17-Mavzu: Oila, mahalla va ta'lim muassasasining bola tarbiyasidagi o‘rni. ReJA


Download 0.68 Mb.
Sana19.11.2019
Hajmi0.68 Mb.

17-Mavzu: Oila, mahalla va ta'lim muassasasining bola tarbiyasidagi o‘rni.
ReJA

  1. O‘quvchi-yoshlarni ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasidagi muammolar

  2. Oila, mahalla va ta'lim muassasasining bola tarbiyasi bo‘yicha aniqlangan umumiy muammolar

  3. O‘quvchi-yoshlarning ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasiga kompleks yondashuvni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar


O‘quvchi-yoshlarni ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasidagi muammolar. Mamlakatimizda yoshlarning ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlarning ma'naviy va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni turli diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik hamda turli axborot xurujlaridan himoya qilish borasida davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin, shunga qaramay hozirda ushbu masalada ayrim kamchilik va muammolar ham ko‘zga tashlanmoqda. Mazkur muammolar qatoriga:

  • ayrim yoshlarimiz ma'naviyati va ruhiyatida “G‘arb madaniyati” ko‘p hollarda milliy ruhiyatimizdan ustuvorroq namoyon bo‘layotganligi;

  • ayrim yoshlarimiz bilib-bilmay vayronkor (diniy ekstremizm, missionerlik kabi) g‘oyalar ta'siriga duchor bo‘lib qolayotganligi;

  • yoshlarda siyosiy yetuklik yetishmayotganligi, nafaqat mamlakatda, balki jahonda yuz berayotgan o‘zgarishlarga befarq bo‘lish, loqaydlik holatlarining mavjudligi;

  • yoshlar orasida kitob o‘qishdan ko‘ra kompyuter o‘yinlari oldida vaqtini o‘tkazish, mazmunan sayoz bo‘lgan turli xil janrdagi musiqalar eshitish, filmlar tomosha qilish odat tusiga kirib borayotganligi va boshqalarni kiritish mumkin. Ushbu muammolarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “... o‘zini jamiyatimiz, yoshlarimiz ma'naviyati, g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyasi uchun mas'ul deb bilgan insonlar – bu mahalla yoki diniy tashkilotlar bo‘ladimi, huquq-tartibot idoralari xodimlari yoki katta ta'sir kuchiga ega ijodkor ziyolilar bo‘ladimi – ularning barchasi ayniqsa faol bo‘lishlari lozim”1 deya ta'kidlab, yosh avlodni ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasiga kompleks yondashuv g‘oyasini ilgari surmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev nutqlari va ma'ruzalarida ta'lim-tarbiya masalasiga yangicha yondashuv ya'ni, kompleks yondashuv g‘oyasini ko‘tarilayotgani bejiz emas. Binobarin, bugungi kunda yoshlar tarbiyasi bo‘yicha ta'lim tizimi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, o‘z-o‘zini boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar o‘z yo‘nalishida ko‘plab ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Lekin, shunga qaramay yoshlar masalasida mutasaddi bo‘lgan ayrim tashkilotlar faoliyatida:

  • ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyaga ikkinchi darajali masala deb qarash;

  • ba'zi hollarda real vaziyatni hisobga olmagan holda hisobot uchun tadbirlar o‘tkazish;

  • ma'naviy tarbiyaning samaradorligi monitoringini olib bormaslik va tahlilga asoslangan chora-tadbirlarni o‘tkazmaslik;

  • ayrim muassasalarda ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaga mo‘ljallangan maxsus xonalardan deyarli foydalanmaslik, ularni “xo‘ja-ko‘rsin”ga, tekshiruv komissiyasi uchun jihozlab qo‘yish hollari mavjud.

Oila, mahalla va ta'lim muassasasining bola tarbiyasi bo‘yicha aniqlangan umumiy muammolar. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishda albatta, Xalq ta'limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Respublika “Oila” markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari o‘z vazifalarini amalga oshirib kelmoqda. Buguni davr sharoiti va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan yoshlarning ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasiga kompleks yondashuv talabi qo‘yilmoqda. Albatta, ta'lim-tarbiya maslasidagi ushbu talab globallashgan, axborot almashinuvi o‘ta jadallashgan davr ruhiga mos zaruratdir.

Ta'kidlash kerakki, yosh avlodni ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasida biror-bir inson yoki tashkilotning yolg‘iz harakati hyech qanday samara bermaydi. Chunki, mafkuraviy ishda birdamlik va sinxron harakat juda muhim omil hisoblanadi. Mazkur omil orqali har bir xalq o‘z jamiyatida sog‘lom g‘oyaviy va ma'naviy muhitni yarata oladi. Bunday muhitni vujudga kelishida albatta, barcha turdagi ta'lim muassasalari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, o‘z-o‘zini boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari hamda boshqa shu kabi muassasalar birdek rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham mafkuraviy ishda bunday tashkilotlarni boshini qovushtirish, yagona maqsad yo‘lida sinxron harakatga erishish juda muhim hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda aynan yoshlar tarbiyasida oila, mahalla va ta'lim muassasasining bola tarbiyasi bo‘yicha quyidagi umumiy kamchilik va muammolar aniqlangan:

Birinchidan, mamlakatimizda mutasaddi tashkilotlar tomonidan hududlar (viloyat, tuman (shahar), qishloq, ovul va mahallalar) kesimida hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib (ishsizlik, oilaviy muammolar, diniy qarashlar, ta'lim sohasi va boshqa masalalar bo‘yicha) hududning ma'naviy va g‘oyaviy holati (manzarasi)ning kompleks tahlili mavjud emasligi;

Ikkinchidan, mutasaddi tashkilotlarning yoshlar tarbiyasiga kompleks yondashuvi bo‘yicha o‘zaro hamfikr va hamkorlikdagi yillik reja yoki chora-tadbirlarga ega emasligi;

Uchinchidan, mutasaddi tashkilotlarning ma'naviy-ma'rifiy sohadagi rejalarining individual xarakterda ekanligi. Ushbu rejalar yoshlar tarbiyasi bo‘yicha o‘zaro muvofiq va mutanosib holda bir-birini to‘ldirib bormasligi;

To‘rtinchidan, Mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida yoshlar tarbiyasiga oid amaliy ishlar bo‘yicha kompleks hamkorlik, aloqa va qayta aloqani yo‘lga qo‘yilmaganligi;

Beshinchidan, Mutasaddi tashkilot xodimlarining ma'naviy-ma'rifiy soha bo‘yicha bilim darajalaridagi tafovvutlar;

Oltinchidan, Hududlarning ma'naviy va g‘oyaviy jihatdan baholash bo‘yicha umume'tirof etgan mezonlarning mavjud emasligi va ushbu sohada monitoringni amalga oshirilmasligi.

O‘quvchi-yoshlarning ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasiga kompleks yondashuvni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar. O‘quvchi-yoshlarning ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasiga kompleks yondashuv masalasi keng ko‘lamli, ushbu sohaga mutasaddi bo‘lgan tashkilotlar bilan o‘zaro hamfikr va hamjihatlikda o‘rganladigan dolzarb masala hisoblanadi. Hozirda ushbu masalaning mazmun va xajm jihatidan katta va dolzarbligi, uning ustida ijtimoiy sohadagi dolzarb masala sifatida tadqiqot olib borishni talab etadi.

Bugungi ilmiy-amaliy seminar mazkur masalaga ilmiy baho berish va ushbu sohaga bevosita dahldor tashkilotlar o‘rtasida ochiq muloqotni tashkil etish yo‘lidagi daslabki qadam hisoblanib, uning natijalari sifatida quyidagi taklif va tavsiyalarni berish mumkin:



Birinchidan, yoshlar tarbiyasiga bevosita daxldor tashkilotlar hamkorligida hududlar (viloyat, tuman (shahar), qishloq, ovul va mahallalar) kesimida hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib hududning aniq ma'naviy va g‘oyaviy holati (manzarasi) bo‘yicha kompleks tahlil o‘tkazish;

Ikkinchidan, mutasaddi tashkilotlarning ma'naviy-ma'rifiy sohadagi rejalarining individual xarakterda bo‘lib qolishini oldini olish, ushbu rejalarni bir-biriga mutanosib va uyg‘un holda shakllantirishga erishish;

Uchinchidan, mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida yoshlar tarbiyasiga oid amaliy ishlar bo‘yicha kompleks hamkorlik, aloqa va qayta aloqani yo‘lga qo‘yish;

To‘rtinchidan, yoshlar tarbiyasiga bevosita daxldor tashkilot xodimlarining ma'naviy-ma'rifiy soha bo‘yicha bilim darajalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha (Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan) o‘quv kurslari tashkil etish;

Beshinchidan, hududlarning ma'naviy va g‘oyaviy jihatdan baholash bo‘yicha (Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan) mezonlar ishlab chiqish va uning monitoringni amalga oshirish;

Oltinchidan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning yoshlar tarbiyasiga kompleks yondashuv to‘g‘risidagi g‘oyalaridan kelib chiqqan holda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida “Oila-mahalla-ta'lim muassasasi” hamkorligi masalasini qayta ko‘rib chiqish, uning tarkibiy sub'ektlarini kengaytirish va qatnashchilarning umumiy faoliyat mexanizmini ishlab chiqish.

yettinchidan, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilarning ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasiga asosiy ta'sir etuvchi “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma'naviyat asoslari” fanlariga mutasaddi tashkilotlar e'tiborini kuchaytirish, ushbu fanlar bo‘yicha mutaxassislar yetishmovchiligini bartaraf etish;

Sakkizinchidan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining umumiy o‘rta ta'lim maktablari va mahallalardagi faoliyatida asosan xulqi og‘ishgan va jinoyatchilikka moyil yoshlar bilan ishlash yo‘nalishini kuchaytirish;

To‘qqizinchidan, yoshlar tarbiyasiga kompleks yondashuv g‘oyasini amalga oshirishda proflaktika inspektorlari ish faoliyati mazmunida tarbiyaviy yondashuv masalasini yanada kuchaytirish;

O‘ninchidan, o‘quvchi-yoshlarda dinga nisbatan sog‘lom munosabat va tushunchani shakllantirish uchun mutasaddi tashkilotlar tomonidan ushbu yo‘nalishda pedagog xodimlar uchun maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanma va tavsiyanomalarni ishlab chiqilishini ta'minlash.

O‘n birinchidan, mutusaddi tashkilotlarning ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyaga kompleks yondashuvi bo‘yicha ularning faoliyat shakli va mazmunini yoritib beruvchi maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishini ta'minlash.


1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2017 йил 15 июнь куни Тошкент шаҳрида "Ижтимоий барқарорликни таъминлаш, муқаддас динимизнинг софлигини асраш – давр талаби" мавзусидаги анжуманда сўзлаган нутқи. http://uza.uz/oz/politics/vatanimiz-ta-diri-va-kelazhagi-y-lida-yanada-amzhi-at-b-lib--15-06-2017

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling