17-Mavzu: Pul muomalasi, kredit va banklar
Download 20.48 Kb.
|
1 2
Bog'liq17-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kredit resurslarining asosiy tanbalari.
- Kredit 4 xil vazifani ado etadi.
17-Mavzu: Pul muomalasi, kredit va banklar. 1.Pul muomalasi. Pul tizimi va uning tarkibiy qismlari. 2.Pul muomalasi qonunlari. Pul agregatlari. Pul bozorida talab va taklif. Pul taklifi va uning multiplikatori. 3.Kreditning mohiyati, vazifalari va turlari. Kredit-pul tizimini davlat tomonidan tartibga solish. 4.Banklarning iqtisodiy mazmuni. Bank tizimi. Markaziy bank va uning vazifalari. Pul o’z xususiyatiga ko’ra, avvalo muomala vositasidir yani tovarlarni bir-biriga almashtirish pul vostasida amalga oshadi. Ayriboshlashning eng yuqori pag’onasi bulgan muomala mazmunan pul tufayli yuzaga keladi. Tovar- pul muomalasi esa bozor sharoyitining asosidir, demak bundan pul va pul muomalasining bozor iqtisodieti rivojidagi o’rnini narxlash qiyin emas. Pulning doymo harakatda bo’lishi, pul o’z funktsiyalarini uzliksiz bajarib turishi pul muomalasi deyiladi. Pulning o’z vazifalarini bajarish jarayonidagi bu to’xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo’yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi.Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat; 1.milliy pul birligi (so’m,dollar,iena,funt sterling, marka va hokazo); 2.naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi; 3.pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi.Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metal tangalar xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar kredit kartochkalari, hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo’lgan massasi ularning qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.Muomalani taminlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori qo’yidagi omillarga bog’liq: 1.Muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo’lgan tovarlar summasiga. 2.Pul birligining aylanish tezligi. 3.Kreditning rivojlanishiga puldan to’lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham bog’liq. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdoran ifodalaydi.Chunki muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga nisbatan muomalaga kam pul chiqarilsa ko’pgina xo’jaliklarda pul yetishmasligi, normal holatda xo’jalik yuritib bo’lmay qolish holati yuz beradi. Pul miqdoriga tasir etuvchi omillarni hisobga olib pul muomalasi qonuniga qo’yidagicha tarif berish mumkin: boshqa sharoyitlar o’zgarmay qolgani, muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar narxi summasiga to’g’ri mutanosib pulning aylanish tezligiga teskari mutanosibdir. Takidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni umumiy bo’lib, shu bilan birga oltin va qog’oz pul muomalasi qonunlarining oziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud. Masalan, 1.Oltin pul muomalada bo’lganda: A)ortiqcha oltin pul xazinasiga jalb qilinadi va xar xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi; b)tovarlar hajmi ko’payib muomala uchun qo’shimcha pul zarur bo’lganda xazinadagi oltin pul muomalaga kiritiladi. 2)muomala uchun zarur bo’lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining miqdoriga teskari mutanosiblikda, oltinning o’z qiymatiga nisbatan esa to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi: a)oltin pul qiymati va tovarlar hajmini o’zgarmagan tartibda tovarlar qiymati qancha past bo’lsa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori ham shuncha kam bo’ladi. Agar tovarlar qiymati o’zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko’payadi; b) agar tovarlar hajmi va qiymati o’zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi oltin pul miqdori oltinning o’z qiymatiga qarab o’zgaradi, yani uning qiymati oshsa, pul miqdori kamayadi qiymati pasaysa pul miqdori ko’payadi. Qog’oz pul muomalasi qonunlarini oltin pul muomalasidan farq qilib buni qo’yidagicha ifodalash mumkin: -qog’oz pul qancha miqdorda chiqarilmasin, unda belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo’lgan oltin pul miqdorining qiymatiga teng bo’ladi; -qog’oz pulning har birligida belgilangan qiymat miqdori muomala uchun zarur bo’lgan oltin pul qiymatining muomalaga chiqarilgan qog’oz pul miqdori nisbatiga mos keladi. Milliy iqtisotda davlatning ,tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarining majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operasiyalarining asosiy ko`pchilik qismi naqd pulsiz , cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo`lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1….Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi. Barcha pul agregatlari yig`indisi yalpi pul taklifini tashkil etadi. Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi tarkiblar asosida hisoblanadi: M10-muomaladagi naqd (qog`oz va metall) pullar. M1=M0+aholining joriy hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari , korxonalarning hisob varaqalaridagi pul mablag`lari ,banklardagi talab qilib olish mumkin bo`lgan pul omonatlari. M2=M1+tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg`arma hisob varaqalaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi pul mablag`larini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga o`tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas.Ular asosan jamg`arish vositasi vazifasini bajaradilar. M3=M2+bank sertifikatlari+aniq maqsadli zayom obligatsiyalari+davlat zayom obligatsiyalari+xazina majburiyatlari. Bundan ko`rinadiki, pul massasining har bir alohida agregati o`zining likvidligi darajasiga ko`ra farqlanadi. Pullar eng yuqori likvidlikka ega bo`ladi. Mijoz o`zi istagan vaqtida olishi mumkun bo`lgan bank hisob varaqalaridagi pul omonatlari ham likvidlik hisoblanadi.Pul massasi tarkibiga to`lov vositasi vazifasini bajarish layoqati pastroq bo`lgan aktivlar qo`shilib borishi bilan ularning likvidlik darajasi ham pasayib boradi.Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida umumiy pul massasining 9-10% ni bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan hamdo`stlik davlatlarida 35-40% ni tashkil qiladi. Pul bozori bu - davlatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag`lariga bo`lgan talab va pul taklifining o`zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.Tijorat banklari o`z ihtiyorlarida bo`lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni hosil qilishlari ya`ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. Ya`ni tijorat banki o`zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligining oldini olish maqsadida malum pul mablag`lari zahira sifatida saqlash lozim.To`xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi. Pul taklifi ko`p jihatdan inflyasiya jarayonlariga ham ta`sir ko`rsatadi.Inflyatsiya atamasi (lotincha inflation – shishmoq kengaymoq) ilk bora Shimoliy amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo`llanilib muomalaga qog`oz pullarning haddan ortiq ko`payib ketishini ifodalagan edi.Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda 1- jahon urushidan keyin tarqaladi.Inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog`liq holda qog`oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi.Bu yerda qog`oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib uning qadrsizlanishiga pulning ortiqcha emissiya qilinishi pul emissiyasi o`zgarmasdan uning aylanish tezligining oshishi muomaladaagi pul miqdori o`zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish hajmining kamayib ketishi tovar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va binobarin narxning va nihoyat pul qiymatining pasayishi kabi omillar tasir qiladi. Kredit tovar pul munosabatlarga xos bo’lgan va pul xarajatini bildiruvchi kategoriyadir. Kredit deganda vaqtincha o’z egalari qo’lida bo’sh turgan pul mablag’arini boshqalar tomonidan malum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatlarni tushunish kerak. Vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’lari va boshqa pul resurslari kredit mablag’ining manbayini tashkil qiladi. Kredit resurslarining asosiy tanbalari. 1) Korxonalar hisobida turgan amortizatsiya ajratmalari. 2) İshchini o’stirish uchun foydadan investitsiya puli muhim ajratib boriladi, Lekin bu pul malum miqdorda yiqilgandan sung investitsiya qilish mumkin, unga bu pul bo’sh turadi. 3) Xom ashe yoqilgi va materiyallar uchun oldin sarflangan pul tovar sotishi bilan egasiga qaytib keladi, lekin ularni yangidan sotib olish shu vaqtning o’zida yuz bermaydi, bu pul ham bo’sh turadi. 4) İsh haqi pulini kesib tushishi va sarflanishi bir vaqtda yuz bermaydi. İsh haqi foydaning puli ham bo’sh turishi mumkin. 5) Fuqarolarning jamg’armasi ham ishlatguncha bo’sh turadi. 6) Davlat byudjetiga kelib tushadigan pul daromadlari va ularni sarflanishi bir vaqtda bo’lmaydi. Jamiyatda pul xarajatlarning bir tekisda bo’lmasligi pulning bir qismi bo’sh qolishi qarz berish foydasini tashkil qilish imkoniyatini beradi. Albatta bu xodisa bo’sh pulning taklifini bildiradi. Ammo kredit paydo bo’lishi uchun pulga talab ham bo’lishi kerak. Demak pulga talab bor. Bo’sh pullar h’isobidan juda foydali hosil bo’lib unga talab yuzaga kelgach, kredit munosabatlari paydo bo’ladi. Kredit 4 xil vazifani ado etadi. 1)Pulga tenglashtirilgan to’lov vositalarini yuzaga chiqarib, ularni xo’jalik aylanishiga joriy etish. Chek-bankdagi yuzani berishni talab qiluvchi hujjat. 2)Bo’sh pul mablag’arini harakatdagi ishdagi kapitalga aylantirib, pulni pul topadi degan qoydani amalga oshirish. 3)Qarz berish orqali pul mablag’larini turli tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash bilan ularning resurslarining ko’chib turishini taminlash. 4)Qarz berish qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, umuman olganda qarzga olingan pul. 1-chidan kapital sifatida ishlatiladi. Bunda foyda olish pulni ko’paytirish nazarda tutiladi. 2-chidan qarzga olingan pul shaxsiy yoki umumiy extiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. Kreditning asosiy sharti qarz uchun h’aq to’lash. Bu haqi qarz qilingan summaga nisbatan foiz hisobida olingandan uni qarz foiz deb yuritiladi. Qarz foizi pul bozorlarida amal qiladi. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditdan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat,ipoteka, istemol va xalqaro kredit shakllarini oladi. Download 20.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling