17-мавзу. ЎЗбекистонинг маънавий ва маданий тарақҚиёти


O‘zbekistonda milliy ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi


Download 1.11 Mb.
bet3/11
Sana26.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1723007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-мавзу - охирги

O‘zbekistonda milliy ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi
Boy tarixiy merosimiz milliy istiqlol g‘oyamizning asosini tashkil etdi. Komil insonni tarbiyalashda tarixiy merosimiz yetakchi kuchga aylandi

Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi va milliy o‘zlikni anglash

  • 1997-yil - Xiva va Byxoro shaharlarining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
  • 2002-yil – Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi nishonlandi.
  • 2002-yil – Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
  • 2003 yil – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar «Do‘stlik» ordeni

  • bilan mukofotlandi.
  • 2006-yil – Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
  • 2006-yil – Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
  • 2007-yil – Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi o‘tkazildi.
  • 2007-yil – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyi o‘tkazildi.
  • 2009-yil – O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.
  • 2017-yil - Samarqand va Toshkentda Islom Karimov haykali ochildi
  • 2017-yil - Sharof Rashidov tavaludining 100 yilligi nishonlandi
  • 2018-yil - Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik o`rnatildi

Маданият соҳаларидаги ютуқлар

  • 1991 йилда Фарғонада ва 1993 йилда Хивада давлат қўғирчоқ театрлари иш бошлади;
  • 1993 йилда Тошкент шаҳрида ҳашаматли «Туркистон» саройи иш бошлади;
  • 1994 йилда Қашқадарё ва Наманган вилояти театрлари қошида қўғирчоқ гуруҳлари очилди;
  • 2001 йилда Ҳамза номидаги ўзбек давлат академик драма театри бутунлай қайта қурилиб, унга Ўзбек миллий академик театри номи берилди;
  • 2002 йилда Тошкент давлат консерваториясининг янги биноси ишга туширилиб, унга Ўзбекистон давлат консерваторияси мақоми берилди;
  • Андижонда жамоатчилик асосидаги ёшлар театри давлат тасарруфига олиниб, у 1994 йилда Аббос Бакиров номидаги Андижон ёшлар ва болалар театрига айлантирилди;
  • 2000 йили Огаҳий номидаги Хоразм вилоят театри тўла таъмир этилди;
  • Турли тарихий мавзуларда Алишер Навои номидаги катта опера ва балет театрида М.Вафоевнинг «Ал-Фарғоний», А.Ҳидоятов номидаги ўзбек давлат драма театрида Абдулқосим Фирдавсийнинг «Шоҳнома», ўзбек миллий академик драма театрида Й.Муқимовнинг «Спитамен» асари саҳналаштирилди. Шунингдек, кўплаб мавзуларда фестиваль ва кўрик танловлари бўлиб ўтди;
  • Мустафо Бафоев, Дилором Омонуллаева, Алишер Икромов, Анор Назаровлар ижодининг янги даври бошланди;
  • Тарихимизда яшаб ўтган буюк сиймоларнинг асарлари таржима қилиниб, халқимизга тақдим этилди;

Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo’shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o’rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo’la boshladi.
Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyati yulduzlari bo’lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari YuNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi:
- 1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
- 1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;
- 1993 yil – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;
- 1994 yil – Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi;
- 1996 yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
- 1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon tavalludining 100 yilligi;
- 1998 yil – Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi;
- 1999 yil – «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi;
- 2000 yil – Burhoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi;
- 2000 yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;
- 2001 yil – «Avesto» yaratilganligining 2700 yilligi.
Buyuk allomalarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o’nlab noyob asarlari turli tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o’rnatildi, ziyoratgohlar, bog’lar yaratildi.
1991 yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O’zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley yilida «Lison ut-tayr», «Sab’ai sayyor», «Farxod va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayrat-ul Abror» asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’ining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
1994 yil oktyabr oyida Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yillik yubileyi o’tkazildi. Ulug’bek madrasasi, Ulug’bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug’bek haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. O’sha yil 24 oktyabrda Parijda YuNESKO zalida «Ulug’bek va Temuriylar davri» mavzusida Xalqaro konferentsiya hamda «Ulug’bek va an’anaviy san’at» ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug’bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga molik ekanligini yana bir bor isbot etdi.
1998 yil 23 oktyabrda Farg’onada buyuk alloma Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg’ona shahrida al-Farg’oniy bog’i yaratildi va buyuk allomaga haykal o’rnatildi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling