sohada o’z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar o’quv jarayonining effektivligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo’llash va ishlab chiqish. Ikkinchisi, ijtimoiy fanlar hisoblanadi.
80-yillar o’rtalarida pedagogik amaliyotda Sh.A.Amonashvili (ijtimoiy-shaxsiy texnologiya), V.P.Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S.N.Lo’senkova (istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V.A.Karakovskiy, N.E.Selivanova, N.I.Hurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlari umum tan olindi. “Pedagogik texnologiyalar” o’quv fani professional pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deganda insoniyat va texnik zahiralardan foydalanishi orqali o’quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini rejalashtirish, bahslash metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondoshuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish kafolatlangan ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil qilishdir. Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi.
“Ijtimoiy texnologiyalar” tushunchasi sotsiologiyada vujudga kelgan va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi asosi bo’lgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog’liq. Ijtimoiy texnologiyalarning turlaridan biri ijtimoiy ish texnologiyalari bo’lib, ular ijtimoiy pedagogik texnologiyalarga juda yaqin, chunki yuqorida ta’kidlagandek, ijtimoiy pedagog va ijtimoiy ishchi faoliyatining jihatlari ko’p.
Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o’z tuzilishiga ega ekanligiga bog’liq. Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi. Bularni mutaxassislar echishlari lozim, ya’ni bolada muomala ko’nikmalarini shakllantirish, unga yangi muhitga ko’nikishga yordam berishdir va boshqa maqsadlar o’z navbatida faoliyat mazmuni, uning amalga oshirish metodlari va uni tashkillashtirish shakllarini aniqlab beradi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsadi, uning natijalari va mazmuni qanchalik to’g’ri aniqlanganligi, unga erishish uchun qanday metodlar tanlanganligiga bog’liq bo’ladi. Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va usullari majmuasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |