17-variant Talaba F. I. Sh bekmurodova Nafisa


Investitsiyalarning balans qiymati Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar


Download 188.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana23.10.2023
Hajmi188.29 Kb.
#1717865
1   2   3   4
Bog'liq
Investitsiya 2

Investitsiyalarning balans qiymati Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar
13. Qisqa muddatli (joriy) aktivlar sifatida tasnif qilingan
investitsiyalar buxgalteriya balansida quyidagicha hisobga olinishi kerak:
13.1. Bozor qiymati;
13.2. Xarid qiymati va bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng
kichigi bo‘yicha hisobga olinishi kerak.
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar xarid qiymati va bozor
qiymatlaridan eng kichigi bahosi bo‘yicha hisobga olinadigan bo‘lsa, balans
qiymati investitsiya portfelining umumiy qiymati asosida yoki investitsiyalar
turlari bo‘yicha yoxud alohida investitsiyalar asosida aniqlanadi.


14. Qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatining o‘zgarishidan
keladigan daromad yoki zarar, sodir bo‘lgan hisobot davrida tan olinadi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar
15. Uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif qilingan investitsiyalar
buxgalteriya balansida quyidagicha hisobga olinishi kerak:
15.1. Xarid qiymati bo‘yicha:
15.2. Qayta baholashni hisobga olgan qiymat bo‘yicha;
15.3. Investitsiya portfeli usuli bo‘yicha aniqlangan, xarid qiymati va
bozor qiymatidan eng kichigi bahosi bo‘yicha hisobga olinadi.
16. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash uchun
qayta baholashni amalga oshirish davriyligini, shu jumladan uzoq muddatli
investitsiyalar toifalarini aniqlash zarur.
17. Balans qiymatining vaqtincha pasayishini istisno etgan holda
investitsiyalar qiymati pasayganda barcha uzoq muddatli investitsiyalarning
balans qiymati pasaytiriladi. Bunday pasaytirish har bir alohida moliyaviy
qo‘yilma bo‘yicha aniqlanadi va tayyorlanadi.
18. Uzoq muddatli investitsiyalar xarid qiymati bo‘yicha hisobga
olinadi. Uzoq muddatli investitsiyalarning qiymati qaytarilmaydigan,
pasaygan, pasayib borgan hollarda bu investitsiyalarning balans qiymati har
bir investitsiya bo‘yicha alohida kamaytirilishi kerak. Bunda xatarning turlari,
investitsiya qilinayotgan subyektda investorning ulushi e’tiborga olinadi.
19. Uzoq muddatli investitsiyalar balans qiymatining vaqtincha
pasayishi hisobda aks ettirilmaydi. Qiymat pasayishining boshqa
hollari
21-bandda
ko‘rib chiqiladi.
2-TOPSHIRIO
TEST
1.
2.
3.
4.
5.

Download 188.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling