17-Mavzu. Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar (2s)
Download 193.67 Kb.
|
17maruza
Embrion bosqichi (3-8 hafta)
Bu ona qornida rivojlanishning yangi embrional davri odatda murtak hosil bo‘lgandan keyin uchinchi haftadan boshlanib, sakqizinchi haftaning oxirigacha davom etadi. Bu vaqt davomida tana tuzilishi va ichki organlar rivojlanadi. Davr boshida embrionda uch qavat hujayralar tiklanadi. Tashki qavatda - ektodermadon sochlar, terining tashqi qavati va nerv tizimi rivojlanadi. O‘rta qavatda - mezodermadon, muskullar, suyaklar va qon tomirlari tizimi hosil bo‘ladi. Ichki qavatda yoki endodermadon ovqat hazm qilish tizimi va o‘pkalar rivojlanadi. Uch haftalik embrion bilan sakqiz haftalik embrion solishtirilganda uning ko‘rinishida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. 3 haftalik embrion uzunligi 2 millimetrdan oshmaydi. Hujayralarning darajalarga bo‘linishi boshlanib, organizm ko‘prok salamandrani eslatadi. O‘sish va rivojlanish tezlik bilan amalga oshadi, 8 haftalik embrionda ko‘zlar, og‘iz, qo‘l va oyoqlarni ko‘rish mumkin, miya va nerv tizimi ham juda tez rivojlanadi, embrion yuragi bir oy avval o‘z faoliyatini boshlab yuborgan bo‘ladi. Embrionda odamga xos organlar u yoki bu shaklda mavjud bo‘ladi, lekin uning o‘lchamlari onaga sezilarli daraja bulmaydi. Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i joylashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haroratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali bog‘langan. Kindik tizimchasi embrionni yo‘ldosh bilan bog‘lovchi qon tomirlaridan iborat. Yo‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimchasi orqali onaning qon tomirlarigacha etib boradi, lekin bevosita ular bilan birlashmaydi. Qon kindik qon tomirlarining barmoqsimon o‘simtalari –qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o‘tishi, Shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bosqichida o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari va ichki organlar hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga etadi. Organlarning o‘z vazifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi. Download 193.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling