17-mavzu. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining mohiyati, ahamiyati
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
BH m 17-mol nat-his
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi: 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar”; 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”; 9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar”; 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar”. Banklar, mol yetkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, moliyaviy ijara bo‘yicha foizlar va boshqa foiz to‘lovi xarajatlari 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar”hisobvarag‘ining debetida 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”hisobvarag‘ida salbiy kurs farqi va balansning valyuta moddalariga doir operatsiyalar bo‘yicha zararlar aks ettiriladi. Chet el valyutasi operatsiyalari bo‘yicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan, buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholashdan farq 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”hisobvarag‘ining debetida pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar 9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar”hisobvarag‘ining debetida majburiyatlar va pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar”hisobvarag‘ida moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar aks ettiriladi. Quyida moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning bog‘lanishini ko‘rib chiqamiz: 1) Kreditlar va qarzlar bo‘yicha foizlar hisoblandi: D 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar” K 6920 “Hisoblangan foizlar”. 2) Asosiy vositalarning moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha foizlar hisoblandi: D 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar” K 6920 “Hisoblangan foizlar”. 3) Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan salbiy kurs tafovutlari: D 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” va boshqa pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlar, majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqalar. 4) Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar hisobga olindi: D 9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar” K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag‘i” va boshqa majburiyatlar va pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar. 5) Qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash (qiymatining kamaytirilishi): D 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar” K 5800 “Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”. 6) Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi: D 9910 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar” K 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar” K 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” K 9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar” K 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar”. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling